Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#YTT

YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini tashkil etar edi.

2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉PQ‑366 30.08.2022

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning JShSHIR (PINFL)ini kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

🔸Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishi uchun nima qilishi kerak?

🔸To‘xtatilgan davrlar uchun soliq hisobotlari topshiriladimi?

🔸To‘xtatilgan faoliyat qanday qilib qayta tiklanadi?

👉 Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va ayni mavzuda ko‘p uchrayotgan savollar yuzasidan Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmonov tushuntirish berdi


👉 YTT bo‘yicha foydali havolalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#JShODS #YTT

2024-yil 15-yanvar

Yanvar oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

Qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i ushbu oyda 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi.

2024-yil uchun belgilangan stavkalar 1-fevraldan kuchga kiradi.
—————
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 января 2024 года:

- последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за январь.

В этом месяце налог на доходы в фиксированном размере уплачивается по ставкам 2023 года.

Ставки, установленные на 2024 год, вступают в силу с 1 февраля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#ijtimoiy_soliq #YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq miqdorlarini bilasizmi?

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT)oyiga 340 000 so‘m;

🔹savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno)oyiga 170 000 so‘m.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Тelegram | Facebook | Youtube|
#ijtimoiy_soliq #YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT)oyiga 340 000 so‘m;

🔹savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno)oyiga 170 000 so‘m.

Ijtimoiy soliq to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- har oyda to'laydiganlar 15 sanadan kechiktirmay;
- yilda 1 marta to'laydiganlar 1 dekabrgacha.

👉 Soliq kodeksi 408-modda

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #YTT

Buxoroda yil boshidan beri jami 3 386 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida o‘z biznesini boshlagan

2024-yil 1-may holatiga viloyatimizdagi jami YATTlar soni 17 574 nafarni tashkil etdi.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar

2024-yil 1-may holatiga O‘zbekistonda YTTlar soni 274 754 nafarni tashkil etdi.
Shundan:
83,5 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
15,5 % – AOS to‘lovchi;
1 % – QQS to‘lovchi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?

🔹chakana savdo 131 446;
🔹hunarmandchilik 23 070;
🔹maishiy xizmat koʻrsatish 28 441;
🔹boshqa faoliyat turlari 91 797.

👉 Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#YTT #qayta_aloqa

– Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatimni to‘xtatsam ham nima sababdan menga ijtimoiy soliq hisoblanyapti?


Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazlari) orqali tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turgan bo‘lsa, soliq organi keyingi ish kundan kechiktirmay bu haqda axborot oladi va YTTning o‘ziga ijtimoiy soliq hisoblashni to‘xtatadi.

Agar faoliyatini to‘xtatayotgan YTTning yollangan xodimlari bo'lsa, har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini o‘zi hisobda turgan soliq organiga taqdim etishi lozim.

Buning uchun, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi va 1 ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga xabarnoma yuborishi lozim. Davlat soliq xizmati organi xabarnoma qabul qilingan kunning o‘zida xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini bekor qiladi.

Ushbu kartochkalar YTTning xodimlariga ijtimoiy soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.

Agar faoliyatini to‘xtatib turgan YTT har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga topshirmasa, ular uchun ijtimoiy soliq hisoblanishi to‘xtatilmaydi.
__________
#индивидуальный_предприниматель #обратная_связь

- Я приостановил деятельность в качестве индивидуального предпринимателя, а мне начислен социальный налог. Почему?

Если индивидуальный предприниматель приостанавливает свою деятельность через орган, осуществляющий государственную регистрацию субъекта предпринимательства (Центр государственных услуг), налоговые органы не позднее окончания следующего рабочего дня получают об этом информацию и начисление соцналога самому индивидуальному предпринимателю приостанавливается.

Если индивидуальный предприниматель, приостанавливающий свою деятельность, имеет наемных работников, то ему необходимо сдать в налоговый орган по месту налогового учета карточки учета на каждого наемного работника.

Для этого нужно расторгнуть с работниками трудовой договор и не позднее 1 рабочего дня подать об этом уведомление в налоговые органы. Орган государственной налоговой службы аннулирует карточку учета работника в день принятия уведомления.

Эти карточки являются основанием для приостановления начисления соцналога за каждого работника индивидуального предпринимателя.

Если индивидуальный предприниматель, приостановивший свою деятельность, не сдает в налоговый орган карточки учета на каждого работника, то начисление соцналога за них не приостанавливается.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #YTT

Buxoroda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni ortmoqda

2024-yil 1-iyun holatiga viloyatda faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 17 800 dan oshdi. Ularning 4 617 nafari joriy yilda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yangidan ish boshlagan.

Batafsil

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #YTT

Buxoroda yil boshidan beri yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 200 taga koʻpaydi

Ayni paytda viloyatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 17 800 dan oshdi

2024-yil 1-iyul holatiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 285 788 nafarga etdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram