Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

E’LON

📢 Hurmatli tadbirkorlar❗️

🗓 17-yanvar kuni viloyat soliq boshqarmasi binosida soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

📌 Seminarda Soliq qo‘mitasi hamda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib ularni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratadilar.

📍Manzil: M.Iqbol ko‘chasi 14-uy.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Mazkur seminarga barcha tadbirkorlik subyektlari vakillarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilarni taklif qilamiz.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube

🗓 Bugun 17-yanvar kuni viloyat soliq boshqarmasi binosida soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

📌 Seminarda Soliq qo‘mitasi hamda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib ularni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratadilar.

📍Manzil: M.Iqbol ko‘chasi 14-uy.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Mazkur seminarga barcha tadbirkorlik subyektlari vakillarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilarni taklif qilamiz.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta xomashyosi realizatsiya qilinganda EHF bilan birga tovar-transport yuk xati ham rasmiylashtiriladi

"Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini izchil qo‘llashni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.
👉PF-7-son 17.01.2025-y

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab paxta xomashyosi va undan tayyorlanadigan barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha EHFni rasmiylashtirish chog‘ida bir vaqtning o‘zida tovar-transport yuk xatini (TTY) rasmiylashtirish ham talab etiladi. Bunda:

📑ushbu mahsulot turlarining ro‘yxati Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi (tovarlar va xizmatlar) kodlari asosida Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;

❗️2025-yil 1-apreldan keyin omborlarda saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralarning EHF va TTY rasmiylashtirilmagan qoldiqlari soliq organlari tomonidan hisobga olinmaydi (inventarizatsiyadan o‘tkazilmaydi) va soliq solish maqsadida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb hisoblanadi hamda soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) sifatida baholanadi.

Tadbirkorlik subyektlari ushbu muddatda paxta xomashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha mavjud tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha ma’lumotlarni soliq organlari ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlashlari shart.

Soliq qo‘mitasiga ikki oy ichida tadbirkorlik subyektlariga o‘z hisobotlari asosida qolgan tovarlarning turi va miqdorini ko‘rsatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish vazifasi topshirildi.

🗒 Ma’lumot uchun: 2024-yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan esa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.
_________
#новое_в_законодательстве

При реализации хлопка-сырца вместе с ЭСФ будет также оформляться товарно-транспортная накладная

Принят Указ Президента "О мерах по последовательному продолжению применения рыночных механизмов при выращивании и реализации хлопка-сырца".
👉№УП-7 от 17.01.2025 г.

Согласно документы с 1 апреля 2025 года при оформлении ЭСФ по хлопку-сырцу и всем видам изготавливаемой из него продукции требуется также одновременное оформление товарно-транспортной накладной (ТТН). При этом:

📑перечень видов данной продукции утверждается Налоговым комитетом по кодам Единого электронного Национального каталога продукции (товаров и услуг);

❗️после 1 апреля 2025 года остатки хранящихся на складах товарно-материальных запасов, на которые не оформлены ЭСФ и ТТН, не подсчитываются (не проходят инвентаризацию) налоговыми органами и в целях налогообложения признаются отсутствующими на складе налогоплательщика и оценивается как сокрытие (занижение) налоговой базы.

🖥В этот срок субъекты предпринимательства должны обеспечить включение в базу данных налоговых органов всех сведений об имеющихся товарно-материальных запасах по хлопку-сырцу и переработанной из него продукции.

Налоговому комитету поручено в двухмесячный срок запустить программное обеспечение, предоставляющее субъектам предпринимательства возможность показывать виды и объемы товаров, которые находятся в остатке на основании их отчетов.

К сведению. С 1 апреля 2024 года для крупных налогоплательщиков, с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-30-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilandi;

🔹yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) mavjud emasligi to'g'risidagi tartib maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz❗️ Ilgari yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etilar edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisobotni avtomatik ravishda shakllantirish yoʻlga qoʻyiladi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-32-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹Soliq organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shaklantirib berish yoʻlga qoʻyiladi.

🔹Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliqlar avtomat hisoblanib, hisobotda shakllantirib beriladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, soliq toʻlovchilar suv soligʻi hisoboti shaklining 0701 va 0702-satrlariga Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda taqdim etib kelgan.

Endilikda soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻri va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki eʼtirozlar mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ko‘rib chiqib, 15-dekabrga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.

🖇Maʻlumot uchun, qishloq xoʻjaligi korxonasi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar noqishloq maqasadlarida foydalanilgan suv resusrlari uchun vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini taqdim etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan holda taqdim etilmaganda, soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.

Yaylov yerlari soliqqa tortilmaydi

"Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-15 30.01.2025-yil

Hujjatga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xo‘jaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yer maydonlari soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan yer solig‘i stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
👉Soliq kodeksining 429-moddasi
_____
#новое_в_законодательстве

Пастбищные земли не будут облагаться налогом

Принят Указ Президента "О мерах по внедрению современных механизмов охраны и рационального использования пастбищ".
👉№ УП-15 от 30.01.2025 г.

Согласно документу, пастбищные земельные площади, находящиеся в постоянном пользовании Каракалпакского, Бухарского, Джизакского, Кашкадарьинского, Навоийского, Самаркандского и Сурхандарьинского пастбищных хозяйств, не включаются в налогооблагаемую базу.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

В соответствии с действующим законодательством, за земли, расположенные в богарно-пастбищной зоне, земельный налог уплачивается с применением понижающих коэффициентов к налоговым ставкам, установленным Кенгашами народных депутатов районов и городов.
👉ст.429 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish

“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-33, 30.01.2025-yil

2025-yil 1-maydan tadbirkorlar tan olgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi:

◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olganda, soliq organi mustaqil ravishda bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan va e'tiroz bildirgan taqdirda, amaldagi tartibga muvofiq sud tomonidan hal etilishi belgilanmoqda.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi tartib qanday?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.

◽️Soliq organi faqat 10 kundan ko‘p bo‘lmaganda hisobvaraq operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
◽️10 kundan ko‘p bo‘lganda, faqat sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 111-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads