Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_hisobotlari

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar:

👉QQS
👉Foyda solig'i
👉Mol-mulk solig'i
👉Yer solig'i
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
👉JShODS va ijtimoiy soliq

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanmalar:

👉QQS
👉AOS
👉JShODS va ijtimoiy soliq
__________
#налоговая_отчетность

Инструкции по заполнению налоговой отчетности:

👉НДС
👉Налог на прибыль
👉Налог на имущество
👉Земельный налог
👉Налог за пользование водными ресурсами
👉НДФЛ и социальный налог

Видеоинструкции по заполнению налоговой отчетности:

👉НДС
👉Налог с оборота
👉НДФЛ и социальный налог

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #soliq_hisobotlari

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2022-yil 7-aprel kuni “Foyda solig‘i hisobotlariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berish” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
______________________
#онлайн_семинар #налоговая_отчетность

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 7 апреля 2022 года на тему "Разъяснения об изменениях в налоговой отчетности по налогу на прибыль".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Foyda solig‘i hisobot shakllari to‘ldirildi

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi:

🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi (paket kodi 10205_35);
🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi SRP (paket kodi 10205_34);
🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi Sug‘urta (paket kodi 10205_33);
🔹Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi (paket kodi 10202_8);
🔹Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi (paket kodi 10307_5).

Hisobot shakllariga quyidagi o‘zgarishlar kiritilgan:

▫️Sug‘urta korxonalari hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilari uchun soliq solishning o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib alohida hisobot shakli ishlab chiqildi.
▫️Foyda solig‘i hisob-kitobi bo‘yicha qo‘llanilgan investitsiyaviy chegirma summasini 2-ilovada (xarajatlar) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi tarkibida 01061-satrda aks ettirish belgilandi (bundan oldin hisob-kitobning 020-satrida qo‘llanilgan investitsiyaviy chegirma avtomatik chegirilishi ko‘zda tutilgan edi).
▫️Soliq stavkasi 1-ilovada (jami daromadlar) faoliyat turlarini tanlash orqali avtomat shakllanishi belgilandi.
▫️Soliq kodeksi 347-moddasi 10-qismiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni to‘lagandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtirilganligi hamda shu orqali ularga qo‘shimcha soliq majburiyati yuklatiganligi sababli hisob-kitob tegishliligicha 120-140-satrlar bilan to‘ldirildi.
▫️Hisobotning 4-ilovasiga (imtiyozlar) faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan soliq stavkasini kamaytirish tarzida berilgan imtiyozlarni alohida aks ettirish maqsadida 050-056 satlar qo‘shimcha sifatida kitirildi. Bunda, mazkur satrlarda soliq stavkasi pasaytirilishi hisobiga soliq bazasini kamaytiradigan foyda summasi aks ettirilishi lozim.
▫️Soliq kodeksining 333-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan ko‘rilgan zararlarni soliq davridan keyingi o‘n yil mobaynida kelgusiga o‘tkazish amaliyoti bekor qilinganligi sababli hisobotning 6-ilovasidan (Joriy soliq davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o‘tgan yillar zarari summasining hisob-kitobi) mos ravishda 0106-0110, 0606-0611-sartlar hamda 7-ilovadan (Operatsiyalarning ayrim turlari bo‘yicha zararlarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari) 0101-0110, 0801-0810-satrlar chiqarib tashlandi.
▫️Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi bo‘yicha soliq ma’murchiligini ta’minlash maqsadida, hisob-kitobning 1-ilovasi soliq agentlari tomonidan norezidentlarga to‘lab berilgan har bir daromadni aks ettirish bo‘yicha qo‘shimcha ustun bilan to‘ldirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi #soliq_hisobotlari

Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim qilish huquqiga ega

📘Soliq kodeksining 340-moddasi

Jami daromad summasi 5 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim.

Bunda soliq to‘lovchilar hisobot choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega.

🗓Joriy yilning II choragi uchun ma'lumotnoma taqdim etishning oxirgi muddati dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, Soliq kodeksining 5-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchilar ma’lumotnomalarni 11-aprelga qadar soliq organlariga yuborishlari mumkin.

Taqdim etilgan ma’lumotnomada kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilgan taqdirda soliq organlari ma’lumotnomaga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.

📌Foyda solig‘i bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma shakli "YuShlarning hisobotlarini yuborish"➡️ "elektron shakllar"➡️102-kod ➡️10201_12 paket kodida joylashgan.

📫Bu haqda soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga xabarnomalar yuboriladi.

Ushbu muddatga qadar tegishli ma’lumotnoma taqdim etilmaganda bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS #soliq_hisobotlari

QQS hisoboti bo'yicha

2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.

Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter