Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#KONSTITUTSIYA

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASIDA KONSTITUTSIYA BAYRAMI NISHONLANDI


Unda soliq boshqarmasi rahbariyati, shaxsiy tarkib hamda joylardagi studiyalar orqali hududiy soliq inspeksiyalarining barcha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davlatimiz madhiyasi ostida boshlandi. Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligini haqida gapirib o‘tdilar.

Jumladan, tadbirda Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyillar asosida aholimiz turmush darajasi o‘sib borayotgani, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va qiyofasi butunlay o‘zgarib borayotgani faxr-iftixor bilan ta’kidlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Futbol

“Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun futbol musobaqalari boshlandi

Buxoroda O’zbekiston Respublikasi Bosh Qomusi qabul qilinganining qutlug‘ 31 yilligi munosabati bilan mini futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun musobaqalar boshlandi.

Viloyat soliq boshqarmasi hamda “Bunyodkor Kids Buxara” futbol klubi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada respublikamizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan 2012-2017 yillarda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan mini futbol bo‘yicha 20 ta jamoa 7-10 dekabr kunlari g‘oliblik uchun kurashadilar.

Qayd etilishicha, ushbu musobaqada asosan “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Samarqand”, “Buxoro” va “Bunyodkor Kids Buxara” kabi nufuzli futbol komandalarining yoshlar jamoalari g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlik qilyaptilar.

Musobaqani o‘tkazishdan maqsad, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida mini-futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, o‘yinchilarning mahoratini oshirish va kelgusida iqtidorli o‘yinchilarni saralab olib, ularni terma jamoaga jalb etishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz ushbu musabaqaning final bosqichi joriy yilning 10-dekabr kuni Buxoro shahridagi "Buxoro" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 31 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

HURMATLI SOLIQ TO‘LOVCHILAR!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bilan Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi va oʻz nomimdan tabriklayman.

Ushbu shodiyona kunlarida fursatdan foydalanib, Sizning vatanimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqishdek yuksak maqsad yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatlaringizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilab, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hurmat bilan,

Dilshod Yuldashev.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr #konstitutsiya

Soliqlar mamlakatni har tomonlama ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiy etishi uchun sarflanadi. Yaʼni xalq farovonligi, fuqarolar turmush darajasining oshishi uchun ishlatiladi.

Shu sababli har bir fuqaro oʻzi yashab turgan davlatda qonun bilan belgilab qoʻyilgan soliqlarni toʻlashi shart. Bu uning davlat oldidagi fuqarolik burchi, mamlakat rivoji uchun qoʻshgan hissasidir.

Konstitutsiyamizning 63-moddasida ham “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart.
Soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak”
,
- deya belgilab qoʻyilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Sana munosabati bilan hududiy soliq boshqarmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi.

📍Qoraqalpog’iston Respublikasi
📍Andijon
📍Buxoro
📍Fargona
📍Jizzax
📍Namangan
📍Navoiy
📍Qashqadaryo
📍Samarqand
📍Sirdaryo
📍Surxondaryo
📍Toshkent shahar
📍Toshkent viloyati
📍Xorazm

Soliq qoʻmitasi 2021-yil avgust oyida ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritgan.

Qoʻmitaning muvofiqlik sertifikatini himoyasi yuzasidan 2023-yil avgust oyida 2-bosqich auditi muvaffaqiyatli oʻtkazildi hamda muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati uzaytirildi.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#EHF

Eslatma❗️

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Shu sababli noyabr oyida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni 11-dekabr.
👉 VMQ-489-son 2-ilova
___
#ЭСФ

Напоминаем❗️

Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

В связи с этим последний день оформления ЭСФ по осуществленным операциям за ноябрь - 11 декабря.
👉Прил.№2 ПКМ №489

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

315 ming nafardan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega boʻldi


Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo‘lishi uchun ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba BHMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda (340 000 so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Joriy yilning 1-dekabr holatiga 315 829 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs 84,6 mlrd so‘m miqdorida ijtimoiy soliq toʻlab mehnat stajiga ega boʻldi.

Unutmang! Siz toʻlagan ijtimoiy soliqlar kelajakda oʻzingiz uchun pensiya hisoblanishiga asos boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

Buxoroda yoshlar o‘rtasida “Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun futbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi


⚽️ Viloyat soliq boshqarmasi hamda “Bunyodkor Kids Buxara” futbol klubi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur musobaqada respublikamizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan 2012-2017 yillarda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan mini futbol bo‘yicha 20 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdilar.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning G‘ijduvon tumani “Zarangari”mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mutasaddi tashkilot vakillari hamda xalq qabulxonasi ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda shu yerlik 30 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

Qabulda 16 nafar fuqarolar viloyat 4-sektor rahbariga oziq-ovqat, dori-darmon, moddiy yordam ajratish yuzasidan murojaat qildilar.

Qabul davomida 6 nafar fuqaroning murojaatlari shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etilidi.

Qolgan 10 nafar fuqarolaring murojaatlari muddat talab etganligi bois ushbu murojaatlarni ham tez fursatlarda ijobiy hal etish choralari belgilandi va shaxsan viloyat 4-sektor rahbari nazoratiga olindi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi

Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?

Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.

Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Eksportchi korxonalarga qanday soliq imtiyozlari berilgan?

Тelegram | Facebook|Instagram