Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Soliq boshqarmasi boshlig‘i "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi

🔔Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “so‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etildi. Ta’kidlash lozim, bu qo‘ng‘iroq o‘quvchilar uchun navbatdagi ta’tilga chaqiriq bo‘lsa bitiruvchilar uchun esa chalingan “kelajak” qo‘ng‘irog‘idir. Shu bois, ushbu tadbir barcha ishtirokchilarning qalbida o‘zgacha aks-sado beradi.

🔹Buxoro shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashevlar ham ishtirok etdilar. Tadbir O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

🔹Ushbu umumta’lim maktabining sobiq o’quvchilari M.Hamroyev va D.Yuldashevlar mamlakatimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga juda katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, bitiruvchilarga oq yo’l tiladilar. Ularni mustaqil hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, davlatga, jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga umid bildirdilar.

🔹Tadbirda maktabni a’lo baholarga tamomlagan bir guruh bitiruvchilar, o‘zining odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Axborot 24“ informatsion dasturi

Buxoroda «Ilm – saodat kaliti» shiori ostidagi «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbirlari oʻtkazildi


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashevga G‘ijduvon tumanida istiqoma qiluvchi 18 nafar og‘ir toifadagi yoshlar biriktirilgan.

Ushbu yoshlarga har tomonlama manzilli ko‘maklar berish maqsadida ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib tadbirkorliklarini boshlashlari uchun amaliy ko‘maklar berilmoqda.

Kuni-kecha G‘ijduvon tumani “Ulfatbibi” hamda “Pamoʻza” mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi “Qizil toifa”ga kiritilgan 7 nafar yoshlarga o‘zini o‘zi band qilib ishlab daromad topishlari uchun asbob-uskunalar berildi.

Tumanning “Ulfatbibi” mahallasida yashovchi yoshlardan biri Oxunjon Muxammedov bir necha yillardan beri doimiy daromad manbaaiga ega emas edi. 4-sektor ishchi guruhi Oxunjon Muxammedov bilan suhbatda ustalik qilish uchun asbob-uskunaga muhtoj ekanligini bildirgach unga sektor rahbari tomonidan ustachilik asbob-uskunalari yetkazib berildi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi yoshlarga belgilangan tartibda manzillli ko‘maklar berish ishlari davom ettiriladi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish maqsadida viloya 4-sektor rahbari D.Yuldashev tomonidan joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla faollari bilan hamkorlikda targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Sektor rahbari kuni-kecha Buxoro shahri va Qorako‘l tumanida bo‘lib sodir etilgan jinoyatlarni mahalla ahli ishtirokida muhokama qilib, hududda jinoyatlarni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qildi.

Xususan, Buxoro shahridagi "Gulchorbog‘" hamda Qorako‘l tumanidagi “Darg‘ali” mahalla fuqarolari yig‘inida mahalla aholisi hamda mahalla yettiligi ishtirokida hududda sodir etilgan jinoyatlarni tanqidiy muhokama qildi.

Unda viloyat 4-sektor rahbari mahallada jinoyatlarning oldini olish, bunga moil bo‘lgan shahslar bilan tizimli ishlar olib borish hamda hududda qo‘shimcha video yozuv uskunalarini o‘rnatish, ishsiz aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla yettiligiga zarur topshiriqlar berdi. Muhokoma jarayonida fuqarolarning talab va takliflari eshitildi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlar barqarorlik reytingida yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

▶️ Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

▶️ Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

▶️ Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ortiqcha_tólov

Yuridik shaxslar
my3.soliq.uz portali orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qanday qaytaradi

Buning uchun my3.soliq.uz portalining “Barcha xizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish” xizmati tanlanadi

Shaxsiy kabinetga ERI orqali kirilgandan so‘ng ochilgan oynada “Arizani rasmiylashtirish” menyusiga o‘tiladi.

Bu yerda hudud tanlanadi. Shundan so‘ng korxona nomi, pochta manzili va STIR avtomatik shakllanadi. Ariza beruvchining telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatilishi shart.

Soliq turi tanlanganda obyekt kodi, soliq hisobvaragʻi, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ortiqcha toʻlangan summa (raqamda va soʻz bilan) avtomatik shakllanadi.
Keyingi qatorda ortiqcha toʻlangan soliq summasini vujudga kelgan sanasi va qisqacha sababi yoziladi.

Shundan so‘ng qaytarish yoki hisobga olish ko‘rsatiladi.

Agar boshqa soliq turiga oʻtkazish tanlansa, ortiqcha summa oʻtkazilishi lozim bo‘lgan soliq turi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng soliq hisobvaragʻi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida ma’lumot avtomatik shakllanadi.

Ortiqcha toʻlangan summani qaytarish tanlansa bank MFOsi ko‘rsatilishi lozim. Shundan so‘ng ma’lumotlar shaxsiy hisobvaragʻida avtomatik aks etadi.

Yakunda boshqa soliq turiga oʻtkaziladigan yoki qaytariladigan ortiqcha soliq summasi (raqamda) koʻrsatiladi, soʻz bilan yozilishi avtomatik shakllanadi.

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi tasdiqlanib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Eslatma. my3.soliq.uz portalida ortiqcha soliq to‘lovlarini avtomatik o‘tkazish funksiyasi ishlab chiqilmoqda.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Soliq maʼmuriyatchiligi: Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak


Samarqand shahrida Soliq maʼmuriyatchiligi: “Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mintaqaviy seminari boshlandi.

Mazkur o‘quv-seminar joriy yil 30-maygacha davom etadi.

Tashkilotchilar – Soliq qoʻmitasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mintaqalarida salohiyatni oshirish markazi (CCAMTAC) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi.

Mazkur oʻquv-seminarida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston va Moʻgʻiliston soliq idoralaridan, shuningdek, Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young va KPMG katta toʻrtlik yirik auditorlik kompaniyalaridan kelgan 40 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Amaliy tadbirlar doirasida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tajribasi va istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
_____
#сотрудничество

Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху


В Самарканде стартовал международный учебный семинар “Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху - сейчас и в будущем”.

Данный учебный семинар проводится 28 - 30 мая этого года.

Организаторы – Налоговый комитет, Региональный центр развития профессионального сотрудничества Кавказа, Центральной Азии и Монголии (The Caucasus, Central Asia and Mongolia Regional Capacity Development Center – CCAMTAC) и представительство ПРООН в Узбекистане.

В семинаре участвуют около 40 представителей налоговых ведомств Азербайджана, Армении, Грузии, Казахстана, Кыргызской Республики, Монголии, Таджикистана, Туркменистана, а также МВФ, ПРООН и крупнейших аудиторских компаний «Большой четверки» (Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young и KPMG).

В рамках практических мероприятий запланированы сессии по изучению опыта, перспективам регионального экономического развития.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#e_ijara

Buxoroda Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 18 844 tadan oshdi

2024-yil 1-may holatiga
respublika bo‘yicha soliq organlarida 400 272 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Ayni paytda Samarqand shahrida
Soliq maʼmuriyatchiligi: “Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mintaqaviy seminari boshlandi.

Seminar jarayonlarini 👉 Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanali orqali kuzatib boring.

📌Eslatib o'tamiz, mazkur o‘quv-seminar joriy yil 30-maygacha davom etadi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Buxoroda "AVTOKAMERAL tizimi orqali o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 1 305 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan

2024-yil yanvar-aprel oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida respublika bo‘yicha 13 362 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 1 070,5 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siqdir

Soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda soliq xodimlari o‘rtasida doimiy tarzda profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Kuni-kecha navbatdagi uchrashuv G‘ijduvon tumanida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, soliq organlarini xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga transformatsiya qilish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng jalb etish natijasida korrupsiya holatlariga barham berish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Korrupsiyaga qarshi jamoatchilikning murosasiz munosabatini shakllantirish muhim vazifa ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

Muloqotlarda xodimlarga xizmat vazifasini bajarish chog‘ida huquq va majburiyatlari hamda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaradigan omillar hamda uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ☎️ ishonch telefoni (65-221-26-89) ga xabar qoldirish mumkin.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM