Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.53K photos
1.84K videos
50 files
5.54K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Buxoro davlat universitetida viloyat 4-sektor hamda viloyat 3-sektor ishchi guruhlari masʼullari ishtirokida sektor hududiga qarashli mahallalarda yashovchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda hududlardan viloyat 4-sektor rahbariga biriktirilgan 78 nafar proflaktika hisobida turgan yoshlar ishtirok etdilar. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu yoshlarni muammolarini o‘rganish, ularga munosib shart-sharoitlarni yaratish va bu orqali kelajakda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashishga qaratilgan.

Uchrashuv davomida 20 dan ortiq yoshlarning murojaatlari tinglandi.

Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yo‘naltirilib, nazoratga olindi va ijro muddatlari belgilab berildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mol_mulk_soligi
#yer_soligi

“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarga qanday soliq imtiyozlari bormi

✔️ Ha, bor. Ushbu fuqarolarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.

Mazkur imtiyoz tegishincha “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi.

👉Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram | Facebook|Instagram
BUXORO SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA “OCHIQ ESHIKLAR” KUNI BO‘LIB O‘TDI

“Harakatlar strategiyasidan –taraqqiyot strategiyasi sari”
gʻoyasi asosida mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarini targʻib qilish orqali yoshlarni vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasi va daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida viloyat soliq xizmati organlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, bugun Buxoro shahar soliq inspeksiyasida Buxoro davlat universitetining “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda yangi yoshlar siyosati amalda” mavzusida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Bunda talabalarni soliq xizmati xodimlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda yosh kadrlarga kasbiy amaliyotni tatbiq qilish maqsad qilingan.
E’tiborlisi, bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi talabalarning soliq sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishiga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Istiqlol TV "Hudud yangiliklari" dasutida:

Mol-mulk va yer soliqlarini to'lash muddatlaridan hamyurtlarimiz qanchalik xabardor?

👆 Ushbu lavha orali bilib olamiz.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIG‘I PROFILAKTIK HISOBDA TURGAN YOSHLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANDI

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i M. Mamatxanov shaxsan o‘ziga biriktirilgan, ayni paytda profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda turli huquqbuzarliklar sodir etib profilaktik hisobda turgan har bir yosh bilan yuzma-yuz muloqot olib borildi.

Jumladan, ushbu yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish orqali ularning munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga e’tibor qaratildi.

Yuzma-yuz muloqotda 15 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, ishga joylashish hamda bola puli olish kabi yo`nalishlarda ko‘maklashiladigan bo‘ldi.

Uchrashuv jarayonida
Buxoro shahar “A.Donish” mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan oilaviy yotoqxonada istiqomat qilib kelayotgan boquvchisini yo‘qotgan Norgul Paygamova viloyat 4-sektor rahbariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratishga ko‘mak berishlarini so‘rab murojaat qildi.

E’tiborlisi, ushbu murojaat tez fursatlarda hal etilishi va Norgul Paygamovaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda uni barqaror yuritishi uchun 4-sektor doimiy ko‘makchi bo‘lishi ta’kidlandi.

Aytish kerakki, bu kabi uchrashuvlar profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan birma-bir ishlash, ularning muammolarini o‘rganib joyida yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#bilasizmi

2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar SMS orqali toʻlaydigan yer va mol-mulk soliqlari haqida to‘liq ma'lumot olishi mumkin

15-aprelga qadar jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini toʻlashi belgilangan.

📩Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning uyali telefonlariga toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yuborish yoʻlga qoʻyildi.

📃SMS ostidagi "Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz saytining "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tax_free

🛒1-maydan ayrim fuqarolarga 5 turdagi tovar:
🥩mol, qo‘y, tovuq go‘shti
🫙o‘simlik yog‘i
🥚tuxum
QQS bilan xarid qilinganda to‘langan soliq qaytariladi.

🎞Batafsil videolavhada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️15-APREL MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING DASTLABKI MUDDATI

📲Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to'lashingiz mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram