Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.49K photos
1.59K videos
37 files
4.72K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#savol_javob

SAVOL Korxonadan boshqa bir korxonaga moliyaviy yordam berish qaysi qonun yoki Nizom va yoriqnomaga asosan amalga oshiriladi? Foizlar, berish, qaytarish muddatlari bo`yicha qandaydir cheklovlar bormi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?

✔️JAVOB: Fuqarolik Kodeksining 8-moddasida fuqarolik huquqlari belgilangan bo‘lib, uning 9-moddasida fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan fuqarolik huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etishlari belgilangan.
Shunga ko‘ra Siz moddiy yordam ko‘rsatishingiz mumkin.
Bunda Soliq Kodeksining 297-moddasi 3-qismi 19-bandiga binoan, qarz beruvchi tomonidan olinadigan foiz ko‘rinishidagi daromad jami daromad tarkibiga kiradi va belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Qarz oluvchi, agarda qarz beg‘araz bo‘lsa yoki Markaziy Bank qayta moliyashtirish stavkasidan kam bo‘lgan taqdirda daromad miqdori Markaziy Bank qayta moliyashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda aniqlanadi va belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
#savol_javob

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga nimalar kiradi?


Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:

🔹Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;

🔹Mulkiy daromadlar;

🔹Moddiy naf tarzidagi daromadlar;

🔹Boshqa daromadlar.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

Soliq hisobotlari qancha muddat saqlanishi kerak?


Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 84-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotlarini taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.
Ayrim hollarda boshqa muddatlar belgilangan bo‘lishi mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

Men nooziq-ovqat maxsulotlari savdosi bilan shug‘ullanmoqchiman. Ushbu faoliyatim uchun qancha soliq to'layman?


Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagingiz bo‘lsa, avvalo yuridik shaxs sifatida yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishingiz shart.

Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlikning nooziq-ovqat maxsulotlarini chakana sotish faoliyatini amalga oshirilishi bo‘yicha ro‘xatdan o‘tsangiz, har oyda ijtimoiy soliq uchun bazaviy hisoblash miqdorning bir barovarida, qat’iy belgilangan soliq esa 660,0 ming so‘m (tumanlarda 220,0 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi nazarda tutilgan.

Kalendar yilida tovar aylanmangiz 100,0 mln. so‘mdan oshgan taqdirda oshgan qismidan 4 % miqdorida aylanmadan olinadigan soliq to‘lash rejimi asosida faoliyatingiz davom ettiriladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi

Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?

Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.

Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

Savol: Tovar qarz shartnomasiga asosan qarzga tovar olindi, ammo ayrim sabablarga ko‘ra korxona ushbu qarzni yopish uchun tovar bilan qaytara olmasa, uning evaziga pul shaklida qaytarish mumkinmi va mumkin bo‘lsa qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?

✔️
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 732-moddasiga ko‘ra qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi taraf (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini olishi belgilangan. Shunga ko‘ra, tovar qarzga olingan taqdirda, aynan shu xildagi tovar shaklida qaytarilishi shart.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

SAVOL: YATT (yakka tartibdagi tadbirkor) qaysi paytdan e’tiboran aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan summasini to‘lashga o‘tishi mumkin va qancha to‘laydi?

B.Sobirov,
Kogon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor.


✔️JAVOB: Soliq kodeksining 467-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, 2024-yildan jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 mln so‘mni, mazkur chegaradan yuqori daromadga ega bo‘lganlar uchun esa 34 mln so‘mni tashkil etadi.

Qat’iy belgilangan soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmasdan to‘lanadi. Ushbu rejimga o‘tish uchun kelgusi oy boshlanishidan kamida 10 kun oldin soliq organlariga xabarnoma yuborish zarur.
Soliq davrida belgilangan stavka bo‘yicha soliq to‘lashga o‘tishda soliq miqdori summani 12 ga bo‘lish va natijani joriy soliq davri oxirigacha qolgan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

SAVOL: Hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish bo’yicha belgilangan muddatning oxirgi kuni dam olish kuniga to’g‘ri kelganda uni qanday rasmiylashtirish mumkin?

JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14- avgustdagi “Qo’shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 489-sonli qarorga asosan, elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish va qabul qilish bo’yicha belgilangan muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo’lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to’g‘ri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni bo’lmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom bo’lish kuni deb hisoblanadi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: Korxonamizda 10 dan ortiq 25 yoshdan oshmagan ishchilar mehnat qiladi. Eshitishimcha, ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi qoplab berilar ekan. Shu to‘g‘rimi, agar shunday bo‘lsa, biz ham ushbu imtiyozdan foydalanib bilamizmi?
S.Turobov.
Kogon tumani.


✔️Javob: Haqiqatdan ham amaldagi qonunchilikka muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni bir foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladi.

Bunda 25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: Men zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shug‘ullanaman. Ko‘pincha, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalishda ushbu tarmoq vakillariga soliq imtiyozlari bormi?

A.Norov,
Buxoro shahri.


✔️Javob: Joriy yilda soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1- yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM