Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Alisher Navoiying bobosi Muhammad Ali qaysi kasblar egasi bo‘lgan?
Anonymous Quiz
14%
Shoir
15%
Tabib va muallim
28%
Musiqachi va xattot
43%
Xattot va shoir
Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan shoh kim bo‘lgan?
Anonymous Quiz
70%
Husayn Boyqaro
8%
Buyuk Sulaymon
20%
Ulug‘bek
2%
Usmon shoh
2009-yilda Alisher Navoiy sharafiga nomlangan kratter qaysi?
Anonymous Quiz
52%
Merkuriydagi krateri
20%
Himolay tog‘i
15%
Vredefort krateri
13%
Chiksulub krateri
Bu shaxs turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan. Mazkur ta’rif kimga nisbatdan aytilgan?
Anonymous Quiz
19%
Bobur
10%
Lutfiy
70%
Navoiy
1%
Ogahiy
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani
#Mahallabay_ishlash

“Mahallabay” ishlash, aholi muammolarini va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari 4-sektorga qarashli “Cho‘lquvar” mahallasida o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.

Jarayonda sektor ishchi guruhi hududda aholini qiynayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko`ryapti.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 9-fevral

fevral oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️9 февраля 2023 года последний день

за февраль:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Savol_javob

Savol: Men o‘z xonadonimga quyosh panellarini o‘rnatmoqchiman, lekin ayrim kishilar bu qurilma o‘rnatilganda qo‘shimcha pul yoki soliq to‘lash kerak deyapti, shu to‘g‘rimi

✔️ Javob: Qonunchiligimizda quyosh panellari o‘rnatganlik uchun hech qanday pul to‘lash yoki soliq olish normalari mavjud emas.

📌Aksincha,
bunday zamonaviy qurilmalar orqali fuqarolarimiz ishlab chiqarilgan elektr energiyasini nafaqat shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatishi, balki uni sotishi ham mumkin.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#Savol_javob

Savol: Tomchilatib sug'orish tizimini joriy etgan soliq to'lovchilar uchun yer solig'idan qanday imtiyozlar mavjud

✔️Javob: Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan tomchilatib, yomg'irlatib, diskret va boshqa suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan etiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritiladi.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#murojaatlar

Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlariga 2023 yil yanvar oyida jami 5 688 ta murojaat kеlib tushgan.

Shundan:

✍️291 tasi yozma;

💻 4 520 tasi elektron;

💬 877 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

Murojaatlarning

✔️3 755 tasi
ijobiy hal etilgan,

📚1 505 tasiga huquqiy ma`lumot bеrish orqali tushuntirish bеrilgan,

🙅2 tasida kеltirilgan holatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan,

🔍426 tasi ko`rib chiqish jarayonida.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun qoʻllanilgan 1,7 trln soʻmlik jarimalarni undirish toʻxtatildi

Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-fevralda PQ-43-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2023-yil 1-aprelga qadar tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi to‘xtatildi.

Buning natijasida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllanilgan 1,7 trln soʻm miqdoridagi jarimalarni undirish hamda 667,5 mlrd soʻmlik jarimalarni qoʻllash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_ko‘makchi
#Qorovulbozor_tumani

📌Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida hududdagi tadbirkorlarning barqaror faoliyat yuritishlari uchun ularga soliq yangiliklarini tezkorlik bilan etkazib kelmoqdalar.

🔸Xususan, bugungi uchrashuvlarda ham tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yengilliklar yetkazilgan holda hujjatsiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarning faoliyatini qonuniylashtirish shuningdek, faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tiklash choralari ko‘rildi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook