#Savol_javob
❓Savol: - Meni soliqdan qarzim bor edi, buni tan olaman. – Lekin yaqinda soliq qarzim va undan tashqari menga penya hisoblangani haqida ham xabar keldi shu to‘g‘rimi?
✔️Javob: - Soliq kodesining 55-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.
Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
🔹soliqlar summasi;
🔹hisoblangan penyalar;
🔹jarimalar.
👉Soliq kodesining 55-moddasi
Тelegram | Facebook|Instagram

#savol_javob
▪️Savol: Tashkilotimizda ishlaydigan xodimlar uchun rag'batlantirish fondidan ajratilgan mablag'lardan ijtimoiy soliq ushlanadimi?
▫️ Javob: Soliq kodeksining 403-moddasiga aososan, ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish obyektidir.
▫️Shuningdek, Soliq kodeksining 371- va 372-moddalariga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga kiradi.
▫️Shunga ko‘ra, sizning holatingizda xodimlarni rag‘batlantirish uchun to‘lovlardan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq ushlanishi kerak.

❓SAVOL: - Tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi mumkinmi?
✔️JAVOB: - Yo'q, tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi qat'iyan taqiqlanadi. Bu qonunbuzarlik hisoblanadi.
Buning uchun javobgarlik bor:
Mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda
Qo'shimcha choralar:
▫️Faoliyatni to'xtatish
▫️Litsenziyani bekor qilish
▫️Soliq tekshiruvi
To'g'ri yo'l:👇
🔹O'z nomiga terminal olish
🔹Rasmiy ro'yxatdan o'tkazish
🔹Soliq organida qayd etish
Terminal olish uchun:
➖Bankka murojaat qilish
➖Zarur hujjatlarni taqdim etish
➖Shartnoma tuzish

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#savol_javob
❓Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi
Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism
Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.
Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

❓Savol: Men Olot tumanida sun’iy havzada baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanaman. Xo‘jaligimda suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan foydalanaman. 2025-yilda suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatganlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun qanday imtiyozlar yoki yengilliklar bor?
B.Bahromov.
✔️Javob
🔹Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun kamaytiruvchi koyeffisiyentlar belgilangan.
Jumladan:
➖suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,5 kamaytiruvchi koyeffisiyent;
➖suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug‘orish uchun suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koyeffisiyent;
➖baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koyeffisiyent;
➖suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda - 1,1 oshiruvchi koyeffisiyent.
Avval yagona 0,7 kamaytiruvchi koyeffisiyent qo‘llanilgan.
Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube

❓Savol: - 2025-yildan umumiy ovqatlanish korxonamiz QQS to‘lashga o‘tdi. Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarga muvofiq QQSni qaytarib olish va soliqlarni to‘lashda qanday o‘zgarishlar bor?
S.Nabiyev,
Jondor tumani.
✔️Javob: - Umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi keshbek sifatida qaytariladi.
Oylik aylanmasini naqd pulsiz amalga oshirganlarga:
60% va undan yuqori bo‘lsa QQSning 40% hamda
60% dan kam bo‘lganda bo‘lsa QQSning 20% qaytarib beriladi.
Shartlar:
🔄 Hisobot davrida hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘lanishi kerak.
📈Asosiy daromad (90% va undan yuqori) umumiy ovqatlanish xizmatlaridan bo'lishi kerak.
Bu MXIK bo'yicha EHF, onlayn-NKT va marketpleys cheklari asosida avtomatik tekshiriladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig'i stavkasi 2 barobarga kamaytirildi.
Avval bu stavka 15% edi, endi - 7,5%.
👉 PF-132-son 30.08.2024-y

#mol_mulk_soligi #savol_javob
Yetim qolganim sababli menga Davlat hisobidan kvartira berildi. Lekin ushbu kvartira uchun soliq qarzi chiqyapti. Men kvartiram uchun soliq to‘lashim kerakmi?
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulki mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.
👉Soliq kodeksi 421-modda
Mazkur imtiyoz bunday bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi va mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun siz ushbu turar-joy joylashgan joydagi soliq organlariga imtiyozga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etishingiz lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, agar siz 23 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, u holda ushbu kvartira uchun mol-mulk solig‘idan ozod qilinasiz. Soliq organlariga imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.
__________
#налог_на_имущество #вопрос_ответ
Мне выдали квартиру за счёт государства, так как я являюсь сиротой, но показывает, что у меня задолженность. Нужно ли мне платить налоги за квартиру?
Имущество, находящееся в собственности детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей, освобождается от налога на имущество.
👉ст.421 НК
Данная льгота предоставляется на жилые помещения, выделяемые государством для таких детей, до достижения ими 23-летнего возраста и распространяется только на один объект недвижимого имущества жилого назначения по выбору собственника.
Чтобы воспользоваться льготой, Вам нужно самостоятельно представить в налоговые органы по месту расположения этого жилого объекта документы, подтверждающие право на получение льготы.
Исходя из вышеизложенного, если вы ещё не достигли 23 лет, то вы освобождаетесь от уплаты налога на эту квартиру и можете воспользоваться льготой, самостоятельно представив в налоговые органы документы, подтверждающие право на получение льготы.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

#soliq_hamkor
Savol: - Men "Soliq hamkor" tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarlik haqida xabar bergandim, lekin negadir rad etildi. - O'zi qaysi holatlarda "Soliq hamkor" tizimi orqali kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabarlar rad etiladi?
E.Davronov,
Buxoro shahri.
Javob:👇
✅Bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt bo'yicha bir nechta jismoniy shaxslardan xabarlar yuborilsa, ulardan birinchisi bo'yicha soliq tekshiruvi o'tkazilib, qolganlari ko‘rib chiqilmaydi;
✅agar huquqbuzarlik faktlari tasdiqlanmasa;
✅agar xabarni yuborishda jismoniy shaxs huquqbuzarlikni tasdiqlovchi ma'lumotlarni kiritmasa.
👉VMQ-255-son 12.05.2022-yil
Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_hamkor
Savol: - Men "Soliq hamkor" tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarlik haqida xabar bergandim, lekin negadir rad etildi. - O'zi qaysi holatlarda "Soliq hamkor" tizimi orqali kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabarlar rad etiladi?
E.Davronov,
Buxoro shahri.
Javob:👇
✅Bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt bo'yicha bir nechta jismoniy shaxslardan xabarlar yuborilsa, ulardan birinchisi bo'yicha soliq tekshiruvi o'tkazilib, qolganlari ko‘rib chiqilmaydi;
✅agar huquqbuzarlik faktlari tasdiqlanmasa;
✅agar xabarni yuborishda jismoniy shaxs huquqbuzarlikni tasdiqlovchi ma'lumotlarni kiritmasa.
👉VMQ-255-son 12.05.2022-yil
Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#savol_javob
❓Qanday toifadagi yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer hisoblanadi
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi.
👉Yer kodeksi 8-modda
❓Korxonaning qishloq xo‘jaligi yerlari noqishloq toifadagi (53-kod) yerlar uchun taqdim etiladigan yer solig‘i hisobotida shakllanib qolganda nima qilish kerak
Agar korxonaning barcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi toifasida bo‘lsa, noqishloq (53-kod) toifadagi soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi. Agar bir vaqtning o‘zida korxonaning qishloq va noqishloq toifadagi yer uchastkalari mavjud bo‘lsa, bunday holatda soliq organlarining my3.soliq.uz portali orqali “Alohida soliq stavkalari qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari” interaktiv xizmatining “Qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun” bo‘limi orqali soliq organlarini xabardor etish lozim.
Yuborilgan murojaatlar hududiy soliq boshqarmalarining ma’sul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
❗️Murojaatga yer ajratish to‘g‘risidagi qaror va kadastr organlarining qishloq xo‘jaligi yer uchastkasi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotini ilova qilish lozim.

❓Korxonaning qishloq xo‘jaligi yerlari mavjud bo‘lib, soliq hisobotlarida avtomat shakllanmagan holatda nima qilish kerak
Agar korxonaning qishloq xo‘jaligi yerlari soliq hisobotida avtomat shakllanmagan bo‘lsa, yer uchastkalarining normativ qiymatlarini baholatish uchun “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga murojaat qilinadi.
Shuningdek, soliq hisobotining 020-satrida soliq to‘lovchi tomonidan ma’lumotlarni mustaqil kiritish imkoniyati yaratilgan.
Bunda yer uchastkasining normativ qiymatiga qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining tuman (shahar) bo‘yicha aniqlangan o‘rtacha normativ qiymat qo‘yiladi.
❓Soliq kodeksining 429-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga asosan, qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda foydalaniladigan binolar va inshootlar joylashgan yerlar soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsiyent qanday qo‘llaniladi
Mazkur toifadagi yer uchastkalariga 0.2 kamaytiruvchi koeffitsiyantlar soliq hisobotida avtomatlashtirilgan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda yer uchastkalari Kadastr agentligining “Uzkad” tizimida ro‘yxatga olingan bo‘lishi, asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi va yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari ham qishloq xo’jaligi bo’lishi kerak.
Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD tizimi) ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan.
👉PF-198-son, 24.08.2022-yil.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30- sentabrdagi 614-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan.
❓Korxonaning soliq imtiyozi qabul qilingan, lekin soliq hisobotida aks etmagan. Bunday vaziyatda nima qilish kerak
Korxonaning soliq imtiyozini hisobotda aks ettirish uchun hisobotning 9-ustunidagi ko‘k rangdagi kerakli ustunlarni mustaqil to‘ldirish zarur bo‘ladi.