Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
35 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #ozini_ozi_band_qilish

Yandex Go
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.
MyTaxi va Uklon xizmatlari ham soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi

🚕
Taksi xizmati sohasini legallashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalari

🔹Haydovchilar mehnat faoliyatini qonuniylashtirish
🔹O‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar uchun ish staji va pensiya hisoblash imkoniyati
🔹Onlayn-agregatorlarni soliq organlari bilan integratsiyalash va to‘lovlarni fiskallashtirish
🔹Taksi xizmati bozori aylanmalari tahlili
_________
#такси

🚕Результаты работы по легализации сферы услуг такси


🔹Узаконивание трудовой деятельности водителей
🔹Возможность получения самозанятыми таксистами трудового стажа и пенсии
🔹Интеграция онлайн-агрегаторов с налоговыми органами и фискализация платежей
🔹Анализ оборота на рынке заказа такси

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#taksi

Buxoroda ayrim «agregator»larga ogohlantirish berildi


Buxoro viloyati soliq boshqarmasida yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlar o‘rtasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Jumladan, tadbirda avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi ayrim agregatorlar soliq organlari axborot tizimlari integratsiya jarayonlariga yuzaki qarab kelayotgani holatlariga ham to‘xtalib o‘tilib, ularga belgilangan tartibda ogohlantirish berildi.

Shuningdek, viloyatdagi har bir agregatorga soliq boshqarmasidan mas’ul xodimlar biriktirilib, birgalikda integratsiya ishlarini bir haftada yakunlashga kelishib olindi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#matbuot_anjumani #taksi

Soliq mobil ilovasida bepul roʻyxatdan oʻtgan holda daromad soligʻidan imtiyozga ega boʻlib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmoqda. Eʼtiborlisi shundaki ularni 1 500 nafarga yaqin ayol haydovchilar.

213,1 ming nafari
soliq organlari axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari (Yandex, Uklon, MyTaxi, Intellekt servis, Promo Technology group, TOTMEGA) orqali faoliyat yuritmoqda.

2024-yilning oʻtgan davrida ular tomonidan toʻlangan soliqlar 20,4 mlrd soʻmni tashkil etgan. Koʻrsatilayotgan har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda.

Fiskal chek berilishi hisobiga yil boshidan 866,3 mlrd soʻm shundan, yanvar oyida 73,8 mlrd soʻm, fevral oyida 159,4 mlrd soʻm, mart oyida 414,1 mlrd soʻm, aprel oyida 219 mlrd soʻm daromadlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, integratsiya qilish boʻyicha yana 125 ta agregatorga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #agregator

Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda

6 ta onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan.

Ushbu agregatorlar orqali yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilarga tegishli boʻlgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.

Shundan 64 %i Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hudularga to‘g‘ri keladi:
▫️Toshkent shahri (avtomobil raqami kodi 01) - 54,6%;
▫️Toshkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) - 17,9%;
▫️Qashqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) - 5%;
▫️Farg‘ona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) - 3,3%.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #agregator #komissioner

🚕 Siz TAXI qilasizmi Yandex, MY TAXI yoki boshqa agregatorlar orqali ishlaysizmi
Unda bu maʼlumot siz uchun❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#taksi

Buxorodagi
taksi xizmatidan foydalanuvchilarga fiskal cheklar berilmoqda

Buxoroda agregator orqali yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi 14 ta yuridik shaxslar faoliyat yuritmoqda.

Belgilangan tartibga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlaridagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarning aksariyati Soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiya qilinishi shart.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda taksi va yo‘lovchi tashish bozorini tartibga solishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, viloyatimizdagi 12 agregatori integratsiyasidan keyin (iyun-iyul) bir oyda 787,2 mln so‘mlik 68 950 ta chek shakllantirilgan. Iyul oyidan boshlab 2 ta foydalanuvchilari ham fiskal cheklarni ola boshladi.

Yaqin kunlarda texnik integratsiyalash ishlari yakunlanishi kutilayotgan viloyatdagi 2 ta agregatorlar ham iyuldan boshlab yo‘lovchilarga fiskal cheklarni taqdim qiladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM