Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar soliq bazasi bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan turli fikr va xulosalar bildirilmoqda.

👉 kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan izoh

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

Davlat soliq qo‘mitasi aholi murojaatlari asosida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim munosabatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

“Soliq” mobil ilovasi orqali yo‘llangan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishidan avval, har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqiladi.

Onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasiga avtomatik kelib tushadi, murojaatchining xabari bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari bilan solishtiriladi.

Bunda avtomatik rejimda ushbu obyektdagi nazorat-kassa texnikasidan chek chop etish davri, summasi, murojaatda ko‘rsatilgan tovar nomenklaturasi, yaʼni har bir detalga alohida eʼtibor qaratiladi.

Murojaatda keltirilgan huquqbuzarlik tasdiqlansa, ushbu huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda jarima belgilanadi. Jarima tadbirkorlik subyekti tomonidan 10 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi.

❗️Chek talab qilish faqatgina moddiy rag‘bat uchun, taqdim etish esa jarimadan xalos bo‘lish uchungina amalga oshirilmasligi lozim.

Bu jarayonlarda o‘z haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimizni to‘la anglab yetgan holda, ularni o‘z vaqtida ado etishni odatga emas madaniyatga aylantirishimiz lozim.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Do‘kon egalari sanitariya normalari, yong‘in xavfsizligi va savdo qoidalariga rioya qilishlari kerak

📌 Ijtimoiy tarmoqlardan birida G‘ijduvon tumanida davlat soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan hududdagi tadbirkorlar savdo do‘koni maydonidan tashqarida, piyodalar yo‘laklarida va belgilanmagan joylarda savdo qilmasliklari to‘g‘risida ogohlantirilib chiqilgani va ko‘cha savdosiga yo‘l qo‘ymayotgani yoritilgan.

🔗 Ushbu xabarni atroflicha o‘rgangan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#rasmiy_munosabat

Xarid cheklarini berish bilan bog‘liq tekshirishlar to‘g‘risida

Davlat soliq qo‘mitasi oxirgi vaqtlarda xarid cheklarini berish bilan bog‘liq o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshirishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda quyidagilarga tayanadi:
🔸tadbirkorlar uchun bir xil sharoitdagi muhitni yaratishga erishish;
🔸“yashirin iqtisodiyot”ga barham berish.

Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari va professional ekspertlarning tahlil va xulosalari respublikamizda yashirin iqtisodiyotning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bu ko‘rsatkich 70 foizgacha yetishi maʼlum qilingan.

Shu munosabat bilan xufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq maʼmurchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun “Soliq” mobil ilovasi amaliyotga kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga fuqarolarning faol ishtiroki kuzatilib, yil boshidan buyon 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda:

Onlayn kassa mashinalari orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilib, murojaatchining xabari asosliyligi bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Aynan shunday tahlillar natijasi bilan 30 mingga yaqin murojaat bo‘yicha tekshirish o‘tkazish rad etilgan.

Lekin, qolgan qismi tekshirilganda - afsuski 97 foizida haqiqatda chek urilmaganligi bo‘yicha murojaatchilarning xabari tasdig‘ini topdi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni eʼlon qiladi.

Joriy yil 1-iyundan boshlab:
Birinchidan,
“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Ikkinchidan, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

To‘rtinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlarini izchil davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Rasmiy_munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Qorako‘l tumani tadbirkorlari nomidan DSI faoliyati bilan bog‘liq tanqidiy xabar tarqaldi.

Ayni paytda ushbu axborotda ko‘rsatib o‘tilgan vajlar Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz.

O’rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#rasmiy_munosabat

Buxoro viloyati DSB tomonidan 71 ta tadbirkorlik subyektiga kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganligi munosabati bilan hujjatlarini taqdim etish yuzasidan talabnomalar elektron shaxsiy kabinetiga yuborilgan bo‘lsada, biroq ular tomonidan belgilangan muddatida soliq organi talab qilgan hujjatlarni taqdim etilmagani uchun O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 111-moddasiga asosan 2022-yil 21-25-noyabr kunlari ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 112-moddasiga asosan mazkur soliq to‘lovchilar tomonidan talab qilingan hujjatlar taqdim etilgan kuni bank hisobvaraqasidagi operatsiyalari tiklanadi.

Тelegram | Facebook
#rasmiy_munosabat

Viloyatda 2 mingdan ortiq  nogironligi bor  shaxslar  belgilangan tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanmoqda

Kusherbayevga murojaat
telegram kanalida "Soliqchilar endi biz nogironlarni imtiyoziga ko'z tikishmoqdami?" xabariga javoban quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati hamda taqdim etgan maʻlumotlari boʻyicha yer uchastkalarining maydoni soliq solish bazasi hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 420- va 435-moddalar

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun egaligidagi yer uchastkalari boʻyicha jismoniy shaxslarning yer soligʻidan toʻliq, mulkida boʻlgan mol-mulkning 60 kvadrat metr doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻidan ozod qilingan boʻlib, mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʻlumotnomasi asosida beriladi.
👉Soliq kodeksi 421- va 436- moddalar 

Mazkur imtiyozlar faqat yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda 2-qism 

Murojaatchining e’tiroziga sabab bo‘lgan holatdan kelib chiqib shuni aytish kerakki,  ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirdagina ushbu obyekt bo‘yicha imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Buxoro shahridagi savdo obyektidan xarid qilingan mahsulotlar uchun QR kodli chek berilmayotganligi to‘g‘risida xabar e'lon qilindi.

Ushbu holat viloyat soliq boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda örganilmoqda. Natijasi yuzasidan qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Shu örinda eslatib o'tamiz, Chek bermaslik, bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish, bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish holatlari bo‘yicha soliq organlariga Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldirishingiz mumkin.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Qorako‘l tumanidagi fuqaroning tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektida o‘tkazilgan soliq tekshiruvidan noroziligi haqida murojaati e`lon qilindi.

Ushbu tadbirkorlik subyektida soliq hamkor avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali xaridorga chek bermaslik holati yuzasidan fuqoro tomonidan yo‘llangan murojaatga asosan sayyor soliq tekshiruvi ótkazilgan.

Tekshirish davomida bir qator soliq qonunchiligi buzilishi aniqlanib, holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Peshku tumanidagi fuqaroning tuman soliq inspeksiyasi tomonidan unga mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorligini qayta ko‘rib chiqish va uni to‘lashni amalga oshirish choralarini ko‘rish uchun yuborilgan chaqiruv qog‘ozidan noroziligi haqida murojaati e’lon qilindi.

Viloyat soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganilishicha, Peshku tumani soliq inspeksiyasining ayrim xodimlari tomonidan haqiqatdan ham norasmiy chaqiruv qog‘ozi jo‘natilgan.

Ushbu holat yuzasidan ayni paytda o‘rganish tayinlangan. O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, soliq xizmati organlari tomonidan yuborilgan xabarnomalar tasdiqlangan, QR kodli bo‘ladi va uni barcha fuqarolar tekshirib ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklari haqida Soliq mobil ilovasi orqali ma`lumot olishlari hamda to‘lovni tez va oson amalga oshirishlari mumkin.

Muhimi, bu ishonchli manba va xizmat bepul. Ma’lumotnoma esa juda tezkor taqdim etiladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat soliq xizmati organlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida bo‘lgan holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi.

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
____________
#официальная_информация

Органы государственной налоговой службы считают недопустимой и резко осуждают ситуацию, сложившуюся в одной из школ Кашкадарьинской области.

По данному факту назначена служебная проверка.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda to'lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar yuzaga kelayotganligi  haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan quyidagilar ma'lum qilinadi.

Joriy yilning sentabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tgan va bu haqda Soliq qo'mitasini xabardor qilmagan.

Bank dasturchilari yangi tizimga o'zgartirishlar kiritayotgani sababli, ba'zi to'lov topshiriqnomalari bajarilmagan.

Masalan, shu oy boshidan Tenge bank 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va Kapitalbank 4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.
___________
#официальная_информация

В соцсетях появились сообщения о проблемах при отправке платежных поручений.

В связи с этим сообщаем следующее.

С сентября этого года некоторые коммерческие банки перешли на новые информационные системы и не уведомили об этом Налоговый комитет.

Из-за того, что разработчиками вносятся изменения в используемые банками системы, некоторые платежные поручения возвращаются без исполнения.

К примеру, с начала этого месяца 413 из 2 439 поручений в Tenge bank и 740 из 4 287 поручений в Kapitalbank вернули без исполнения.

Межрегиональная налоговая инспекция по крупным налогоплательщикам при Налоговом комитете направила банкам, не исполняющим свои обязательства в установленный срок, официальные предупреждения о незамедлительном устранении имеющихся недостатков и мерах ответственности, предусмотренных Налоговым кодексом.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads