Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.16K subscribers
8.45K photos
1.83K videos
50 files
5.49K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#G‘alla_2022

Olot tumanida 4-sektor hududidagi fermer birinchi bo‘lib g‘alla topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani uddaladi

📍Tumandagi «Xosabo‘yi» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Nurbek Polvonov rahbarligidagi "Yalangko‘l zamini” fermer xo‘jaligi birinchi bo‘lib davlatga g‘alla topshirish rejasini bajargani tezkor amaliy ishlarning natijasidir.

📌 Fermer xo‘jaligining ahil jamoasi 62,8 tonna o‘rniga 64 tonna g‘alla mahsulotini yetishtirib, hosildorlikni 70 sentnerga yetkazishdi.

Ayni paytda tumanda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#4-sekror
#G`alla-2022
⚡️"Фермерларнинг, деҳқонларнинг бу йил кайфияти ниҳоятда баланд"- "Бухоро Агрокластер" МЧЖ масъул ходими Ўткир Қобилов
#4-sektor

#G’ijduvon tumani

Ayni paytda 4-sektor ishchi guruhi tomonidan tumanning “F.Xo‘jayev” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, hududda piyodalar va velosipedda harakatlanuvchilar uchun alohida yo‘laklar barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.
#4_sektor
#G‘ijduvon_tumani

📍4-sektor hududidagi «Sharq» mahalla fuqarolar yig‘inining “Sharq” ko‘chasida 500,0 metr uzunlikdagi ichki yo‘llar shag‘allashtirildi.

📌 Shuningdek, sektor hududidagi “Kalon” va “Zarangari” MFY larida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#4_sektor
#G‘ijduvon_tumani

Tuman hokimligi binosida 4-sektor hududidagi “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi 18 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularning qiziqishi va sharoitiga ko‘ra subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Тelegram | Facebook
#4_sektor
#G’ijduvon_tumani

4-sektor rahbari tumanning “A.Qahhor” va “A.G’ijduvoniy” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan muloqot qildi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvida yoshlarimizning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish haqida gap bordi.

Shuningdek, ochiq muloqotda ishtirokchilarning muammo va takliflari tinglanib, ularning qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bir guruh yoshlar belgilangan tartibda turli asbob-uskunalar bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#G‘ijduvon_tumani

Ishchi guruh “Tinchlik” va “Kalon” mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurib, aholi murojaatlarini o‘rganish vaqtida aniqlangan muammolarga muvofiq “Tinchlik” mahallasidagi 4 ta oilaga ko‘mir yetkazib berildi hamda “Kalon” qishlog‘ida yashovchi aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi ijobiy hal etildi.

Sektor rahbarining ta’kidlashicha, bu yerda o‘rtanilgan quvvati 100 kVt kuchlanishga ega bo‘lgan qo‘shimcha yangi transformator shu yerlik 150 ta xonadonni bir maromda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, 4-sektor hududidagi “Mustaqillik” MFYda saxovatpesha tadbirkorlar hamkorligida hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun issiq-ovqat tashkil qilinib, ularga tarqatildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#G‘ijduvon_tumani

G‘ijduvon tumanida 4-sektor hududidagi 21 ta MFY larda yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha sektor bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Unda 1-o‘rinni “Qo‘rg‘on” MFY, 2-o‘rinni “Guliston” MFY va 3-o‘rinni “Sharq” MFY yoshlar jamoasi qo‘lga kiritdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#G‘ijduvon tumani

G‘ijduvon tumanida 4-sektor ishchi guruhi hududdagi mahallalarda tajribali tadbirkorlar, hunarmandlar va tomarqachilar bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni bandiligini ta’minlashga yaqindan ko‘mak bermoqdalar.

E’tiborlisi, mazkur hamkorlik doirasida dastlab tajribali tadbirkorlar, hunarmandlar va tomarqachilar 4 nafardan yoshlarni rasmiy ish bilan band qilgan holda ularga o‘z tajribalarini ham o‘rgatmoqdalar.

Ikkinchi bosqichda esa 4-sektor ko‘magi bilan yetarli tajribaga ega bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga kerakli uskunalar xarid qilingan holda ularning mustaqil tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti.

Jumladan, “Zargaron” MFYda temirchi ustalardan hunar o‘rgangan 20 nafar shu yerlik yoshlarga ham mustaqil ish boshlashlari uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berildi.

Kecha 4-sektor rahbari ushbu yoshlar bilan uchrashib ularning tadbirkorlik faoliyatlariga omadlar tiladi.

E’tiborlisi, mustaqil ish boshlagan yosh tadbirkorlarning o‘zlari ham 4 nafardan shogird olib, ularni ham tadbirkor sifatida uchirma qilishni maqsad qilishgan.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#G’ijduvon_tumani

G’ijduvon tumanida 4-sektor ishchi guruhi uyma-uy yurib aholining muammolarini o‘rganishmoqda.
Kecha ishchi guruh “Pamuza” MFY aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida bartaraf etish choralarini ko‘rdilar.

Aholi bilan uchrashuvlar jarayonida ushbu mahallaning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalariga meh-muruvvat ko‘rsatildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram