Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#mahallabay

BUXORODA SOLIQ INSPEKTORINING FAOLIYATI MAHALLABAY O‘RGANILMOQDA?


Muhtaram prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha yangi institut joriy qilinib, “Mahalla yettiligi”ga soliq xodimlari ham qo‘shildi.

Ayni paytda Buxoro viloyatidagi 544 ta mahallaga 245 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan.

Shu kunlarda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning shaxsan o‘zi pastga tushib, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati bilan tanishish hamda tadbirkorlarning muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topish maqsadida joylardagi mahallalarga tashrif buyurmoqda.

Bugun boshqarma boshlig‘ining navbatdagi manzili Qorako‘l tumani bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, mazkur tumanning 50 ta mahallasiga 19 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan.

Jumladan, D.Yuldashev Qorako‘l tumanidagi “Chovli” hamda “Eski qal’a” mahallalarida bo‘lib, ushbu hududlarga biriktirilgan mahalla soliq inspektorining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O’rganishlar jarayonida soliq inspektori tomonidan joriy yilning oxirgi uch oyida mahalla darajasida tashkil etilgan ishlari natijasini muhokama qildi. Xususan, hududda xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish yuzasidan soliq inspektorining oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Ta’kidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI dasturning baholash va natijasiga qarab rag‘batlantirilmoqda hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilmoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro TV "Diyor yangiliklari" dasturida:

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O’TKAZILDI

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-dekabr

noyabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 декабрь 2023 года последний день

за ноябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

2023-yil 1-dekabr holatiga

Buxoroda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 577 510 tani tashkil etdi.
Shundan 5 505 tasi joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#brifing

Ayni daqiqalarda AOKAda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: Soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Jonli efir
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440
__________
#брифинг

В эти минуты в АИМК проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Тема: Проводимая работа по переходу налоговой системы до уровня махалли

Прямой эфир
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Eslatma

JAMI DAROMADI 500 MLN SO‘MDAN OSHMAGAN VA OSHGAN TADBIRKORLAR UCHUN QANDAY YENGILLIKLAR BERILGANIDAN XABARDORMISIZ?

QULAY SOLIQ REJIMINI TANLANG

Bunda:

▫️soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmaganda yiliga 20 mln so‘mlik

▫️jami daromad 500 mln so‘mdan oshganda esa yiliga 30 mln so‘mlik qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlash huquqi bor.

Ushbu rejimni taglaganlar uchun qator yengilliklar bor!

▶️ Batafsil bilib oling


Тelegram | Facebook|Instagram
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasi qachondan rad qilinadi?


Joriy soliq davrida aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summadagi stavkada toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va soliqni Soliq kodeksining 467-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari (foizlarda (advalor) boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.

Buning uchun soliq toʻlovchi navbatdagi soliq davri boshlangunga qadar 10 kundan kechiktirmay* my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga rad qilish xabarnomasini yuborishi lozim.

*Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan, yaʼni 2024-yil 1-yanvardan AOSning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini rad etish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organiga xabarnoma yuborishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqilgan

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#4_sektor
#Kogon_tumani

KONSTITUSIYAMIZNING 31 YILLIGI "SORG’UN"LIKLARNING ESIDA QOLADIGAN BO`LDI

"Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi doirasida Kogon tumanida yangi qiyofa kasb etgan "Sorg‘un" mahallasining ramziy ochilish marosimi hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh Qomusi qabul qilinganining qutlug‘ 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiori ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Mahallaning ramziy ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar, sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla ahli ishtirok etdilar.


👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 7-dekabr

noyabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Buni ushbu video orqali bilib oling
.


Тelegram | Facebook|Instagram