Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#e_ijara

В E-ijara можно зарегистрировать договор аренды земельного участка

1. Для этого с помощью ключа ЭЦП арендодателю необходимо войти в персональный кабинет на сайте ijara.soliq.uz.

2. Выбрать услугу "Земля в аренду".

3. В разделе "Информация об аренде открытых земельных участков" в строке "Объект недвижимости" указать сдаваемый в аренду земельный участок.

4. В разделе "Информация об арендодателе" сведения формируются автоматически. При необходимости можно указать другой адрес, если отметить галочкой "Фактический адрес юридического лица".

5. В разделе "Информация об арендаторе" нужно указать:
▫️если арендатор - физическое лицо, то его ПИНФЛ;
▫️если арендатор - юридическое лицо, то его ИНН.
После этого остальные данные о них отобразятся автоматически.

6. Нажать кнопку "Отправить".

После чего арендатор также с помощью ключа ЭЦП должен войти в систему и подтвердить договор в разделе "Список аренды"➡️"В ожидании утверждения".

👉Как устроен интерактивный сервис Е-ijara?
👉Как зарегистрировать договор субаренды?
👉Зарегистрировать договор в мобильном приложении без ЭЦП
👉Регистрация договора аренды со студентами
👉Коммунальные услуги в системе E-ijara
👉Как проверить подлинность договора аренды?
👉Как аннулировать договор аренды?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoasi Yetti pir bo‘ylab ziyoratda

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy davlat soliq inspeksiyalaridagi kadrlar mehnatini rag‘batlantirish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda xodimlarni jamoaviy sayohatga olib borish an’anaga aylangan.

Navro‘z bayrami arafasida viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati hamda Buxoro viloyati Davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan boshqarma jamoasi uchun viloyatimizdagi ulug‘ qadamjolar joylashgan Yetti pir bo‘ylab ziyorat tashkil qilindi.

Ma’lumki, Navro‘zi olam xalqimizning qadimiy bayrami bo‘lib, o‘zida shukronalik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik singari yuksak insoniy g‘oyalarni mujassam etgan.
Ana shunday ezgulikka yo‘g‘rilgan kunlarda hamkasblarimiz ulug‘ ziyoratgohlarda yurtimizga tinchlik-omonlik, turmushimiz farovonligi, yurtimiz obodligi va dasturxonlarimizga qut-baraka tilab duolar qildilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murg‘ak qalb egalariga quvonch ulashildi

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – Navro‘z arafasida poytaxtimizdagi 30-sonli Mehribonlik uyi va 103-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari huzurida bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
NAVRO‘Z — MEHR-MURUVVAT BAYRAMI HAMDIR

Navro‘z bayrami arafasida Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi joylarda keksa va nogironlar holidan xabar olib, ularga mehr-muruvvat ulashmoqdalar.

Bugun Kogon shahar “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Buxoro viloyat ko‘zi ojizlar jamiyati” Kogon tuman kengashida navbatdagi xayrli ishga qo‘l urildi.

Sektor ishchi guruhi bu yerda 25 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlari hamda bayram dasurxonini fayzli bezatishga ko‘maklashish maqsadida ularga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdilar.

Bundan ruhlangan jamiyat a’zolari bugungi kunda mamlakatimizda eng avvalo inson manfaatlariga katta e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdilar. Bu borada joylarda “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oya qaror topib borayotganidan xursand bo‘lib, davlatimiz va hukumatimiz rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Navro‘z bayrami arafasida Buxoro tumani DSI xodimi
Davlat soliq qo‘mitasi Raisidan tabriknoma oldi

Navro‘z bayrami Buxoro tumani davlat soliq inspeksiyasida qariib 30 yildan buyon mehnat qilib kelayotgan va bugun 60 yoshni qarshilayotgan Salim Madjidov uchun qo‘shaloq shodiyonalarga aylanib ketdi.

Aniqrog‘i, ana shunday xursandchilik kunlarida o‘zining 60 yoshini nishonlayotgan Salim Madjidovga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev tomonidan tabriknoma yo‘llangani esda qolarli bo‘ldi.

Fursatdan foydalanib, viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoasi ham qo‘shaloq shodiyonalarni nishonlayotgan Salim Madjidovga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va uzoq yillar farzandlaru, nevaralarilarining baxtini ko‘rib yurishlikni tilaydi.

👉 BATAFSIL

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hamkor

Soliq hamkor: murojaatchilarga 2 mlrd so‘mdan ortiq mukofot to‘lab berildi

Joriy yil 1-yanvardan 19-martga qadar "Soliq hamkor" orqali 6017 nafar fuqaro tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi yuzasidan 22111 ta murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 13670 tasida tekshiruvlar yakunlanib, 13411 tasida huquqbuzarliklar to‘liq tasdiqlandi hamda 3455 nafar fuqaroga 2 mlrd so‘mdan ortiq mukofot pullari to‘lab berildi.

Murojaatlarning 6773 tasi takroriy kelib tushganligi sababli rad etildi.

🔹645 ta murojaat bo‘yicha soliq tekshiruvlari, 1023 tasida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

☝️Murojaat o‘z tasdig‘ini topganda huquqbuzarlardan jarima undirilgach, isteʼmolchilarga mukofot to‘lab beriladi.

👉Murojaat kelib tushganda tekshiruv o‘tkazish tartibi

👉Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 20% miqdorida mukofot to‘lanadi

👉Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

👉Murojaatchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
______________________
#налоговый_партнер

Налоговый партнер: подавшим обращение выплатили вознаграждение в размере 2 млрд сумов

С 1 января по 19 марта этого года года через сервис "Налоговый партнер" поступило 22 111 обращений о нарушениях правил торговли и обслуживания от 6 017 граждан.

Завершены проверки по 13 670 жалобам. Нарушения полностью подтверждены в 13 411 случаях.
3455 гражданам выплачено вознаграждение в размере свыше 2 млрд сумов.

Было отклонено 6 773 повторных обращения.

☝️Вознаграждение выплачивается, если правонарушение подтверждено и с нарушителя взыскан штраф.

👉
Порядок проведения проверки при поступлении жалобы

👉Известившим налоговые органы о налоговых правонарушениях выплачивается вознаграждение в размере 20% от суммы взысканного штрафа

👉Подробно изучается каждое обращение о правонарушении

👉Не допускается нарушение прав граждан, подавших обращение

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati G‘ijduvon va Shofirkon tumanlaridan kelib tushgan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaatda hokim qarori yo‘q deb yer va mol-mulk soliqlari 3 barobar hisoblanayotganligi bildirilgan.

Ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Soliq kodeksining 420, 435 – moddalariga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati hamda taqdim etgan ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq solish bazasi hisoblanadi.

Soliq kodeksining 437-modda, to‘qqizinchi qismiga asosan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkasi belgilangan soliq stavkaga nisbatan uch baravari miqdorida belgilanadi.

Qayd etish lozimki, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasini uch baravar oshirilishi tartibi jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘iga tegishli bo‘lib, mazkur tartib jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘iga tatbiq etilmaydi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati
.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 HAFTANING MUHIM XABARLARI BILAN “SOLIQ VA SEKTOR” DASTURINING 11-SONIDA TANISHING

👉 Hurmatli soliq to‘lovchilar 1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni!

👉 Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarga tezkorlik bilan ko‘maklashish, ularga zarur maslahatlar berish va muammoli masalalarini ijobiy xal etish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida “TADBIRKORGA KO‘MAKCHI” guruhi yo‘lga qo‘yildi.

👉 Joriy yilning 24 va 25-mart kuni viloyatimizda Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati ishtirokida tadbirkorlik subektlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

👉 15-mardan 15-aprelga qadar davlat soliq xizmati organlarida “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi

👉 Kogon shahrining 4-sektor hududidagi mahallarga faoliyatini boshlagan yoshlar yetakchilari faoliyati haqida.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
# Korrupsiyaga qarshi kurash

DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINI KORRUPSIYADAN HOLI TIZIMGA AYLANTIRISH OYLIGI DEB E’LON QILINDI

Joriy yilning 15-martidan 15-apreliga qadar davlat soliq xizmati organlarida “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi deb e’lon qilindi.

Ushbu oylikni o`tkazishdan maqsad jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyani oldini olish, shuningdek, soliq xodimlari ish faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

Hurmatli fuqarolar va soliq to`lovchilar!

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy davlat soliq inspeksiyalari faoliyatida korrupsiyaga duch kelsangiz, telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot yoki (65) 221-26-89; (65) 221-30-03 «Ishonch telefoni” orqali bizga xabar bering!

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI!