#savol_javob
SAVOL❓ Korxonadan boshqa bir korxonaga moliyaviy yordam berish qaysi qonun yoki Nizom va yoriqnomaga asosan amalga oshiriladi? Foizlar, berish, qaytarish muddatlari bo`yicha qandaydir cheklovlar bormi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?
✔️JAVOB: Fuqarolik Kodeksining 8-moddasida fuqarolik huquqlari belgilangan bo‘lib, uning 9-moddasida fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan fuqarolik huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etishlari belgilangan.
Shunga ko‘ra Siz moddiy yordam ko‘rsatishingiz mumkin.
Bunda Soliq Kodeksining 297-moddasi 3-qismi 19-bandiga binoan, qarz beruvchi tomonidan olinadigan foiz ko‘rinishidagi daromad jami daromad tarkibiga kiradi va belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Qarz oluvchi, agarda qarz beg‘araz bo‘lsa yoki Markaziy Bank qayta moliyashtirish stavkasidan kam bo‘lgan taqdirda daromad miqdori Markaziy Bank qayta moliyashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda aniqlanadi va belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga nimalar kiradi?
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
🔹Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
🔹Mulkiy daromadlar;
🔹Moddiy naf tarzidagi daromadlar;
🔹Boshqa daromadlar.
Тelegram | Facebook|Instagram

Soliq hisobotlari qancha muddat saqlanishi kerak?
Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 84-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotlarini taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.
Ayrim hollarda boshqa muddatlar belgilangan bo‘lishi mumkin.

Men nooziq-ovqat maxsulotlari savdosi bilan shug‘ullanmoqchiman. Ushbu faoliyatim uchun qancha soliq to'layman?
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagingiz bo‘lsa, avvalo yuridik shaxs sifatida yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishingiz shart.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlikning nooziq-ovqat maxsulotlarini chakana sotish faoliyatini amalga oshirilishi bo‘yicha ro‘xatdan o‘tsangiz, har oyda ijtimoiy soliq uchun bazaviy hisoblash miqdorning bir barovarida, qat’iy belgilangan soliq esa 660,0 ming so‘m (tumanlarda 220,0 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi nazarda tutilgan.
Kalendar yilida tovar aylanmangiz 100,0 mln. so‘mdan oshgan taqdirda oshgan qismidan 4 % miqdorida aylanmadan olinadigan soliq to‘lash rejimi asosida faoliyatingiz davom ettiriladi.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi
❔ Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?
Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.
Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.
👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
❓Savol: Tovar qarz shartnomasiga asosan qarzga tovar olindi, ammo ayrim sabablarga ko‘ra korxona ushbu qarzni yopish uchun tovar bilan qaytara olmasa, uning evaziga pul shaklida qaytarish mumkinmi va mumkin bo‘lsa qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
✔️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 732-moddasiga ko‘ra qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi taraf (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini olishi belgilangan. Shunga ko‘ra, tovar qarzga olingan taqdirda, aynan shu xildagi tovar shaklida qaytarilishi shart.

❓SAVOL: YATT (yakka tartibdagi tadbirkor) qaysi paytdan e’tiboran aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan summasini to‘lashga o‘tishi mumkin va qancha to‘laydi?
B.Sobirov,
Kogon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor.
✔️JAVOB: Soliq kodeksining 467-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, 2024-yildan jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 mln so‘mni, mazkur chegaradan yuqori daromadga ega bo‘lganlar uchun esa 34 mln so‘mni tashkil etadi.
Qat’iy belgilangan soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmasdan to‘lanadi. Ushbu rejimga o‘tish uchun kelgusi oy boshlanishidan kamida 10 kun oldin soliq organlariga xabarnoma yuborish zarur.
Soliq davrida belgilangan stavka bo‘yicha soliq to‘lashga o‘tishda soliq miqdori summani 12 ga bo‘lish va natijani joriy soliq davri oxirigacha qolgan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

❓SAVOL: Hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish bo’yicha belgilangan muddatning oxirgi kuni dam olish kuniga to’g‘ri kelganda uni qanday rasmiylashtirish mumkin?
✅ JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14- avgustdagi “Qo’shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 489-sonli qarorga asosan, elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish va qabul qilish bo’yicha belgilangan muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo’lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to’g‘ri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni bo’lmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom bo’lish kuni deb hisoblanadi.
🌐 Тelegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram

❓Savol: Korxonamizda 10 dan ortiq 25 yoshdan oshmagan ishchilar mehnat qiladi. Eshitishimcha, ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi qoplab berilar ekan. Shu to‘g‘rimi, agar shunday bo‘lsa, biz ham ushbu imtiyozdan foydalanib bilamizmi?
S.Turobov.
Kogon tumani.
✔️Javob: Haqiqatdan ham amaldagi qonunchilikka muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni bir foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladi.
Bunda 25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

❓Savol: Men zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shug‘ullanaman. Ko‘pincha, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalishda ushbu tarmoq vakillariga soliq imtiyozlari bormi?
A.Norov,
Buxoro shahri.
✔️Javob: Joriy yilda soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1- yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.

Savol: Men davlat-Xususiy sheriklik asosida bolalar bog‘chasi faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchiman, ushbu yo‘nalishda menga qandaydir Soliq imtiyozlari bormi?
N.Sobirov,
Jondor tumani.
Javob: Prezidentning 5.04.2018-yildagi PQ–3651-son qarori bilan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutilgan.
Xususan:
🔹nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;
🔹DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga – tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bundan mustasno);
Eslatma! Ushbu soliq va bojxona imtiyozlari faqat hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan sof tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining kamida 80%ini tashkil etgan nodavlat MTMga nisbatan qo‘llaniladi.
👉Batafsil
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

#TTY #savol_javob
Mahsulotlarimizni hamkorlarga temir yo‘l orqali yetkazib beramiz. Buning uchun elektron TTY rasmiylashtirish shartmi?
2024-yil 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim.
Tadbirkorlar yuk tashishni nafaqat avtotransport vositasi, balki temir yo‘l orqali amalga oshirganda ham tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim. Elektron TTY tizimida bunday imkoniyat yaratilgan.
Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik subyektlarini yuklarni avtotransport vositalari yoki temir yo‘l orqali tashishda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan foydalanishga chaqiradi.
Yuk tashish ishtirokchilari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirib boriladi.
Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
______________
#ТТН #вопрос_ответ
Мы доставляем партнерам нашу продукцию по железной дороге. Нужно ли для этого оформлять электронный ТТН?
С 1 июля 2024 года всем хозяйствующим субъектам следует оформлять товарно-транспортные накладные (ТТН) в электронном виде.
Предпринимателям следует оформлять товарно-транспортные накладные в электронном виде при осуществлении перевозок не только автомобильным, но и железнодорожным транспортом. В системе электронных ТТН такая возможность предусмотрена.
Налоговый комитет призывает все хозяйствующие субъекты использовать "Систему электронных товарно-транспортных накладных" при перевозке грузов автотранспортом или железнодорожными путями.
Система подлежит дальнейшей оптимизации на основе предложений участников перевозок.
Цель – формирование у хозяйствующих субъектов навыков и совместное создание удобств при использовании системы.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Savol: Men yaqinda nafaqaga chiqdim. Endi mulk solig‘ini to‘lashda menga soliq imtiyozi qo‘llaniladimi?
M.Bozorova,
Kogon tumani.
Javob: Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq, nafaqaxo‘rlar pensiya guvohnomasi asosida o‘z mulkida bo‘lgan 60 kv.m.dan ortiq bo‘lmagan mulkka soliq solinishidan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Mazkur moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorman. Asosiy faoliyatimdan tashqari qo‘shimcha ravishda boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullansam boshqa faoliyatlarim uchun alohida soliq to‘laymanmi?
N.Jabborov,
Buxoro tumani.
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya’ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat’iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.
Eslab qoling! Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat’iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.
Shuningdek, bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.