Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.93K photos
1.99K videos
52 files
5.92K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Uchrashuv
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozorlik ishbilarmonlarning muammo va takliflari o‘rganildi


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev viloyatdagi tadbirkorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rganish maqsadida joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qorovulbozor tumanidagi “Lochin motosikllari” ishlab chiqarish zavodida tashkil etildi.

30 nafardan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda dastlab yig‘ilganlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklar yetkazildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar faoliyatlarida uchrayotgan muammolar va takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma boshlig‘iga yetkazib, ularni tezkorlik bilan yechishda amaliy yordam so‘radilar.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi, ayrimlari bo‘yicha mas’ul ijrochilar biriktirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#antikorrupsiya #uchrashuv

Buxoro viloyati boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari hamda HMQ organlar vakillari tomonidan soliq inspeksiyalari va tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, navbatdagi ana shunday tadbir Jondor tumani soliq inspeksiyasi hamda hududdagi bir qator tadbirkorlik subyektlarida ham uyushtirildi.

Dastlab soliq xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ularga korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Savdo majmualarida maishiy korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlarda yashirin iqtisodiyotni oldini olish, korrupsiyaviy holatlar yuzasidan soliq organlarining tegishli bo‘limlariga xabar berish tartiblari to‘g‘risida keng tushuntirishlar olib borildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#Uchrashuv
#Buxoro_shahar

Tadbirkorlarning muammolari joyida hal etildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatdagi tadbirkorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rganish maqsadida joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar uyushtirib kelinmoqda.

Ana shunday yuzma-yuz uchrashuvlarning navbatdagisi bugun Buxoro shahar tadbirkorlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Djamshid Nurullayev ishtirok etib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

30 nafarga yaqin kichik va o‘rta biznes vakillari hamda hisobchilar ishtirok etgan uchrashuvda ishbilarmonlarning ayrim muammolari shu yerning o‘zida mutaxassislar tomonidan ijobiy hal etildi.

Jumladan, uchrashuvda 2 nafar tadbirkorning soliq imtiyozlaridan foydalanish va qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan ortiqcha to‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaatlari qabul qilindi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#uchrashuv

Ochiq muloqot orqali — islohot sari

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehmonxona sohasi, muvofiqlikni baholovchi va audit idoralari vakillari ishtirokida ochiq muloqot boshlandi.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Bu uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan eng dolzarb muammolar, sohadagi tizimli kamchiliklar va ularning yechimi bevosita mutaxassislar va rahbarlar ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Qiziq yangiliklar, fikrlar va amaliy takliflar — bir vaqtning o‘zida 👉jonli efirda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Samarqandda barqaror energiya taʼminoti va soliq imtiyozlari samarasi oʻrganildi

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Kattaqoʻrgʻon tumanida barqaror elektr taʼminoti, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Tashrif doirasida aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash holati oʻrganilib, bu borada koʻrilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, infratuzilmani yangilash va tarmoqdagi yoʻqotishlarni kamaytirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarda joriy etilayotgan yangi energiya nazorat tizimi — transformatorlar holati va ularga ulangan xonadonlar hisobini yuritish imkonini beradigan elektron platforma haqida atroflicha maʼlumot berildi. Bu tizim orqali elektr energiyasidan foydalanish nazoratini kuchaytirish, shaffoflikni taʼminlash va kamchiliklarni aniqlash imkoni yaratiladi.

Bunday tahlil va oʻrganishlar hududdagi energetika infratuzilmasini yaxshilash, qayta tiklanadigan manbalarni joriy etishdagi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

⭕️Ayni damda Toshkent shahrida savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv boshlanmoqda.

Uchrashuv Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilmoqda. Maqsad — sohadagi tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish va samarali yechimlar ishlab chiqish.

📊 Hozirgi kunda Respublika boʻyicha:
▪️146,8 mingta tadbirkor savdo sohasida,
▪️19,5 mingta tadbirkor umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Bu yuz minglab ish oʻrinlari va aholi farovonligi bilan bevosita bogʻliq yoʻnalishlardir.


Muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Biznes ombudsman, “Savdo va servis” uyushmasi, Kichik biznes uyushmasi rahbarlari va tegishli vazirlik-idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

☄️ Dolzarb masalalar, ochiq muloqot va aniq yechimlar — barchasi bugun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda!
_________
#встреча

⭕️В данный момент в Ташкенте начинается встреча с предпринимателями сферы торговли и общественного питания

Встреча проводится в рамках подготовки к открытому диалогу Президента с предпринимателями. Цель – выявление системных проблем в сфере и выработка эффективных решений.

📊 В настоящее время по республике осуществляют деятельность предприниматели:
▪️146,8 тыс. – в сфере торговли,
▪️19,5 тыс. – в сфере общественного питания.

Эти направления напрямую связаны с предоставлением рабочих мест и благосостоянием населения.


В диалоге участвует председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, Бизнес-омбудсман, а также руководство Ассоциации "Торговли и сервиса", Ассоциации малого бизнеса и ответственные сотрудники других соответствующих ведомств.

☄️ Актуальные вопросы, открытый диалог и конкретные решения – все в рамках прямого эфира!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Zafar Hoshimov – "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i asoschisi:

Tadbirkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, bugungi kunda Prezidentimiz ularga yo‘l ochib berdi. Men Soliq qo‘mitasini alohida ta’kidlamoqchiman – uni ijro etishda va yo‘lga qo‘yishda juda katta jonbozlik ko‘rsatishdi.

______________
#встреча

Зафар Хашимов – основатель сети супермаркетов "Korzinka":

Инициативы предпринимателей получают поддержку, и сегодня Президент открыл им дорогу. Особо хочу отметить Налоговый комитет – он проявил активность в реализации и внедрении инициатив.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Buxoroda tadbirkorlarning muammolarini hal etish hamda yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyatida Adliya vazirligi, viloyat hokimligi, soliq boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar ma’sullari bilan birgalikda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan yuzma-yuz
uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov, viloyat hokimining o‘rinbosari R.Asadov hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevlar ishtirok etib, kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Xususan, uchrashuvda investision loyihalarni ishga tushirish, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar va eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida tadbirkorlik sub’yektlariga yangi qonunchilik hujjatlari, soliq yengilliklari va imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Biznes vakillari bilan yuzma-yuz muloqotda 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Murojatlarning 1 tasi shu yerning o‘zida hal etildi. 5 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi hamda vaqt talab etiladigan 11 ta murojaatlar nazoratga olinib, ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriq berildi.


Ta’kidlab o‘tish lozim, viloyatda soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan yuzma-yuz muloqotlar barcha hududlarda o‘tkazilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#uchrashuv

8,3 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

Kichik va o‘rta biznes vakillari uchun qulay muhit yaratish, ularning  muammolarini bevosita eshitish maqsadida, Soliq organlari tomonidan respublika hududlarida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq organlari rahbariyati ishtirok etib, tadbirkorlarning dolzarb masalalarini o‘rganish, ularni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Joriy yilning aprelidan boshlab respublika bo‘ylab o‘tkazilgan 180 dan ortiq uchrashuvlarda 8300 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads