Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.56K photos
1.61K videos
42 files
4.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?

🎞Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TEZDA TO‘LASHNI ISTAYSIZMI?

✔️Buning uchun qayergadir borish shart emas

✔️Navbat ham kutmaysiz

✔️Xonalarni izlamaysiz

✔️Muhim uchrashuvingizga ham ulgurasiz

👉 Buning uchun soliqlarni 📲 Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang va vaqtingizni tejang.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar SMS orqali toʻlaydigan yer va mol-mulk soliqlari haqida to‘liq ma'lumot olishi mumkin

15-aprelga qadar jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini toʻlashi belgilangan.

📩Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning uyali telefonlariga toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yuborish yoʻlga qoʻyildi.

📃SMS ostidagi "Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz saytining "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 10-aprel

mart oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-
qism);

aprel oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan
mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy
toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq
xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik
summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).


Тelegram | Facebook|Instagram
#JShODS
#deklaratsiya

Fuqarolar qanday holatda o'z ko'chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to'laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

My.soliq.uz” saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaziga mart oyida Buxoro viloyatidan 5,9 mingdan ortiq murojaat yo‘llandi

📌 2023-yil mart oyida Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga respublika bo‘yicha 79 645 ta murojaat yo‘llangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️15-APREL MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI

📲Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.

👉 Soliq ilovasida "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, to‘lov amalga oshiriladi.

📱 Ilovani yuklab olish:
👉 iOS uchun
👉 Android uchun

Тelegram | Facebook|Instagram
#bilasizmi?

📌Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi.

Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

👉
Soliq kodeksining 423-moddasi

Тelegram | Facebook|Instagram
#Bilasizmi

🔹Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.

🔹Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).

🔹Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

👉
Soliq kodeksining 423-moddasi

Тelegram | Facebook|Instagram
#ijtimoiy_soliq

To‘langan ijtimoiy soliqni ish beruvchilarga qaytarish amaliyoti yana 2 yilga uzaytiriladi

Prezident qarori bilan 2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliqni Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi.

Bundan 9 mingdan ziyod korxona foydalandi, ularga 150 milliard so‘mlik ijtimoiy soliq qaytarildi, 100 ming yoshlar bandligi taʼminlandi.
Shu bois, Davlatimiz rahbari ushbu tajribani yana 2 yilga uzaytirishga qaror qildi.

👉🏻Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉🏻Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TEZDA TO‘LASHNI ISTAYSIZMI?

✔️Buning uchun qayergadir borish shart emas

✔️Navbat ham kutmaysiz

✔️Xonalarni izlamaysiz

✔️Muhim uchrashuvingizga ham ulgurasiz

👉 Buning uchun soliqlarni 📲 Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang va vaqtingizni tejang.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-APREL va 15-OKTABRGA qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

👉
Soliq kodeksining 423-moddasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TO‘LAGAN SOLIQ TO‘LOVLARINGIZ QAYSIDIR OILAGA QUVONCH OLIB KIRISHINI HECH O‘YLAB KO‘RGANMISIZ

🎥 O’RNI KELGANDA MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING DASTLABKI MUDDATI 15 APREL EKANLIGINI ESLATIB O‘TAMIZ!

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sorovnoma
#mol_mulk_soligi
#yer_soligi

Ma'lumki, soliq kodeksiga muvofiq, soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshirilishi belgilangan.

Fuqarolarimiz bu haqda qanchalik xabardorlar

Mol-mulk va yer soliqlarini to'lash muddatlari qachon

Bu kabi savollar bilan ularga yuzlandik.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvim

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni - 17-aprel

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 423-modda
👉Soliq kodeksi 440-modda

🗓 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉 Soliq kodeksi 86-modda

❗️15-aprel ish kuni boʻlmaganligi sababli, soliqlarni toʻlashning oxirgi kuni 17-aprelga koʻchiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvim

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni - 17-aprel

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 423-modda
👉Soliq kodeksi 440-modda

🗓 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉 Soliq kodeksi 86-modda

❗️15-aprel ish kuni boʻlmaganligi sababli, soliqlarni toʻlashning oxirgi kuni 17-aprelga koʻchiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram