Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.46K photos
1.59K videos
34 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Bilasizmi?

🔸Savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni istisno etgan holda

yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan har yilgi ijtimoiy soliq summasining miqdori yiliga
bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan bir baravarigacha miqdorga kamaytirildi.

🔸Shuningdek shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida faoliyatning ayrim turlari bilan band bo‘lgan fuqarolar tomonidan tomorqa yer uchastkasi maydonidan hamda ular parvarish qilayotgan uy hayvonlari va parrandalar sonidan qat’i nazar, ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lashlari mumkin.

✔️Eslatma:

Ushbu tartibda ish staji hisobga olinishi uchun fuqaro ijtimoiy soliqni to‘lashi lozim.

👉O`RQ-847 16.06.2023

Тelegram | Facebook|Instagram
#BILASIZMI?

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLAR;

shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▫️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar),
▫️issiqxona xo‘jaligi,
▫️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▫️quyonchilik,
▫️asalarichilik,
▫️baliqchilik,
▫️bog‘dorchilik,
▫️limonchilik,
▫️gulchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari bo‘lgan fuqarolar tomonidan (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar);

🔶dehqon xo‘jaligining a’zolari (bundan dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar;

🔶mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

🔶O’zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

🔶ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar tomonidan ixtiyoriy tartibda soliq to‘lanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#bilasizmi #QQS

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni boʻlib toʻlash huquqi berilgan

2023-yil hosilidan
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) uchun QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

2026-yil 1-aprelga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🔹paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;

🔹paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun EHFda koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.

👉 VMQ-379-son, 14.08.2023-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#BILASIZMI

O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNING IMKONIYATLARI

🔹Ro‘yxatadan o‘tgan shaxslarning mehnat faoliyati qonuniylashtiriladi;

🔹Tijorat banklarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

🔹Mehnat stajining hisobi yuritiladi;

🔹 Soliq to‘lamaydi;

🔹Shartnoma asosida tashkilotlar (yuridik shaxslar)ga bir martalik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘langan haq hisobidan soliq to‘lanmaydi;

🔹Oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas;

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq hisobotlari topshirmaydi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#bilasizmi #deklaratsiya

Ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#BILASIZMI?

“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI AMALDA


▫️Dasturda tadbirkorlar “hamkorlik shartnomalari” (3 yilgacha muddatga tuziladi) asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.

▫️“Hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlarga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

▫️Dasturda kamida 2 yil faoliyat ko`rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo`lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

▫️Dasturga kiritilgan tadbirkorlarning loyihalarini amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

Dastur doirasida tadbirkorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar:

🔹 tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:

🔹 tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo`lmagan ish haqi to`lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;

🔹 fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo`lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo`yicha to`langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo`llaniladi.

SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARI:

🔹barcha soliqlar (QQS va soliq agentlari sifatida to`lanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona to`lovlarini ta’minotsiz va foizsiz 1 yilgacha bo`lib-bo`lib to`lash huquqi beriladi;

🔹davlat mulki bo`lgan ko`chmas mulk ob’ektlari va yerga bo`lgan huquqlar auksion orqali sotib olinganda, to`lovlarni 5 yilgacha bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati beriladi;

🔹bojxona nazoratini amalga oshirishda “yashil yo`lak” qoidalari amal qiladi;

🔹barcha turdagi soliq tekshiruvlari o`tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

👉ASOS: PF–93-son, 12.06.2023 y.

Тelegram | Facebook|Instagram
#bilasizmi #markirovka

Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227-1–moddasiga asosan, Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini noqonuniy amalga oshirish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 186-1–moddasi hamda Jinoyat kodeksining 186-1–moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
___
#знаете_ли_вы #маркировка

Нарушение правил маркировки согласно ст.227-1 Налогового кодекса, незаконный оборот алкогольной и табачной продукции согласно ст.186-1 Кодекса об административной ответственности и ст.186-1 Уголовного кодекса влечет за собой ответственность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#bilasizmi

Eksportchi korxonalarga qanday soliq imtiyozlari berilgan?

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram | Facebook|Instagram