Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.59K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni o‘tkazishi mumkin

Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar
tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnomada
qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
🔸Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
🔸Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
🔸Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
🔸 Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin.
Soliq kodeksi 138-modda

Bu soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlardagi tafovutlarni kelib chiqish sabablarini ularga tushuntirgan holda, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tekshiruvlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda hisobot topshirishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yilayotgan yo‘nalishlardan biri taqdim etilgan daromad solig‘i hisobotida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilayotgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitoblari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvdan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillarda tafovutlar aniqlanmoqda.

Bunga sabab – hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasini hisobotning 011-satrida yil boshidan o‘zgartirmasdan taqdim etilishidir.

Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun:
🔸soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 011-satrida mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.
🔸ushbu hisobotning 0110-satrida esa hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar aks ettirilishi zarur.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holati bo‘yicha 63 500 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 258 240,9 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni o‘tkazishi mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

2023-yil yanvar oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari

Soliq to‘lovchilarda 2023-yil yanvar oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 14,1 trln soʻmlik tafovutlar aniqlandi.

Shundan, 2,1 trln soʻmlik tafovutlar yoki jami aniqlangan tafovutlarning 14,9 %i bartaraf etilgan:
🔹1,2 trln soʻm qoʻshimcha soliqlar hisoblangan;
🔹0,9 trln soʻm tafovut boʻyicha hisobotlardagi koʻrsatkichlar tuzatilgan.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlillar – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini beradi.

👉 Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

BUXORODA 6 700 GA YAQIN KORXONA QAYTA HISOBOTNI KO‘PAYTIRISHGA TAQDIM ETGAN VA 211,7 mlrd SOʻMLIK SOLIQLAR HISOBLANGAN

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

Respublika bo`yicha
2023-yil yanvar-oktabr oylari davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida jami 111 393 ta korxona tomonidan ko‘paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 6,4 trln soʻm soliqlar hisoblangan.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹ishlab chiqarish - 3,2 trln so‘m;
🔹umumiy ovqatlanish va savdo - 924,5 mlrd so‘m;
🔹qurilish - 911,7 mlrd so‘m;
🔹transport - 223,1 mlrd soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi - 184,9 mlrd so‘m.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlillar – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini beradi.

👉 Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Buxoroda "AVTOKAMERAL tizimi orqali o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 1 305 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan

2024-yil yanvar-aprel oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida respublika bo‘yicha 13 362 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 1 070,5 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Buxoroda 2024-yil yanvar-iyul oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 3 678 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 44,3 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

👉BATAFSIL

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Buxoroda joriy yilning 9 oyida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 4 225 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 51,6 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Buxoroda 2024-yil yanvar-oktabr oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 4 771 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 59,3 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

Buxoroda
2024-yil yanvar-noyabr oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 5 505 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 66,3 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram