#Ayni_paytda
#4_sektor
#Dolzarb_30_kunlik
📌 Avval xabar berilganidek, joriy yilning 27-iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda g‘o‘zani parvarishlash va hosildorlikni ta’minlash ishlarini barcha hududlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha «Dolzarb 30 kunlik» e’lon qilingan edi.
🔻Ayni paytda barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham ham shtab tashkil etilib, ishchi guruh a’zolari tomonidan tumanlardagi paxta maydonlarida g‘o‘za parvarishiga doir belgilangan agrotexnik tadbirlar kunlik monitoring qilib borilmoqda.
📍Bugun Buxoro viloyati 4-sektor rahbari M.Mamatxanov g‘o‘za parvarishi hamda ko‘sak hosili jamlashda asosiy davr bo‘lgan «Dolzarb 30 kunlik»da amalga oshirilayotgan agrotexnik chora-tadbirlari natijasini o‘rganish maqsadida viloyatning chekka hududlaridan biri Qorovulbozor tumaniga bordi.
Xususan, “Ark eko tekstil klaster” paxta maydonlarida hosilga-hosil qo‘shish uchun g‘o‘za ekinlarini tunda, «sharbat usuli»da sug‘orish hamda g‘o‘za ildiziga quyosh harorati bilan madad berish maqsadida g‘o‘za qator oralarini kultivatsiyadan chiqarish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
✅ Shuningdek, 4-sektor rahbari hududdagi “Rahim bobo”, “Ahtam davron” va “Vahob Temir” fermer xo‘jaliklari mas’ullari bilan uchrashib, g‘o‘za parvarishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etilish yuzasidan klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook |