Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.87K photos
1.65K videos
45 files
4.97K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
November 21, 2023
November 21, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi

Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?

Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.

Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 12, 2023
January 29, 2024
April 16, 2024
#savol_javob

SAVOL: Hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish bo’yicha belgilangan muddatning oxirgi kuni dam olish kuniga to’g‘ri kelganda uni qanday rasmiylashtirish mumkin?

JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14- avgustdagi “Qo’shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 489-sonli qarorga asosan, elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish va qabul qilish bo’yicha belgilangan muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo’lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to’g‘ri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni bo’lmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom bo’lish kuni deb hisoblanadi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 12, 2024
#savol_javob

Savol: Korxonamizda 10 dan ortiq 25 yoshdan oshmagan ishchilar mehnat qiladi. Eshitishimcha, ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi qoplab berilar ekan. Shu to‘g‘rimi, agar shunday bo‘lsa, biz ham ushbu imtiyozdan foydalanib bilamizmi?
S.Turobov.
Kogon tumani.


✔️Javob: Haqiqatdan ham amaldagi qonunchilikka muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni bir foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladi.

Bunda 25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 19, 2024
#savol_javob

Savol: Men zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shug‘ullanaman. Ko‘pincha, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalishda ushbu tarmoq vakillariga soliq imtiyozlari bormi?

A.Norov,
Buxoro shahri.


✔️Javob: Joriy yilda soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1- yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 19, 2024
#savol_javob

Savol: Men davlat-Xususiy sheriklik asosida bolalar bog‘chasi faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchiman, ushbu yo‘nalishda menga qandaydir Soliq imtiyozlari bormi?

N.Sobirov,
Jondor tumani.


Javob: Prezidentning 5.04.2018-yildagi PQ–3651-son qarori bilan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutilgan.

Xususan:
🔹nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;

🔹DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga – tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bundan mustasno);

Eslatma! Ushbu soliq va bojxona imtiyozlari faqat hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan sof tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining kamida 80%ini tashkil etgan nodavlat MTMga nisbatan qo‘llaniladi.

👉Batafsil

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 25, 2024
July 1, 2024