Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#seminar

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida soliq ma‘muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda.

Kecha

📍
Surxondaryo viloyati. Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida (soat 14:30)

📍Sirdaryo viloyati. Sirdaryo viloyati hokimiyatida (soat 14:30).

Bugun

📍Qashqadaryo viloyati. Qarshi shahridagi "Yoshlar markazi"da (soat 10:00)

📍Farg‘ona viloyati. Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da (soat 11:00) da bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi seminarlar 2022-yil 19-yanvar kuni

📍Andijon viloyati. Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 10:00)

📍Buxoro viloyati. Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 14:00).

2022-yil 20-yanvar kuni

📍Samarqand viloyati. Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da (soat 10:00)

📍Navoiy viloyati. Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da (soat 10:00)

📍Toshkent shahri. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (soat 11:00)

📍Namangan viloyati. Namangan shahar hokimiyatida (soat 10:00).

2022-yil 21-yanvar kuni

📍Xorazm viloyati. Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 11:00)

📍Toshkent viloyati. Chirchiq shahar madaniyat saroyida (soat 11:00) bo‘lib o‘tadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Seminar

📍 Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq qonunchiligiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminarlar o‘tkaziladi

2022-yil 28-noyabr

🕰soat 10:00 da
🏢Buxoro shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida

🕰soat 15:00 da
🏢Kogon shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida o'tkaziladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Seminar

Kogonda soliq qonunchiligiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

📍 Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan Kogon shahri va Kogon tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Soliq imtiyozlari va ulardan foydalanish tartibiga bag‘ishlangan mazkur seminarda hududdagi QQS to‘lovchilari, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Seminarda viloyat DSB mas’ullari yig‘ilganlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, undagi imtiyozlarning mazmun-mohiyati hamda soliq imtiyozlari va ulardan foydalanish tartibini ko‘rgazmali materiallar yordamida tushuntirib berdilar.

Shuningdek, seminarda “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalariga e’tibor qaratilib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ham belgilandi.

📌Uchrashuvda tadbirkorlik subyektlari vakillari soliq qonunchiligi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Seminar

Qorovulbozorlik tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi

📍Qorovulbozor tumanida davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi -ko‘makchi” tamoyili asosida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga zarur yordamlar ko‘rsatib kelmoqdalar.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan mazkur tumanda tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar ham hududdagi tadbirkorlar uchun samarali bo‘ldi. DSB mas’ullari, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i va tuman hokimining o‘rinbosari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu seminarda QQS to‘lovchilari, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari va ulardan foydalanish tartibi tushuntirib berildi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#seminar
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Soliq kodeksining 52 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi hamda yangi 2 ta modda bilan toʻldirildi.
#Seminar

📍Joriy yilning 2-mart kunidan boshlab Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan joylarda soliq qonunchiligiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday seminarlar Buxoro shahar, Kogon shahar va Kogon tumanlarida ham tashkil etildi. Unda mazkur hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Seminarda soliq boshqarmasining “Soliq solish bo‘yicha maslahat” bo‘limi mas’ul xodimlari O’zbekiston Respublikasi Soliq konsepsiyasi doirasida soliq qonunchiligi hujjatlariga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi “Budjetlararo munosabatlarni va soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini keng tushuntirib berdilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvlarda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soliq sohasining mutaxassislaridan malakali javoblar oldilar.

✔️Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘nalishdagi seminarlar barcha hududlarda tashkil etiladi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Seminar

Buxoroda tadbirkorlar uchun soliq qonunchiligidagi o‘zgartishlar yuzasidan ko‘rgazmali
seminar bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligidagi o‘zgartishlar yuzasidan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyatning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan 200 nafardan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari, soliq xizmati xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdilar.

Unda yildan-yilga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada qulay sharoit yaratish, soha subyektlariga soliq yengilliklari berish borasida tub islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

👉 BATAFSIL

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📌Buxoro viloyati soliq boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligidagi o‘zgartishlar yuzasidan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Seminar

Qorovulbozorlik tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali
seminar tashkil etildi

🔹Joriy yildan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, xususan, tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmali seminarlar davom etmoqda.

🔹Bugun ana shunday seminarlarning navbatdagisi viloyatimizning olis hududlaridan sanalgan Qorovulbozor tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda tuman hokimligi mas’ullari va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

🔹Ko‘rgazmali seminarda mutaxassislar yig‘ilganlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni slayd va videoroliklar hamda tarqatma materiallari orqali batafsil tushuntirib berdilar.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlar yuzasidan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Тelegram | Facebook | Instagram
#mahallabay
#seminar

Kogon tumanida "mahalla yettiligi" uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda


Bugungi o‘quv seminarida Kogon tumani soliq inspektorlari ham ishtirok etib, soliq inspektorining asosiy vazifalari va mexanzmlari yuzasidan zarur ma’lumot va tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Seminarda ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.

Ta’kilash lozim, ushbu o‘quvlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda kasbiy faoliyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

O‘quvlar yakunida ishtirokchilardan test sinovlari olinib, tinglovchilarning mavzular bo‘yicha o‘zlashtirganlik darajasi aniqlanadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram