Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.78K photos
1.93K videos
52 files
5.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#chempion_bilan_uchrashuv

Hamkasbimiz xursandchiligi – jamoamiz xursandchiligi!

Xabaringiz bor, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, olimpiada chempioni degan sharafli nomga erishdi.

Chempionlardan biri
Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi Murodbek Iskandarovning o‘g‘li – xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham o‘zining mag‘lubiyatsiz yurishlari bilan mazkur tarixiy g‘alabaga hissa qo‘shdi. Shuningdek, uning yana bir farzandi Nilufar Yoqubboyeva ham mazkur olimpiadada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida munosib o‘yin ko‘rsatdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev bugun hamkasbimiz oila a'zolari bilan uchrashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi olamshumul g‘alaba bilan Nodirbek hamda uning ota-onasini tabriklab, barcha soliqchilar Murodbek Iskandarovdan o‘rnak olishi lozimligini, farzandlar iste’dodini aniqlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirish mana shunday natija berishini ta’kidladi. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan Murodbek Iskandarovning unvoni bir pog‘ona ko‘tarildi.

Uchrashuvda xodimlar chempion bilan aql mashqida bahslashish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Yakunda Sherzod Kudbiyev yurtimiz faxru iftixoriga aylangan Nodirbek Yoqubboyev va uning ota-onasiga, xususan, Hazorasp tumani DSI xodimi Murodbek Iskandarovga samimiy minnatdorlik bildirib, “Xumson” sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

DSQ Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika #aylanma

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 127,8 %ga o‘sdi

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

💹187,4 ming subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 127,8 %.

📊Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

👉 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 282 858 subyekt;
👉 1 mlrdgacha 20 688 subyekt;
👉 10 mlrdgacha26 878 subyekt;
👉 100 mlrdgacha — 5 253 subyekt;
👉 1 trlngacha667 subyekt;
👉 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 64 subyekt.

👩🏻‍💼 4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.
🏢 26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Тelegram | Facebook | Youtube
#aylanma

Buxoroda tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 123,8 %ga o‘sdi

📌 Jumladan;

🔗 12,4 ming
subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 123,8 %.

📊 Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

🔻 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 18 549 subyekt;
🔻 1 mlrdgacha — 1 184 subyekt;
🔻 10 mlrdgacha — 1 545 subyekt;
🔻 100 mlrdgacha — 213 subyekt;
🔻 1 trlngacha — 15 subyekt;
🔻 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 1 subyekt.

💼 2 463 ta yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.

🏢 1,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#infografika #aylanma

2022-yil birinchi yarimida tovar va xizmatlar aylanmasini amalga oshirgan 336 408 ta tadbirkorlik subyekti:

🔸112 990 tasi – umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari;
🔹227 688 tasi – aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari.

Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlari aylanmasining avvalgi yilga nisbatan ijobiy o‘sishi qayd etilgan.

Tovar aylanmasi o‘sishining eng yuqori ko‘rsatkichlari:
▫️Andijon viloyati - 51,8%;
▫️Toshkent shahri - 47,4%;
▫️Toshkent viloyati - 45,8%;
▫️Jizzax viloyati - 42,6%;
▫️Farg‘ona viloyati - 38,1%.

Tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha yetakchilar:
Toshkent shahri – 121 trln so‘m;
Toshkent viloyati – 32,1 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati – 23,9 trln so‘m.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#инфографика #оборот

Среди 336 408 субъектов предпринимательства, осуществлявших реализацию товаров и услуг в I полугодии 2022 года:

🔸112 990 плательщиков общеустановленных налогов;
🔹227 688 плательщиков налога с оборота.

Положительные темпы роста оборота субъектов предпринимательства в сравнении с аналогичным периодом прошлого года зафиксированы во всех регионах республики.

Самые высокие показатели прироста оборота продемонстрировали:
▫️Андижанская область - 51,8%;
▫️г.Ташкент - 47,4%;
▫️Ташкентская область - 45,8%;
▫️Джиззакская область - 42,6%;
▫️Ферганская область - 38,1%.

По объему оборота лидируют г.Ташкент – 121 трлн сумов, Ташкентская область – 32,1 трлн сумов и Ферганская область – 23,9 трлн сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bugungi mehmoni qorovulbozorlik Arashgul Xojiyeva.

📌 “Ayollar daftari”ga kiritilgan qahramonimiz 4-sektor yordami bilan somsaxona tashkil etdi va bu orqali daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#ochiq_muloqot

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

“Soliq tizimi, bojxona, tarif va notarif masalalari hamda Mamlakatning xalqaro tuzilmalarga integratsiyalashuvi” mavzusida davra suhbatida Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etmoqda.

“Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, “Soliq xizmati – intizomli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” vazifasini so‘zsiz bajarish” mavzusi muhokama qilinmoqda.
_____________
#открытый_диалог

В рамках подготовки к открытому диалогу Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями в республике проходит Неделя диалога с предпринимателями.

В ходе встречи, посвящённой актуальным вопросам налоговой системы, таможенным, тарифным и нетарифным мерам, а также интеграции страны в международные структуры принимает участие заместитель председателя Государственного налогового комитета Жахонгир Абдиев.

Тема обсуждения - «Создание благоприятных условий для добровольного исполнения налогоплательщиками своих налоговых обязательств, безоговорочное выполнение задачи «Налоговая служба — надежный партнер добросовестных налогоплательщиков».

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ochiq_muloqot

Muhokamalarga Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonovlar qo‘shildi.

Ishbilarmon doiralar va biznes hamjamiyati vakillari tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilmoqda.
_____________
#открытый_диалог

К дискуссии присоединились председатель Государственного налогового комитета Шерзод Кудбиев и председатель Государственного таможенного комитета Акмалхужа Мавлонов.

Представители деловых кругов и бизнес-сообщества задают руководителям профильных министерств и ведомств интересующие их вопросы.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Muloqot vazirlik va idoralar rahbarlari, ekspertlar va ishbilarmon doiralar vakillarini bugungi kunda tadbirkorlarni qiziqtirgan eng dolzarb masalalar atrofida birlashtirdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bu galgi mehmoni g‘ijduvonlik Sayyora Jo‘rayeva.

🔻Joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga qaratilgan tashabbuslar aholining turmush sharoitidan rozi bo‘lib yashashida ahamiyatli bo‘lmoqda.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#sport

Buxoroda soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi bahslariga start berildi

📍 Buxoroda viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni sport bilan muntazam shug‘ullanib borishlarini ta’minlash maqsadida viloyatda turli musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

🔻 Mamlakatimizning mustaqillik bayrami arafasida viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida sportning volleybol turi bo‘yicha 🏆 “Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” bahslariga start berildi.

📌 Ayni kunlarda viloyat davlat soliq boshqarmasining sport zalida bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarda barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalari jamolari belgilangan tartibda ishtirok etmoqdalar.
🤾‍♂️ Musobaqalarning quyi bosqichlari yakunlangach, jamoalar o‘rtasida stol tennisi turi bo‘yicha ham sport o‘yinlari o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqalarning final bosqichi mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi tantanalari arafasida bo‘lib o‘tadi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook