Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.81K photos
1.63K videos
45 files
4.92K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yigim

2025-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
__________
#налоговая_политика_2025 #новое_в_законодательстве #cбор

Предельные ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi

Jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun ❗️Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.

👉Soliq kodeksi 422-moddasi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatganlik uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi jismoniy shaxslar soliq summasini kamaytirishi mumkin:

📉uy -joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi shaxslar – o'rnatilgan oydan e'tiboran 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda – mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran – 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 2 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyektiga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉Soliq kodeksi 421-moddasi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun tamaki mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
____________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на табачную продукцию в 2025 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на алкогольную продукцию в 2025 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlarga aksiz solig'i stavkalari
____________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на нефтепродукты и другие подакцизные товары на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda belgilanadi

Ma'lumot uchun❗️Soliq stavkalarining aniq miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shuningdek tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda belgilanadi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan bino va inshootlar joylashgan yerlar uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsientini qo'llanilgan holda to'lanadi.
❗️Ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar bundan mustasno.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi bazaviy stavkalari oʻzgardi

Jismoniy shaxslar uchun yer solig'ining bazaviy stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar, tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqini saqlanib qolindi.

👉 Soliq kodeksi 437-modda

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi shaxslar yer solig‘i summasini kamaytirishi mumkin:

📉 uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanuvchilar – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega quyosh panellarini o'rnatilganda – bu panellar foydalanishga topshirillgan oydan boshlab 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 1 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta, uy-joy fondi ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan bitta yer uchastkasiga nisbatan elektr ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma‘lumotnomaga asosan taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar yer solig'ini 15-aprelgacha va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to'laydilar.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi bazaviy stavkalari oʻzgardi

Jismoniy shaxslar uchun yer solig'ining bazaviy stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Batafsil videoda👆


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari:

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq stavkasiga quyidagilar qo'llaniladi:

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,5 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug'orish uchun suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda - 1,1 oshiruvchi koeffitsient.

Avval yagona 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient qo'llanilgan.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.

❗️Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari, qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliq yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi, shuningdek ro‘yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to'lovchilar bundan mustasno.

👉 Soliq kodeksi 445-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha o‘zgarishlar

Tovarlar (xizmatlar) eksportidan olinadigan daromadlar AOSga tortiladi. Avval soliq bazasidan chegirilgan.
👉 Soliq kodeksi 464-moddasi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar AOSni 3% stavkada to'laydilar (oldin 2%).

Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha stavkalar o'zgarishsiz qoldi.

2025-yilda qat’iy belgilangan summada to‘lovchilar uchun AOS stavkalari jami daromadiga qarab quyidagi miqdorda belgilanadi:
📉500 mln so'mdan oshmaganyiliga 30 mln so'm;
📈500 mln so'mdan yuqori - yiliga 40 mln so'm.

2026-yil 1-yanvardan qat’iy belgilangan summadagi AOS bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksi 467-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads