Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.77K photos
1.62K videos
45 files
4.88K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Futbol

“Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun futbol musobaqalari boshlandi

Buxoroda O’zbekiston Respublikasi Bosh Qomusi qabul qilinganining qutlug‘ 31 yilligi munosabati bilan mini futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun musobaqalar boshlandi.

Viloyat soliq boshqarmasi hamda “Bunyodkor Kids Buxara” futbol klubi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada respublikamizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan 2012-2017 yillarda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan mini futbol bo‘yicha 20 ta jamoa 7-10 dekabr kunlari g‘oliblik uchun kurashadilar.

Qayd etilishicha, ushbu musobaqada asosan “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Samarqand”, “Buxoro” va “Bunyodkor Kids Buxara” kabi nufuzli futbol komandalarining yoshlar jamoalari g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlik qilyaptilar.

Musobaqani o‘tkazishdan maqsad, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida mini-futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, o‘yinchilarning mahoratini oshirish va kelgusida iqtidorli o‘yinchilarni saralab olib, ularni terma jamoaga jalb etishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz ushbu musabaqaning final bosqichi joriy yilning 10-dekabr kuni Buxoro shahridagi "Buxoro" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

Buxoroda yoshlar o‘rtasida “Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun
futbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi

⚽️ Viloyat soliq boshqarmasi hamda “Bunyodkor Kids Buxara” futbol klubi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur musobaqada respublikamizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan 2012-2017 yillarda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan mini futbol bo‘yicha 20 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdilar.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

Buxoroda “Soliqchi — tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida tadbirkorlar o‘rtasida “Buxoro viloyati soliq boshqarmasi kubogi” uchun mini  futbol musobaqalari tashkil etildi.

⚽️Futbol o‘yinlari juda qiziqarli va murosasiz kechdi. Ushbu musobaqaning final bosqichida 3-o‘rin uchun “Jetour”  bilan “Davlatobod” hamda 1- va 2- o‘rinlar uchun “Infin bank” bilan “Shoxsaroy” jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar.
🏆O’yinlar yakunida 🥇1-o‘rin "Shoxsaroy" jamoasiga, 🥈 2-o‘rin "Infin bank" jamoasiga hamda 🥉 3-o‘rin "Jetour" jamoasiga nasib etdi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

“Soliqchi — tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida tadbirkorlar o‘rtasida “Buxoro viloyati soliq boshqarmasi kubogi” uchun mini  futbol musobaqalari tashkil etildi.

Тelegram | Facebook|Instagram