Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Sayyor qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi

Xabar berib borayotganimizdek viloyat 4-sektor rahbari D. Yuldashev belgilangan reja-jadvalga asosan viloyatning barcha tuman va shaharlarida fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Sayyor qabullarda tuman hokimligi, xalq qabulxonasi mas’ullari, sektor ishchi guruhi ishtirok etdi.

👉BATAFSIL

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev sektor hududidagi
aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida tasdiqlangan reja-jadvalga asosan bugun Qorako‘l tumanidagi “Do‘stlik” hamda Olot tumanidagi “Dilkor” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotogan mavjud muammolarni aniqlab ularga joyida yechim topish maqsadadi viloyat 4-sektor rahbarining hududlarda belgilangan tartibda sayyor qabullari o‘tkazilmoqda.

Bugun navbatdagi qabul Vobkent tumanidagi “Vobkent” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi mas’ullari hamda sektor ishchi guruhi ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan dori-darmon, ko‘mir mahsuloti, oziq-ovqat, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 10 ga yaqin murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 4 nafar xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinasi, 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi hamda 1 nafar fuqaroga ustachilik asbob-uskunasi va qolgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Kogon shahridagi “Navzirabod” hamda Kogon tumanidagi “Sarayon” mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi, xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan dori-darmon, oziq-ovqat, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 20 dan ortiq murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Kogon shahridagi “Xo‘jabargi” hamda Kogon tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda murojaatlarga joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi va xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Qabullarda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, oziq-ovqat, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 20 dan ortiq murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#sayyor_qabul

Gʻijduvon tumanida navbatdagi
sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida viloyat 4-sektor rahbiri D.Yuldashevning navbatdagi sayyor qabuli Gʻijduvon tumanidagi “Sharq” mahallasida o‘tkazildi.

Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi mas’ullari hamda sektor ishchi guruhi ishtirok etdi.

Qabulda fuqarolardan kredit ajratish, ishga joylashtirish, aliment undirish, moddiy yordam, yo‘l ta’miri kabi murojaatlar kelib tushdi va ularning ayrimlari joyida hal etilib, ayrimlari bo‘yicha tegishli idoralarga muddatlar belgilanib, topshiriqlar berildi.

Murojaatlarni to‘liq va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Sayyor qabul doirasida ushbu mahallada sektor ishchi guruhi tomonidan aholi uchun arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

“DARGʻALI”DA VILOYAT 4-SEKTOR RAHBARI
SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashev tomonidan tuman xalq qabulxonasi mas’ullari hamkorligida Qorako‘l tumani "Darg‘ali" mahallasi aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan qabulda shu yerlik ishsiz yurgan Dilorom Tolmasova va Gulasal Rahmatovalar sektor rahabariga qo‘llarida hunarlari borligini, ish yuritib olishlari uchun turtki zarurligini aytib, tikuv mashinasi olib berishda amaliy yordam so‘rashdi.

E’tiborlisi, sektor rahbari ularning oilaviy sharoiti, qiziqishi va qo‘lidan tikuvchilik kelishini o‘rganib, ikkala murojaatchiga ham shu yerning o‘zida tikuv mashinasini taqdim etdi.

Shu kuni jami 25 nafar fuqarolardan 12 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi. Qolgan 7 ta murojaatni ham belgilan tartibda o‘rganib chiqib hal etish uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi. Sayyor qabul doirasida sharoiti og‘ir 3 nafar fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#sayyor_qabul

Bugun Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Olot tumanidagi “Xalifa” hamda Buxoro tumanidagi “Turkon” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, 4-sektor hududidagi aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda mahalla yettiligi, hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabullarda sektor rahbariga 30 ga yaqin fuqarolar tomonidan kadastr, moddiy yordam, dori-darmon, ish bilan bandligini ta’minlash masalalarida murojaatlar yo‘llandi.

4 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi, 6 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari hamda 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi berildi. Qolgan murojaatlar vaqt va o‘rganish talab etilganligi bois nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sektor rahbari sayyor qabul doirasida aholi muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Sektor rahbari aholi bilan uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarori mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tib, ularga energetika resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish samaralarini tushuntirib berdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#sayyor_qabul

Aholi muammolarini o‘rganish, ularga manzilli ko‘maklar berish maqsadadi viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev belgilangan reja-grafikka muvofiq 4-sektor hududlarida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda.

Bugun navbatdagi sayyor qabul Romitan tumani “Marziya” mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazildi.
Qabulda tuman sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Qabulda sektor rahbariga 30 ga yaqin fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini tayyorlash, moddiy yordam, dori-darmon, ichki yo‘llarni shag‘allashtirishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga nogironlik aravachasi va ish bilan bandligini ta’minlash masalalarida murojaatlar yo‘llandi.

Quvonarlisi, ushbu murojaatlarning 20 dan ortig‘i shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etildi.

Ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan 3 nafar xotin-qizlarga shu yerning o‘zida bir martalik moddiy yordam pullari berildi. 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yurish uchun mahsus moslama va nogironlik aravachasi, 5 nafar ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Shuningdek, qolgan fuqarolarga murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullardan ko‘zlangan maqsad, chekka hududlardagi aholining og‘irini yengil qilib ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

Eslatib o‘tamiz, viloyat 4-sektor rahbarining joylarda sayyor qabullari belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#sayyor_qabul

Joylarda fuqarolar muammolarini o‘rganish, ularga manzilli ko‘maklar berish maqsadida Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tomonidan reja-grafikka muvofiq sektor hududlarida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. Bugun navbatdagi sayyor qabul Jondor tumani “Obod” mahalla fuqarolari yig‘inida tashkil etildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Djamshid Nurullayev, sektor ishchi guruhi, mahalla yettiligi ishtirok etib aholi muammolarini o‘rgandilar.

Qabulda fuqarolar hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etib, ular tomonidan 10 dan ortiq turli masalalar o‘rtaga tashlandi. Quvonarlisi, 8 ta murojaat shu yerning o‘zida hal etildi. 4 nafar “Ayollar” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorliklarini boshlashlari uchun sertifikatlar topshirildi. 2 nafar fuqaroga dori-darmon hamda 2 ta ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad chekka hududlardagi aholining og‘irini yengil qilib ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM