Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.77K photos
1.93K videos
51 files
5.78K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Ayni_paytda
#4_sektor
#Dolzarb_30_kunlik

📌 Avval xabar berilganidek, joriy yilning 27-iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda g‘o‘zani parvarishlash va hosildorlikni ta’minlash ishlarini barcha hududlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha «Dolzarb 30 kunlik» e’lon qilingan edi.

🔻Ayni paytda barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham ham shtab tashkil etilib, ishchi guruh a’zolari tomonidan tumanlardagi paxta maydonlarida g‘o‘za parvarishiga doir belgilangan agrotexnik tadbirlar kunlik monitoring qilib borilmoqda.

📍Bugun Buxoro viloyati 4-sektor rahbari M.Mamatxanov g‘o‘za parvarishi hamda ko‘sak hosili jamlashda asosiy davr bo‘lgan «Dolzarb 30 kunlik»da amalga oshirilayotgan agrotexnik chora-tadbirlari natijasini o‘rganish maqsadida viloyatning chekka hududlaridan biri Qorovulbozor tumaniga bordi.

Xususan, “Ark eko tekstil klaster” paxta maydonlarida hosilga-hosil qo‘shish uchun g‘o‘za ekinlarini tunda, «sharbat usuli»da sug‘orish hamda g‘o‘za ildiziga quyosh harorati bilan madad berish maqsadida g‘o‘za qator oralarini kultivatsiyadan chiqarish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, 4-sektor rahbari hududdagi “Rahim bobo”, “Ahtam davron” va “Vahob Temir” fermer xo‘jaliklari mas’ullari bilan uchrashib, g‘o‘za parvarishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etilish yuzasidan klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasi davom etadi. Loyihaning bugungi mehmoni shofirkonlik Ahmad Mansurov.

🔻18 yoshli qahramonimiz yog‘och o‘ymakorligi hunarini egallagan.
U bir oyda 6 million so'mgacha daromad topmoqda. Oldiga qo‘yilgan maqsadlari ko‘p.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#самозанятость

5 фактов о самозанятых

1. Самозанятые лица не платят налоги.

2. Для исчисления трудового стажа в добровольном порядке могут уплачивать социальный налог в размере не менее 1 БРВ в год - ч.2 ст.408 НК

3. Могут осуществлять около 70 видов деятельности (перечень - здесь).

4. Не могут привлекать наемных работников и иметь работодателя - № ПП-4742 от 08.06.2020 г.

5. Регистрируются в налоговых органах удаленно с помощью мобильного приложения Soliq (Android/iOS).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasi davom etadi. Loyihaning bu galgi mehmoni qorovulbozorlik Rustam Raximjonov.

🔻 Joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga qaratilgan tashabbuslar aholining turmush sharoitidan rozi bo‘lib yashashida ahamiyatli bo‘lmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
#QQS

QQS qoplash nima?

Soliq to‘lovchi QQSni qaytarishga haqli agar, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasida salbiy farq bo‘lsa.
👉Soliq kodeksi 272-modda

Qoplash summasi boshqa turdagi soliqlar bo'yicha qarzlar so'ndirilgandan keyin kelgusidagi soliq to'lovlari uchun hisobga olinishi yoki soliq to‘vchining hisob raqamiga qaytarilishi mumkin.

QQSni qaytarish uchun qanday murojaat qilinadi?

Soliq to'lovchi qoplanadigan soliq summasini qaytarish uchun taqdim etiladigan soliq hisoboti orqali soliq organini xabardor qiladi.

Soliq organi soliq summasini to'liq yoki qisman qaytarish to'g'risida qarorni qanday qabul qiladi?

O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko'ra.

QQS qancha muddatda qaytariladi?

Ko‘rsatilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga QQS bo‘yicha hisobot taqdim etish davomida soliq summasini qaytarish to‘g‘risida soliq organi xabardor qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kechiktirmay qaytariladi.

QQS tezlashtirilgan tartibda qanday qaytariladi?

Tezlashtirilgan tartibda soliq summasi 7 kun ichida to'liq qaytariladi. Bunda, qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi ellik kungacha bo‘lgan muddatda o'tkazilishi mumkin.
Agar soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra arizada ko‘rsatilgan soliq summasi asossiz deb topilsa, soliq to‘lovchi asossiz ravishda qoplangan soliq summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblagan holda Davlat budjetiga to‘lashi shart.
👉VMQ 489-son 14.08.2020-yil

Kimlar soliq summasini tezlashtirilgan tartibda qaytarishga haqli?

▫️O‘zbekiston Respublikasining yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslari;
▫️soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini tuzgan soliq to‘lovchilar;
▫️eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa, nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;
▫️ chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga;
▫️ mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
▫️soliq monitoringi obyekti bo'lgan yuridik shaxslar;
▫️soliq monitoringi ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar.
👉Soliq kodeksi 274-modda

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#НДС

Что такое возмещение НДС?

Налогоплательщик имеет право возместить НДС, если разница между суммой налога, рассчитанной исходя из налоговой базы по операциям, относящимся к реализации товаров (услуг), и суммой налога, принимаемой в зачет по приобретенным товарам (услугам), отрицательна.
👉ст.272 НК

Сумма возмещения после погашения задолженности по другим видам налогов может засчитываться в счет предстоящих платежей по налогу либо возвращаться на расчетный счет.

Как подать обращение на возмещение НДС путем возврата?

Налогоплательщик уведомляет налоговый орган при представлении налоговой отчетности на возврат подлежащей возмещению суммы налога.

Как налоговый орган принимает решение о полном или частичном возмещении суммы налога?

По результатам проведенной камеральной налоговой проверки.

В какой срок возмещается НДС?

Указанная сумма налога возвращается налогоплательщику не позднее 60 дней с даты уведомления налоговых органов о возврате суммы налога при представлении налоговой отчетности по НДС.

Как осуществляется возмещение НДС в ускоренном порядке?

При ускоренном порядке сумма налога возмещается в полном объеме в течение 7 дней. При этом камеральная налоговая проверка обоснованности суммы налога, указанной к возмещению в налоговой отчетности, должна быть завершена в срок до 50 дней. Если по ее результатам сумма, указанная к возмещению окажется необоснованной, налогоплательщик обязан уплатить в бюджет необоснованно возмещенную ему сумму налога с начислением пени с даты возмещения до даты уплаты в бюджет.
👉ПКМ от 14.08.2020 г. №489

Кто имеет право на ускоренный порядок возмещения всей суммы налога?

▫️юридические лица РУз, отнесенные к категории крупных налогоплательщиков;
▫️налогоплательщики, представившие вместе с налоговой отчетностью действующую банковскую гарантию или оформившие договор залога с налоговыми органами;
▫️лица, осуществляющие экспорт и приравненные к ним операции, — в части суммы, образовавшейся в результате применения нулевой ставки, если ранее этим лицам возмещалась сумма налога и при этом не были выявлены нарушения;
▫️иностранные дипломатические и приравненные к ним представительства;
▫️участники соглашения о разделе продукции, если таким соглашением предусмотрено применение нулевой ставки;
▫️юридические лица, у которых проводится налоговый мониторинг.
👉ст.274 НК

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tabrik #12avgust

Sharafli faoliyatingiz doimo qadrlidir, aziz hamkasblar!

12-avgust sanasi davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun muhim kun hisoblanadi. Bu kunni barcha xodimlar va soha faxriylari o‘zgacha kayfiyatda kutib olishini bilaman.

Har bir davlatda soliq tizimi alohida o‘ringa ega, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham.

12 902 nafar davlat soliq xizmati organlari xodimlari bir oila va katta kuch bo‘lib davlat va jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy soha rivoji hamda aholi turmush darajasini oshirishga, har bir oilani rozi qilishga xizmat qilmoqda.

Hurmatli hamkasblar, mening oilam, erishayotgan yutuqlarimizda har biringizning hissangiz alohida. Mashaqqatli va sharafli mehnatlaringiz biz uchun doimo qadrlidir.

Barchangizning mehnat faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman!

Birgalikdagi mehnatimiz, davlatimiz, jamiyatimiz va Vatanimiz rivojiga doimo xizmat qilsin.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
———————————————
#поздравление #12августа

Ваш почетный труд неоценим, уважаемые коллеги!

Для сотрудников органов государственной налоговой службы 12 августа – значимая дата. Знаю, что все, кто сейчас трудится в системе, и ветераны отрасли встречают этот день с особенным настроением.

В каждом государстве налоговая система занимает особое место, в том числе и в Республике Узбекистан.

12 902 сотрудника органов государственной налоговой службы – это одна сплоченная семья и крепкая сила, призванная служить обеспечению развития государства и общества, укреплению социальной сферы и улучшению благосостояния населения.

Уважаемые коллеги, моя дружная профессиональная семья, каждый из вас вносит особый вклад в наши достижения. Ваш непростой и почетный труд очень ценен для нас.

Желаю всем Вам удачи и успехов в работе и в личной жизни, счастья и благополучия в семьях!

Пусть наш совместный труд всегда служит развитию нашего общества и Родины.

Шерзод Кудбиев,
Председатель Государственного налогового комитета
#tabrik #12avgust

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin
aziz hamkasblar!

Ma’lumki, 1991 yilning 12 avgust kuni mamlakatimizda milliy soliq siyosatini shakllantirish maqsadida, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bosh moliya-soliq boshqarmasi negizida Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan edi. 1994 yilda esa O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tashkil topgan.
Shu boisdan ham 12 avgust sanasi davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun muhim kun hisoblanadi.

Bugungi bayram bilan Davlatimizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, aholi turmushini yaxshilash hamda xalqni rozi qilishdek sharafli mas’uliyatni zimmasiga olgan barcha hamkasblarimni, jumladan Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlarida mehnat qilib kelayotgan 800 nafardan ortiq barcha xodimlarni tabriklayman.

Hurmatli hamkasblar, soha fidoyilari!

Sizning Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni hayotga tadbiq etish orqali, yurtimizda aholining farovon yashashi, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlari va xalqning og‘irini yengil qilishdek ko‘p qirrali mehnatingizni munosib qadrlaymiz.

Ana shunday mashaqqatli va sharafli xizmatdan aslo charchamang aziz hamkasblar!
Barchangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Maqsud MAMATXANOV,
Buxoro viloyati DSB boshlig‘i.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-avgust

-
hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 августа 2022 года крайний срок

-представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4 и 5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bu galgi mehmoni shofirkonlik Nurjavohir To‘ymurodov.

🔻 Qahramonimiz yosh bo‘lishiga qaramay tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Bu ishga unga otasi ko‘makchi bo‘lmoqda.
Buyurtmaga asosan bolalar uchun turli ko‘rinishdagi arg‘imchoqlarni ishlab chiqarmoqda.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Zo‘r TV “Bu kun” dasturida:

Shofirkonlik 18 yoshli Ahmad Mansurov yog‘och o‘ymakorligi hunarini egallagan.

Ahmad Mansurovga 4-sektor ko‘magi bilan ustaxonasi uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskunalar olib berildi. U bir oyda 6 million so'mgacha daromad topmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
#aylanma
#tadbirkorlik_subyektlari

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshdi

2022-yilning birinchi yarmida 336 408 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra 650,4 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 198,6 trln so‘mi soliqqa tortilmaydigan imtiyozli aylanmalar.

Faoliyat turlari kesimida umumiy aylanma hajmining 43,7% sanoat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 40 656 tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilgan. Ularning birinchi yarim yillikda tovar aylanmasi 284,5 trln so‘mga yetdi.

Jami tovar aylanmasining chorak qismidan koʻprog‘i – 168,3 trln soʻm (25,9%) — savdo sohasida faoliyat yurituvchi 132 603 ta subyekt tomonidan amalga oshirilgan.

Tovar aylanmasining qolgan qismi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlandi:
🏗qurilish - 50 trln so‘m (7,7%);
🚚 tashish va saqlash – 30,4 trln so‘m (4,7%);
👨🏼‍🌾 qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 21,7 trln so‘m (3,3%);
💻axborot va aloqa – 11 trln so‘m (1,7%);
🛏 yashash va ovqatlanish xizmatlari – 5,4 trillion so‘m (0,8%);
👩🏻‍⚕️sog‘liqni saqlash
– 2,5 trln so‘m (0,4%);
📑boshqa tarmoqlar – 76,6 trln so‘m (11,8%).
__________
#оборот
#субъекты_предпринимательства

Оборот субъектов предпринимательства превысил 650 трлн сумов

В первом полугодии 2022 года реализация товаров и услуг 336 408 субъектов предпринимательства в соответствии с представленной ими налоговой отчетностью составила 650,4 трлн сумов, из них 198,6 трлн сумов - льготный оборот, не облагаемый налогами.

В разрезе видов деятельности 43,7% от общего объема реализации приходится на промышленную сферу. В ней задействовано 40 656 субъектов предпринимательства, оборот которых в первой половине года достиг 284,5 трлн сумов.

Чуть более четверти общего оборота занимает доля сферы торговли – 168,3 трлн сумов (25,9%) от продажи товаров 132 603 субъектами предпринимательства.

Остальная треть оборота распределилась между следующими сферами:
🏗строительство – 50 трлн сумов (7,7%);
🚚перевозка и складирование – 30,4 трлн сумов (4,7%);
👨🏼‍🌾дехканские, лесные и рыбные хозяйства – 21,7 трлн сумов (3,3%);
💻информатизация и связь – 11 трлн сумов (1,7%);
🛏услуги проживания и питания – 5,4 трлн сумов (0,8%);
👩🏻‍⚕️здравоохранение – 2,5 трлн сумов (0,4%);
📑другие отрасли – 76,6 трлн сумов (11,8%).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram