Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

QOROVULBOZORDA YOSHLAR UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATILMOQDA

🔸Viloyatimizning chekka hududlaridan biri bo‘lgan Qorovulbozor tumanida yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishi uchun bir qator ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸Jumladan, tumanning “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inda ham yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida tez orada foydalanishga topshiriladigan zamonaviy kutubxona ham ana shunday xayrli ishlardan biri sanaladi. Ta’kidlanishicha, mazkur kutubxona binosida yoshlar uchun turli to‘garaklar ham tashkil etiladi.

🔸Bugun viloyat 4-sektor ishchi guruhi mazkur kutubxonada amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni va sifati bilan tanishib, bu yerda yoshlar uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish choralari ko‘rdilar.

🔸Shuningdek, sektor ishchi guruhi “Cho‘lquvar” mahallasidagi “Sardoba” memoriy majmuasini tamirlash ishlarini ham ko‘zdan kechirib, qurilish ishlari mas’ullariga tegishli topshiriqlar berdilar.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumani 4-sektor rahbari A.G'afurov “Cho'lquvar” MFY raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ushbu mahallada uyma-uy yurgan holda birma-bir aholining muammolarini o‘rganmoqda.

Aholi bilan uchrashuvlar jarayonida sektor rahbari yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarning sharoitlarini yaxshilash va kam daromadli, ehtiyojmand oilalar, yakka yolg'iz fuqarolarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga e’tibor qaratmoqda.

Bugun sektor ishchi guruhi va mahalla mas’ullari ushbu hududdagi "Temir yoʼl", "Baxt" va "Geologlar" ko'chalaridagi fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini belgilab oldilar.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumani “Cho‘lquvar” mahallasida tuman 4-sektor rahbari Anvar G‘afurov sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul jarayonida murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallalarda ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullariga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani
#Mahallabay_ishlash

“Mahallabay” ishlash, aholi muammolarini va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari 4-sektorga qarashli “Cho‘lquvar” mahallasida o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.

Jarayonda sektor ishchi guruhi hududda aholini qiynayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko`ryapti.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#Soliqchi_ko‘makchi
#Qorovulbozor_tumani

📌Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida hududdagi tadbirkorlarning barqaror faoliyat yuritishlari uchun ularga soliq yangiliklarini tezkorlik bilan etkazib kelmoqdalar.

🔸Xususan, bugungi uchrashuvlarda ham tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yengilliklar yetkazilgan holda hujjatsiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarning faoliyatini qonuniylashtirish shuningdek, faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tiklash choralari ko‘rildi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanida barcha sektor rahbarlari ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda aholi bandligini ta’minlash va hududda energiya tejamkorligiga erishish, qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbalaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatish afzalliklari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda tumanda 729 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish rejalashtirilgan. Shundan 212 ta ish o‘rni transport va qurilish sohasida yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, joriy yilda tuman aholisini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida 17 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi.

Yuzma-yuz muloqotda aholining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal qilindi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanidagi “Imom Buxoriy” mahallasida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan barcha sektor rahbarlari mahalliy tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotlar hamda yangi loyihalarning taqdimoti hamda aholiga taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdilar.

Mehnat yarmarkasida tumandagi 37 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 468 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

10 ga yaqin fuqarolar shu kuni o‘zlariga ma’qul bo‘lgan korxonalar bilan ishga joylashish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozorda 4-sektor ishchi guruhi tashabbusi bilan hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida tahsil olyotgan o‘quvchilar tumandagi ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Belgilangan reja grafik asosida bu gal yoshlar “Buxoro Real moto” korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga dastlabki hayotiy kasbiy ko‘nikmalarni egallashlariga ko‘maklashish va shu orqali ularni kasbga qiziqtirish hamda tumandagi ishlab chiqarish korxonalar bilan ta’lim muassasalarining hamkorligini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Buxoroda chigit ekish mavsumi boshlandi. Ayni paytda 4-sektor hududiga kiruvchi Qorovulbozor tumanida ham yerlarni chigit ekishga tayyorlash, ekish mavsumini qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash jarayonlari avjida.

E’tiborlisi, Qorovulbozor tumanida ayni kunlarda chigit ekish bilan birga dala atroflarida tut va uzum ko‘chatlari o‘tqazilib, qovoq ekish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Bugun tumanning sektor rahbarlari chigit ekiladigan dala maydonlarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanida 4-sektor tomonidan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini yanada shakllantirish hamda kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida 2-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Biznes sayohat” tashkil etildi.

Unda yoshlar 4-sektor xududida faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli "Anvarjon metal servis" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlash lozim, imtiyozli kredit mablag‘lari asosida tashkil etilgan mazkur korxonada bugungi kunda “Kroff” brendi ostida qurilish materiallari, tunuka mahsulotlari, qurilish bo‘yoqlari, alyumen va plastik eshik derazalar, taxta hamda turli xildagi profillar ishlar chiqarilmoqda.

- 30 yoshimda ilk milliardimni ishlab topdim, - deydi yosh tadbirkor A.Bozorov. – Buning uchun hukumatimizga rahmat. Biz tadbirkorlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq. Xususan, 4-sektorimiz rahbari, hokim yordamchilari va tumanimiz mas’ullari bizni doim qo‘llab-quvvatlab turishganidan ilhomlanib, tobora faoliyatimizni kengaytirib bormoqdamiz. Yashirmayman bugungi kunda mahsulotlarimizni respublikamiz bo‘ylab yetkazib berilmoqda. Albatta biz bu bilan to‘xtab qolmasdan, yanada katta bozorlarga chiqishni ko‘zlaganmiz.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4-sektor
#Qorovulbozor tumani

“Navro‘z” bayrami arafasida Qorovulbozor tumanidagi “Navbahor” mahallasida “Besh tashabbus markazi” foydalanishga topshirildi.

Ushbu markazning ochilish marosimida jamoatchilik vakillari, mahalla va ta’lim muassasalari jamoalari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Bu yerda yoshlar uchun sportning badiiy gimnastika, milliy kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi, badminton, kibersport, shuningdek, IT-axborot texnologiyalari, kompyuter savodxonligi, ingliz tili, rangli qog‘ozlardan gullar yasash, musiqa va milliy cholg‘u asboblari, tikuvchilik kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

E’tiborlisi, yoshlarni kasb-korga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimizni kitobxonlikka va san’atga, musiqaga oshno qilishda mazkur “Besh tashabbus markazi”ning o‘rni va ahamiyati yanada oshadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4-sektor
#Qorovulbozor tumani

Navro‘z bayrami arafasida aholiga yengillik yaratish hamda narxlarning sun’iy oshib ketishini oldini olish maqsadida 4-sektor ishchi guruhi tomonidan barcha mahallalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chma yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Bugun Kogon tumanidagi “O’zbekiston” MFY “Saribozor” ko‘chasida ham arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chma yarmarkasi tashkil etildi.

E’tiborlisi, tashkil etilgan ushbu yarmarkalar rastalarida barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanida elektr energiyasini tejash va qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan samarali foydalanish maqsadida aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’ektlarda quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, kuni-kecha tuman hududidan o‘tuvchi A-380-magistral yo‘l yoqasida joylashgan mahalla tibbiy punkti binosini ham uzluqsiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida uning tom qismiga 4 kvt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumani 4-sektor hududidagi 2 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bellashuvlarda jamoalar o‘zlarini sinab ko‘rishdi.
Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qatorda o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.

Ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lsa uchunchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish ishlarini bajarishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov sektor hududiga kiruvchi Qorovulbozor tumanida tuman ishchi guruhlari a’zolari va paxtachilik klasteri mas’ullari ishtirokida dalalarga chigit ekish holatini o‘rganish maqsadida qator obyektlarni ko‘zdan kechirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Qorovulbozor tumanida 2023-yilda paxta xom-ashyosi yetkazib berish bo‘yicha 154 ta fermer xo‘jaliklari bilan 5 318 gektar maydonda 14 710 tonna paxta xom-ashyosini yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan.

M.Mamatxanov dalalarda chigit ekish jarayoni bilan tanishib, mas’ullarga paxta ekiladigan maydonlar chetlarida tut, uzum ko‘chatlari, zararkunanda hasharotlardan himoya qilish bilan birga qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan moychechak, sarimsoqpiyoz, qovoq hamda boshqa ekinlarni ekish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov Qorovulbozor tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Besh tashabbus markazi”da bo‘lib, ushbu markazda yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirish hamda kibersport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hunar o‘rganishlari va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyatini o‘rgandi.

Sektor rahbari bu yerda yoshlar hamda ularning ustozlari bilan samimiy muloqot qilib, ularning maqsad va rejalariga quloq tutdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov Qorovulbozor tumanida tuman hokimi A.Ostonov hamda hudud mas’ullari ishtirokida yangidan oʼzlashtirilgan yerlarda bo‘lib, ushbu yerlardan oqilona foydalanish va ularning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ta’kidlash lozim, Qorovulbozor tumanida 2021-2022 yillarda 4 ming 500 gektardan ortiq yerlar oʼzlashtirildi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda 2 ming 500 metr uzunlikda kanal qazilib, choʼl bagʼrida obi hayot keltirildi. Suv nasoslarni elektr energiya bilan taʼminlash maqsadida 11 km.dan ortiq manzildan tarmoq tortib kelingan.

E’tiborlisi, bularning barchasi tumanda dehqonchilikni rivojlantirishga yana bir muhim qadam boʼlib xizmat qilmoqda.
Sektor rahbari mutassaddilarga olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish, maxsus texnikalar kuchidan samarali foydalanish boʼyicha mas’ullarga zarur topshiriqlarni berishdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.