#mol_mulk_soligi
✅ 2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari
2023-yilda 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan oshishi mumkin emas.
Bunda 2023-yildan boshlab yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari qismida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan cheklashni qoʻllash amaliyoti bekor qilingan.
Ushbu norma koʻchmas mulk obyektlari jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanidan qatʼi nazar, ularning funksional vazifasiga (noturar joylar) qarab soliq solishning teng sharoitlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.
🔸2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga soliq solish tartibi bekor qilingan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

#mol_mulk_soligi #soliq_imtiyozi
✅ Mol-mulk solig'idan to‘liq ozod etilganlar:
▫️“Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga;
▫️yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk (23-yoshga qadar) soliq solishdan ozod etiladi.
Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.
👉Batafsil

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#bilasizmi #mol_mulk_soligi
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
👉Soliq kodeksi 423-modda
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:
▫️10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalardan biri;
▫️pensionerlar;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.
❗️Mazkur imtiyoz mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.
👉Soliq kodeksi 421-modda

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️15 APREL MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING DASTLABKI MUDDATI EKANLIGINI ESLATIB O‘TAMIZ!
Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lab, o‘z majburiyatlaringizni bajarish bilan birga viloyatimiz obodligiga hissa qo‘shing!
Eslatib o‘tamiz, Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.
👉 Soliq ilovasida "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, to‘lov amalga oshiriladi.
📱 Ilovani yuklab olish:
👉 iOS uchun
👉 Android uchun
Тelegram | Facebook|Instagram
Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lab, o‘z majburiyatlaringizni bajarish bilan birga viloyatimiz obodligiga hissa qo‘shing!
Eslatib o‘tamiz, Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.
👉 Soliq ilovasida "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, to‘lov amalga oshiriladi.
📱 Ilovani yuklab olish:
👉 iOS uchun
👉 Android uchun
Тelegram | Facebook|Instagram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_imtiyozi
Xususiy bog‘cha va maktablar to‘lovi uchun ota-onalar 17 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozidan foydalandi
Joriy yilning 1-mart holatiga fuqarolar 2022-yil uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda ta’lim olish uchun yo‘naltirgan daromadlari bo‘yicha 17,7 mlrd so‘m soliq imtiyozidan foydalangan. Shundan:
✅9 731 nafar fuqaro jami yillik deklaratsiya topshirish orqali 15,3 mlrd so‘m daromad soligʻi summasini qaytarib olgan;
✅1 079 ta korxona va tashkilotlarda ishlovchi 1 698 nafar fuqaroga ish beruvchi tomonidan toʻlov manbaida 2,4 mlrd soʻmlik daromad soligʻidan imtiyoz qoʻllanilgan.
❗️2022-yil 1-apreldan farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlariga yoʻnaltiriladigan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan.
👉Soliq kodeksi 378-modda
Unga koʻra,
🔹ota-onalar tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga toʻlovlarni ish haqidan pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlagan boʻlsa, soliq imtiyozi (ish beruvchi tomonidan) toʻlov manbaida qoʻllaniladi;
🔹2022-yilda ta'lim uchun toʻlov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul, banklardagi omonat va plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi soliq organlariga jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani joriy yilning 1-apreliga qadar topshirish yoʻli orqali beriladi.
👉Soliq kodeksi 396-398-moddalari

📍Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimlari tomonidan barcha hududiy soliq inspeksiyalarida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.
✅Bugun Kogon tumani soliq inspeksiyasida ham Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimlari va viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirokida mazkur mavzuda davra suhbati tashkil etildi.
✳️Tadbirda korrupsiya va ta’magirlikning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi. Xodimlar faoliyati davomida nafaqat tizimning sha’niga dog‘ tushirmasliklari, balki oilasining obro‘sini, farzandlarining kelajagini ham o‘ylashlari lozimligi uqtirib o‘tildi.
❇️Shuningdek davra suhbatida Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimlari inspeksiya xodimlariga Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyatini tushuntirgan holda davlat xizmatchisining majburiyati va vazifalarini eslatib o‘tdilar.

#kino
✅ "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali va "Farovonlik garovi" hujjatli filmi premyerasi o‘tkazildi
🎬 Kinematografiya agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 5 qismdan iborat "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali hamda "Farovonlik garovi" hujjatli filmi suratga olindi.
🎞 Bugun Soliq qo‘mitasida soha xodimlarining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, tizimda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan mazkur kinokartinalarning premyerasi o‘tkazildi.
📽 Unda kinoijodkorlar suratga olish jarayoni, gavdalantirgan obrazlari va filmning g'oyaviy ahamiyati haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Filmlarni suratga olishda qo‘llab-quvvatlagani uchun Sherzod Kudbiyevga, yaqindan yordam bergan soha xodimlari hamda tadbirkorlarga minnatdorlik bildiramiz!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM