Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#live Viloyat 4-sektor rahbarining sayyor qabulida ishsiz yoshlar va fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
#live Ayni paytda sayyor qabul davom etmoqda.
⚡️ Бухоро шаҳрига янги ҳоким тайинланди

Бугун, 5 май куни Бухоро шаҳар ҳокимлигида навбатдан ташқари сессия йиғилиши бўлиб ўтди. Йиғилишда вилоят ҳокими Ботир Зарипов ҳамда вилоят фаоллари иштирок этди.

Кенгаш йиғилишида ташкилий масала кўриб чиқилди. 2020 йилдан шу пайтга қадар Маданият вазирининг биринчи ўринбосари лавозимида фаолият олиб борган Жамол Носиров Шухратович Бухоро шаҳар ҳокими лавозимига тайинланди.

Маълумот ўрнида, Жамол Носиров 1985 йил 12 июнда Бухоро шаҳрида таваллуд топган. 2005 йили Бухоро давлат университетининг жисмоний маданият ва жисмоний тарбия ўқитувчиси, психолог мутахассислиги бўйича тамомлаган. 2008 йили эса университетнинг магистратурасини тугатган.

Бир муддат “Камолот” ЁИҲ Бухоро вилоят Кенгаши раиси лавозимида ҳам меҳнат қилган.

Шундан сўнг 27-Жилвон сайлов округидан Олий Мажлис Қонунчилик палатасига депутат этиб сайланган эди. Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-Демократик партиясининг фракцияси аъзоси бўлган.

2017 йилдан 2020 йилга қадар Бухоро вилояти ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари лавозимида фаолият юритган.

Жамол Носиров 2020 йил 22 апрелдан буён Маданият вазирининг биринчи ўринбосари вазифасида ишлаб келаётган эди.
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#LIVE

⚡️Аввал хабар бериб ўтганимиздек, ёшларнинг тадбиркорлик фаолиятини бошлаши ва ўзини ўзи банд қилиши учун зарур бўлган асбоб-ускуналар, меҳнат қуролларини харид қилиш бўйича таъминотчи корхоналарни аниқлаш мақсадида бугун, 15 май куни Бухоро шаҳридаги “Хумо” спорт мажмуасида кўргазма бўлиб ўтмоқда.

Кўргазмада тадбиркорлар ёшлар учун зарур бўлган техникалар, асбоб-ускуналар ва меҳнат қуроллари намуналари билан иштирок этишмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#LIVE

Давлатимиз Мустақиллигининг 30 йиллиги арафасида Бухоро шаҳридаги “Варахша” маҳалласи ҳудудида барпо этилган янги уйларнинг Давлат хавфсизлик хизмати идоралари ходимларига топшириш маросими бўлиб ўтмоқда.

Маълумот ўрнида: Фойдаланишга топширилаётган уйлар умумий қиймати 12 млрд. сўмдан ортиқ бўлган 2 та 5 қаватли, жами 60 та хонадондан иборат.

📸 Тоҳиржон Истатов олган суратлар

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Live

Ayni damda Kogon shahar 4-sektor hududidagi mahalla yoshlarining madaniy hordiq olishi hamda o‘z istedodini namoyish etish maqsadida sektor rahbari Komila Ahmadova va yoshlar yetakchisi Anvar Tohirov tashabbusi bilan "Xo'jabargi" mahalla fuqarolar yig‘inida "Muzqaymoq parti" shou konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
#Live

Kogon shahar 4-sektor tomonidan "Xo'jabargi" mahalla fuqarolar yig‘inida ótkazilayotgan "Muzqaymoq parti" shou konsert dasturi davom etmoqda.

🍦Bolajonlarga muzqaymoqlar tortiq etilmoqda.
#live

Мамлакатимизда ёшларга эътибор масаласи давлат сиёсати даражасига кўтарилган бўлиб, эртамиз эгалари ўзларининг қизиқишлари бўйича ҳар томонлама қўллаб-қувватлаб келинмоқда. Хусусан, жойларда ҳокимлар ёш авлод вакиллари билан учрашувлар ўтказаётганини бунга бир мисол қилиб келтириш мумкин. Ана шундай учрашувлардан бири айни пайтда Вобкент туманида ўтказилмоқда. Туман ҳокимлигида ўтказилаётган тадбирда вилоят ҳокими Ботир Зарипов, секторлар раҳбарлари, вилоят корхона ва ташкилотлари мутасаддилари, туман ёшлари ва оммавий ахборот воситалари ходимлари иштирок этишмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live

Учрашув аввалида сўз олган вилоят ҳокими Ботир Зарипов мамлакатимизда ёшлар билан ишлашнинг янгича бошқарув механизмларини жорий этиш, улар билан ишлашнинг вертикал тизимини яратиш, ёшлар муаммоларини бевосита маҳаллаларда ҳал этиш, таълим муассасаларида маънавий-маърифий ва тарбиявий ишларнинг самарадорлигини янада ошириш борасида олиб борилаётган ишлар ёшларга яратилаётган шароитларнинг яққол ифодаси эканлигини алоҳида таъкидлади.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#live

Учрашув расмиятчиликдан холи, самимий мулоқот тарзида кечмоқда. Тадбирда ёшлар вакилларининг таклиф-мулоҳазаларига ҳам кенг ўрин берилмоқда. Айни жараёнда мавжуд муаммоларни ўртага ташлаган йигит-қизларнинг улар юзасидан ўз асосланган ечимларини ҳам таклиф қилишгани эътиборни тортмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#LIVE
#4_sektor

Ayni paytda Buxoro viloyati 4-sektor rahbari M.Mamatxanov va uning ishchi guruhi Kogon shahar hokimligida hududdagi 22 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahallardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

📌Uchrashuvda sektor rahbari hududdagi mahallalar mas’ullari bilan muloqot qilib, mavjud muammolarni birma-bir o‘rganmoqda. Shuningdek, uchrashuv davomida bildirilgan muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yilmoqda.
#LIVE
#4_sektor

Ayni paytda Buxoro viloyati 4-sektor rahbari M.Mamatxanovning Kogon shahrida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahallardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

✳️ Uchrashuvda sektor rahbari mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori mahalladagi asosiy islohotchilar ekanligini ta’kidlab, ularni mahallalarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatib va ishga joylashtirishda yanada faollashishga chaqirdi.

📌Ochiq muloqotda mahalla mas’ullari o‘z hududidagi mavjud muammolarni hal etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbariga taklif va mulohazalarini bildirdilar.
#LIVE
#4_sektor

Ayni paytda Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi Kogon tumanida Prezidentning mahalladagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

✳️Uchrashuvda hokim yordamchilar, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari ishtirok etmoqda.

📌Mazkur ochiq muloqotda shaxsan sektor rahbari bilan hamkorlikda ish olib borish, ayniqsa mahallada aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash, xususan, aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazish, kam daromadli oilalarni tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi masalalar muhokama qilinayapti.
#LIVE
#4_sektor

4-sektor ishchi guruhining Kogon tumanida 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

✳️ Unda mahalla mas’ullarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan mavjud muammo va takliflar tinglanmoqda.
#LIVE
#4_sektor

4-sektor ishchi guruhining Kogon tumanida mahalla islohotchilari bilan uchrashuvida tadbirkorlikni rivojlantirish va ishsiz aholini kasblarga o‘qitish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

✳️ Shuningdek, sektor ishchi guruhi rahbari hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga har kuni izlanishlari, o‘z ustida ishlashlari zarurligini hamda bu borada ularning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doim tayyorligini atib o‘tdi.
#Live

Ayni damda Kogon shahar "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi 4-sektor ishchi guruhi hamda Kogon shahar hokimi Hayot Davlatovning ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tmoqda.

Qabulda fuqarolar tomonidan turli yo'nalishdagi murojaatlar qilinmoqda.
#Live

📍Ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripovning Romitan tumanidagi istirohat bog‘ida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.

📌 Unda viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini o‘rganmoqda.
#live
#4-sektor

Buxoro viloyatida “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilindi.

Bugun Buxoro shahridagi mavjud 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Botir Zaripov “Dolzarb 10 kunlik”da amalga oshiriladigan ishlarni birma-bir sanab o‘tib, mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Shundan keyin barcha sektor rahbarlari o‘z ishchi guruhi bilan hududlarni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, aholi xonadonlari, ayniqsa, ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va hayotiy muhim obektlar hamda ularga tutash hududlarni tartibga keltirish ishlarini boshlab yubordilar.
❇️Ayni paytda 4-sektor ishchi guruhi ham Buxoro shahridagi “Ibn Sino” mahallasida maxsus texnika vositalarini jalb qilgan holda hududdagi qarovsiz qoldirilgan yer maydonlarini obodonlashtirish, yig‘ilib qolgan chiqindilarni tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
✳️Shuningdek, gaz ta’minoti xodimlari tomonidan aholiga muammosiz tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida gaz maromlash qurilmalari qayta texnik nazoratdan òtkazilib, gaz quvurlari tartibga keltirilmoqda.
#live
#sayyor_qabul
#4_sektor


Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbarining sayyor qabuli bölib ötmoqda.

Aholi muammolari bilan tanishish jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ishsizlikni bartaraf etish, qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik masalalari ko‘tarildi

Har bir murojaat tegishli soha mas’ullari ishtirokida keng muhokama qilinmoqda.
#live
#sayyor_qabul
#4_sektor

Sayyor qabul davom etmoqda. Hozirga qadar qabulda ishtirok etishni istab ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 30 nafarga yetdi.

Murojaatlar tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda. Qonuniy hal qilish imkoni bo‘lmagan murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.