Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.55K photos
1.6K videos
42 files
4.77K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilda xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

Xususiy bog'cha va maktablar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi.

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
__________
#новое_в_законодательстве

В этом году частные детсады и школы воспользовались льготами на сумму 113,5 млрд сумов

Продлен срок действия налоговых льгот для частных детских садов и школ.

До 1 января 2030 года:


🔹частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов, кроме социального налога;

🔹зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

👉№ ПП-403 от 22.11.2024 г.

Для информации. Льготы сначала были предоставлены до 1 января 2021 года, затем продлены до 1 января 2025 года.

За 9 месяцев текущего года 679 частных детских садов и школ воспользовались налоговыми льготами на сумму 113,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi ishlamagan* korxona hisobot topshirmagani uchun jarimaga tortilmaydi


Xususan, quyidagi mezonlar bo‘yicha korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash belgilanmoqda:

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilmaganligi (amalda ushbu mezon mavjud emas);

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilgan, lekin 6 oy mobaynida (amalda 9 oy):
▫️pul aylanmasi amalga oshirilmaganligi;
▫️EHF rasmiylashtirmaganligi, onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa hamda marketpleys to‘lov tizimidan foydalanilmaganligi;
▫️tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirilmaganligi.

Bunda korxonalar:
▪️soliq organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 1 yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkazilishi;
▪️1 yil davomida (amalda 3 yil) faoliyati tiklanmasa, ular davlat reyestridan avtomatik chiqarilishi belgilanmoqda.

*davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab faoliyat yuritmagan va egaligida mulki bo‘lmagan tadbirkor

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashda reyting ko‘rsatkichlari tadbirkorlik subyektlari soniga nisbatan emas tovar aylanmasini amalga oshirgan tadbirkorlarning ulushiga nisbatan belgilanadi.

“BBB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy etiladi.
Amalda “A” va undan yuqori toifadagilarga tatbiq etilardi.

👉PF-214-son, 10.12.2024-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-223-son, 20.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, mahalliy hokimliklar mas’uliyati va hisobdorligini oshirish hamda ularning tashabbuskorligi, islohot va o‘zgarishlarga “egalik qilish” rolini kuchaytirishga qaratilgan tizim joriy etiladi.

🗓 2025-yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy o‘sish, ishsizlik hamda kambag‘allik darajasini pasaytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyat va vakolatlar beriladi:

▪️2025-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlarni to‘liq hajmda hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foiz qismini tuman (shahar)lar byudjetlariga o‘tkazish;

▪️mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablag‘larning 90 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
2025-yil Davlat budjeti Qonuni.pdf
3.9 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi Qonun
__________
#новое_в_законодательстве

Закон "О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#foyda_soligi

Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar

Tovar (ish, xizmat)larning elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi - 10% etib belgilandi (oldin 7,5%).

Tovar (ish)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun 0% stavkadagi soliq bekor qilindi.

Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.

Stavka QTEM qurilmalari ishga tushirilgan oydan boshlab 3 yil davomida qo‘llaniladi. Quyosh panellari quvvatining kamida 25% miqdorida elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda – bu panellar ishga tushirilgan oydan boshlab 10 yil davomida qo‘llaniladi.

2027-yil 1-yanvargacha qo‘shimcha manbalardan daromad oladigan budjet tashkilotlari, bo‘shayotgan mablag‘larni budjet tashkilotlarining moddiy-texnik va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan foyda solig'ini 0% stavkada to‘lashadi.
Avval muddat 2024-yil 1-yanvargacha edi.

👉Soliq kodeksining 337-moddasi

Soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 10 mlrd so‘mdan oshgan (oldin 5 mlrd so‘m) bo‘lsa, soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday oshib ketish sodir bo‘lgan to‘liq chorak o‘tgandan keyin to‘laydi.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari

2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar olingan daromadlaridan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi (foiz ko'rinishidagi daromadlar bundan mustasno). Buning uchun ushbu faoliyat turidan olingan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadining kamida 90%ini tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (shu jumladan, royalti to'lanadigan) foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.

2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ini hisoblashda o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarining qurish bilan bog'liq xarajatlarni 2 yil davomida teng ulushlarda ushbu binolar qiymatining amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish haqli.
Bunda ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul qabul qilish bo'yicha litsenziya talablarini bajarishlari shart, aks holda bu amortizatsiya chegirmalari
Soliq kodeksining 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normarlarini qo'llash hisobidan bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksining 483-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha manzilli imtiyozlar

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi
QQS 12 % Foyda solig‘i 15 % ((bazaviy stavka).

2025-yil 1 yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i va xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 % etib belgilandi.

Imtiyozni qo‘llash uchun quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob berishlari shart:

👉 jami xodilar sonining kamida 15 %i Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari bo‘lishi;

👉 har oyda har bir hodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari (2 310 000 so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi;

👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 %ni tashkil etishi.

Maʼlumot uchun: Charm, mo‘yna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 01.01.2023 -01.01.2026 yilga qadar foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslar mol-mulk solig'idan ozod etilgan.
👉
Soliq kodeksining 483-moddasi

QQS zanjirini to‘laqonli taʼminlash, shuningdek bozorda teng sharoit va adolatli raqobat muhitini yaratish maqsadida

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq to‘lovchilar uchun QQSga o‘tishda qo‘shimcha yengillik yaratish maqsadida QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan mavjud maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakklantirib beriladi.

 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun


Faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirilib “Artemiya sistalarini yig‘ish va topshirish” faoliyati qo‘shildi.

👉PF-229-son, 27.12.2024 yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha manzilli imtiyozlar

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi
QQS 12 % Foyda solig‘i 15 % ((bazaviy stavka).

2025-yil 1 yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i va xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 % etib belgilandi.

Imtiyozni qo‘llash uchun quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob berishlari shart:

👉 jami xodilar sonining kamida 15 %i Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari bo‘lishi;

👉 har oyda har bir hodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari (2 310 000 so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi;

👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 %ni tashkil etishi.

Maʼlumot uchun: Charm, mo‘yna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 01.01.2023 -01.01.2026 yilga qadar foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslar mol-mulk solig'idan ozod etilgan.
👉
Soliq kodeksining 483-moddasi

QQS zanjirini to‘laqonli taʼminlash, shuningdek bozorda teng sharoit va adolatli raqobat muhitini yaratish maqsadida

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq to‘lovchilar uchun QQSga o‘tishda qo‘shimcha yengillik yaratish maqsadida QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan mavjud maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakklantirib beriladi.

 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun


Faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirilib “Artemiya sistalarini yig‘ish va topshirish” faoliyati qo‘shildi.

👉PF-229-son, 27.12.2024 yil.


Тelegram | Facebook|Instagram