Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.77K photos
1.62K videos
45 files
4.88K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Photo
#4_sektor
#Bir_mahalla_bir_mahsulot

📍 Vobkent tumanidagi “Latifsobungar” mahallasida 4-sektor tashabbusi bilan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularga doimiy daromad manbaini yaratib berish maqsadida shu yerlik 40 nafar oilaga 1 sotixli issiqxonalar tashkil etib berilgan edi.

📌 E’tiborlisi, ayni paytda ushbu issiqxonalarning aksariyat egalari qo‘shnilari bilan birgalikda bir vaqtda bir xil mahsulot yetishtirib xaridorga ham bir vaqtning o‘zida sotishyapti.
Ta’kidlash lozim, sektor ishchi guruhi o‘z tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ana shunday tadbirkorlik subyektlari faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi.

🔗 Kechagi o‘rganishlarda afsuski, bu yerdagi 2 nafar fuqaroning issiqxonasi ishlatilmay qarovsiz qoldirilgani aniqlandi.

Sektor rahbari shu kuni zudlik bilan issiqxona egasining muammosini o‘rganib, uning faoliyatini tiklash va daromad olish ko‘maklashishini bildirdi. Shuningdek, topshiriqqa ko‘ra usta mutaxassislar tomonidan ushbu issiqxonalarni ishga tushirib yuborish choralari boshlab yuborildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#JShShIR

2022-yil 1-iyuldan soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
👉PQ-6191 5-bandi 23.03.2021-yil

Xususan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha hisobotda xodimlarning JShShIR ko'rsatilishi kerak. Bu orqali jismoniy shaxslarning hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

Biroq, ish beruvchilar tomonidan yuborilayotgan hisobotlarda koʻrsatilayotgan JShShIR fuqarolarning amaldagi pasport yoki ID-kartadagi JShShIR bilan farq qilayotgan yoki boshqa shaxsning JShShIRni koʻrsatish holatlari aniqlanmoqda.

Hisobotlarda JShShIRni notoʻgʻri koʻrsatish voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa puli, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, pensiya tayinlashda, shuningdek xodimlarning ish stajini shakllantirishda muammolarni keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan, ish beruvchilardan o‘z xodimlarning ish haqi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etishda ularning ko‘rsatilgan JShIShIRlari amaldagi pasportlari yoki ID-kartalaridagi JShShIRga mos kelishiga ishonch hosil qilishlarini so‘raymiz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ПИНФЛ

C 1 июля 2021 года учет налогоплательщиков в налоговых органах осуществляется с использованием персонального идентификационного номера физического лица (ПИНФЛ).
👉п.5 № УП-6191от 23.03.2021 г.

В частности, ПИНФЛ работников указывается в отчетности по налогу на доходы физических лиц. На основе этого формируются сведения о суммах начисленной им заработной платы.

Однако выявляются случаи, когда ПИНФЛ, указанный в отчетности, представляемой работодателем, не совпадает с ПИНФЛ действующего паспорта или ID-карты гражданина либо вовсе принадлежит другому физическому лицу.

Из-за ошибок в отчетности, связанных с неверным указанием ПИНФЛ, возникают проблемы с выплатами пособий семьям с несовершеннолетними детьми, социальных пособий и материальной помощи малообеспеченным семьям, а также правильным формированием сведений о трудовом стаже работников.

В связи с этим просим работодателей при представлении налоговой отчетности о заработной плате своих работников удостовериться в том, что указываемые ПИНФЛ работников совпадают с ПИНФЛ в их действующих паспортах или ID-картах.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#4_sektor
#Ezgu_ishlar_davоm_etadi

⚡️Bugun Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tashabbusi bilan “Buxoro viloyat ko‘zi ojizlar jamiyati” Kogon tuman kengashi a’zolari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

📌Erta tongdan yo‘lga otlangan ziyoratchilar ayni paytda qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish asnosida, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilmoqdalar.

✳️Ta’kidlash lozim, ushbu loyiha mazkur jamiyat vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish hamda faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlashga qaratilgan.

Sayohat dasturiga ko‘ra ishtirokchilar maroqli dam olib, ko‘tarinki kayfiyat va ulkan taassurotlar bilan kechki payt o‘z ona shaharlariga qaytib keladilar.
#meningkonstitutsiyam

🎥 Мазкур йиғилишни жонли эфирда "Ўзбекистон", "UzReport", "MY5", "RenessansTV" телеканаллари, шунингдек Конституциявий комиссиянинг Facebook'даги расмий саҳифаси орқали кузатишингиз мумкин.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Ezgu_ishlar_davоm_etadi

Bugun Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tashabbusi bilan “Buxoro viloyat ko‘zi ojizlar jamiyati” Kogon tuman kengashi a’zolari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

📌 Erta tongdan yo‘lga otlangan ziyoratchilar qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib qaytdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zamonaviy suv hisoblagich xaridi uchun soliq imtiyozi beriladi

2023-yil 1-yanvardan
– yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi.

Bunda –
masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta zamonaviy suv hisoblagich uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan AOS yoxud YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.

2024-yil 1-yanvardan
bunday suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.

👉PQ-257-son 24.05.2022-yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Ayni kunlarda viloyat ishchi guruhi tomonidan hududlarda mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda.

Kecha ushbu guruh mas’ullari 4-sektor hududidagi “Cho‘lquvar” mahallasida bo‘lib, sektor rahbari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildilar.

4-sektor rahbari A.G’afurov uchrashuvda tadbirkorlik subyektlari faoliyati va keyingi bosqichdagi ishlar haqida axborot berdi.

Mas’ullar ushbu mahalla binosida tashkil etilgan tikuv sexi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|