Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.16K subscribers
8.45K photos
1.83K videos
50 files
5.49K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Buxoroda chigit ekish mavsumi boshlandi. Ayni paytda 4-sektor hududiga kiruvchi Qorovulbozor tumanida ham yerlarni chigit ekishga tayyorlash, ekish mavsumini qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash jarayonlari avjida.

E’tiborlisi, Qorovulbozor tumanida ayni kunlarda chigit ekish bilan birga dala atroflarida tut va uzum ko‘chatlari o‘tqazilib, qovoq ekish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Bugun tumanning sektor rahbarlari chigit ekiladigan dala maydonlarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorako‘l_tumani

Viloyatimizning chekka manzillaridan biri bo‘lgan Qorako‘l tumanidagi 4-sektor hududiga kiruvchi barcha mahallalarda sektor rahbari tashabbusi bilan erkaklar o‘rtasida futbol hamda ayollar o‘rtasida volleybol musobaqalari o‘tkazilmoqda. Musobaqalarda hududdagi uyushmagan yoshlar ham faol ishtirok etayaptilar.

Shu kunlarda viloyatimizning 4-sektor hududidagi barcha mahallalarda uyushmagan yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqlari tashkil etilmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_hamkor

🔴"Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot puli qancha muddatda toʻlab beriladi?

✔️"Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida mukofot toʻlab beriladi.
👉PQ-5252-son 04.10.2021

✔️ Ragʻbatlantirish – jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga mos boʻlsa va aybdor shaxsga nisbatan soliq organining yoki sudning javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda amalga oshiriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 9-band 12.05.2022

📜 Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror soliq toʻlovchiga berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
👉Soliq kodeksi 160-modda

💳Pul mukofoti murojaatchining nomidagi bank plastik kartasiga jarima toʻlangan kundan keyin 3 kundan kechiktirmasdan oʻtkazib beriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 16-band 12.05.2022

Bunda, bank plastik kartasi faol holatda boʻlishi lozim, aks holda texnik jihatdan mukofot pulini oʻtkazish imkoniyati boʻlmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️15 APREL MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING DASTLABKI MUDDATI EKANLIGINI ESLATIB O‘TAMIZ!

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lab, o‘z majburiyatlaringizni bajarish bilan birga viloyatimiz obodligiga hissa qo‘shing!

Eslatib o‘tamiz,
Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.

👉 Soliq ilovasida "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, to‘lov amalga oshiriladi.

📱 Ilovani yuklab olish:
👉 iOS uchun
👉 Android uchun

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kino

🎬Tez kunlarda Soliq xizmati organlari faoliyatiga bag‘ishlab suratga olingan ko‘p qismli badiiy film tomoshabinlar e'tiboriga havola etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.

👉 Soliq kodeksi 418-modda

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida yangi funksiyalar

✏️“Raqamni almashtirish”

Ushbu menyu orqali ilovadagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish mumkin.
Buning uchun “Sozlamalar” dan "Raqamni almashtirish" tanlanadi. Soʻngra yangi raqam kiritilib, FACE ID orqali oʻzgarish tasdiqlanadi.

📨“Yangiliklar va xabarnomalar”
Endilikda sohaga oid yangiliklar bilan ilovaning ayni nomdagi menyusi orqali tanishish mumkin. "Xabarnoma"da esa ilovaga oid qisqa xabarlar eʼlon qilib boriladi.

📊“Monitoring”
Endi foydalanuvchi ilovada bajarilgan barcha amaliyotlar tarixini koʻrishi mumkin.
“Monitoring” tugmasi bosilganda so‘nggi 1 oydagi amaliyotlar avtomatik shakllanadi.
Shuningdek, “Saralash” (filtr) tugmasi orqali istalgan vaqt oraligʻini belgilash mumkin.

📱“Qurilmalar”
Ushbu menyu orqali telefon raqamingiz biriktirilgan ilovalar qaysi qurilmalarga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
“Sozlamalar”dan "Qurilmalar” tanlanganda ilova o‘rnatilgan qurilmalar roʻyxati paydo bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TEZDA TO‘LASHNI ISTAYSIZMI?

✔️Buning uchun qayergadir borish shart emas

✔️Navbat ham kutmaysiz

✔️Xonalarni izlamaysiz

✔️Muhim uchrashuvingizga ham ulgurasiz

👉 Buning uchun soliqlarni 📲 Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang va vaqtingizni tejang.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram