Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.69K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Vobkent_tumani_4_sektor
Вобкент тумани 4-сектор раҳбари ташаббуси билан “Латифсобунгар” МФЙ ҳудудида "Бир маҳалла-бир маҳсулот" тамойили асосида 1 гектар ер майдонига иссиқхона қурилиши режалаштирилган. Иссиқхонанинг қурилишини бошлаш мақсадида вилоят ҳокимлиги масъуллари, “Бухоро марказий таъминоти томорқа хизмати” МЧЖ раҳбари таклиф этилди ва жойига бориб ўрганилди ҳамда шу ой якуни билан қурилиш ишлари бошланишига келишиб олинди. Мазкур лойиҳа ишга тушгач "Темир дафтар", "Ёшлар дафтари" ва "Аёллар дафтари"га кирган 25 нафар фуқароларнинг доимий иш билан бандлиги таъминланиб даромадга эга бўлиши режалаштирилган.
#Jarayon
#Vobkent_tumani

📌 Sektor ishchi guruhi aʼzolari tomonidan tuman masʼullari bilan hamkorlikda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkillashtirildi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlarda 4-sektorga qarashli “Niyozxo‘ja” MFYda joylashgan 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Beruniy yoshlari” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan yana bir 4-sektorga qarashli Vobkent” MFYda joylashgan 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Ideal” jamoasi esa faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Vobkent tumani 4-sektor rahbari O.Muqimov ishchi guruhi bilan birgalikda “Shakarkent” va “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yig‘ida xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rgandi.

⚡️Aholi bilan uchrashuvlarda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarning hal etilishi belgilab olindi.

📌Sektor rahbari shu kuni “Niyozxo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

✳️Ta’kidlanishicha, bu yerda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ishchi guruhi tashkil qilinib, xonadonlarning ichki va tashqi fasadlari yaxshilanadi.
#4_sektor
#Obod_manzillar

#Vobkent_tumani

📍 Vobkent tumani 4-sektor hududida joylashgan “Bozorjoy” MFY hududida “Obod mahalla dasturi” asosida qurilish va obodoshlashtirish ishlari davom etmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4-sektor

#Vobkent tumani

Bugungi kunda viloyatimizning 4-sektor hududidagi barcha mahallalarda kamida 2 tadan inkubatorlar o‘rnatilgan xonadonlar bor.
✳️Ushbu inkubatorlar asosan ishsiz va kam daromadli oilalarga subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida berilgan edi.
❗️Ta’kidlash lozim, ushbu arzon va ixcham qurilmalar parrandachilikka qiziqqan aholi qatlamining tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, oilalarga baraka olib kirmoqda.
📌Vobkent tumanida 4-sektor ishchi guruhi tomonidan biriktirilgan mutaxassis bu borada aholiga yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda. Kecha ushbu mutaxassis hududdagi “Latifsobungar” MFYdagi 5 ta oilaga o‘rnatib berilgan jo‘ja chiqarishga mo‘ljallangan inkubator moslamalarini ishlatish, moslamalarga tuxumlar qo‘yish kabi jarayonlarni ko‘zdan kechirib, uy egalariga kerakli maslahatlarini berdi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#Vobkent_tumani
#4_sektor

Vobkent tumanida 4-sektor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan hududdagi maxalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shashka, shaxmat va volleybol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Vobkent_tumani
#4_sektor

4-sektor ishchi guruhi tomonidan “Shakarkent” MFYda mustakilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda maxalla aholisi, o‘shlar, xotin-o‘izlar, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda doirasida uyushtirilgan turli musobalar va ko‘ngil ochar dasturlar yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Tumanning 4-sektor hududidagi 16 ta fermer xo‘jaliklari masullari ishtirokida “Yashil makon” dasturi asosida nihol qurish tadbiri tashkillashtirilib, 120 tup tok ko‘chatlari o‘tkazilishi taminlandi. Xususan, kecha ishchi guruhi "Al-Buxoriy" MFY hududidagi "Izzat Samandar" fermer xo‘jaligi ekin yerlari atrofiga turli xil ko‘chatlar ekdilar.

Тelegram | Facebook
#4_sektor
#Vobkent_tumani

4-sektor ishchi guruhi tomonidan "Bozorjoyi" MFY aholisi uchun qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ehtiyojman oilalarga ko‘maklashish maqsadida shu yerdagi 26 ta oilaga 450 kg.dan ko‘mir mahsuloti bepul tarqatildi.


Тelegram | Facebook
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Vobkent tumanida 4-sektor ishchi guruhi aholining gaz, elektr energiyasi, suv kabi ijtimoiy muammolarini o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, bugun “Anjirbog‘” MFYga 4 700 kg arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti keltirilib, 23 nafar ehtiyojmand oilalarga 200 kg dan ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Vobkent_tumani

4-sektor ishchi guruhi tomonidan tumanning “Bozorjoyi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun 3 840 kg. ko‘mir mahsuloti keltirilib, 19 nafar oilalarga 100-200 kg. dan yetkazib berildi.

Bundan tashqari, mazkur mahallada istiqomad qiluvchi “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga ham 200 kg.dan bepul ko‘mir mahsuloti tarqatildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Vobkent tumani 4-sektor rahbari O.Muqimov aholiga yengillik yaratish maqsadida sektor hududida arzon narxlarda tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkalarini nazorat tartibda o‘rganib boryapti. Bugun sektor rahbari tuman markazidagi “Markaziy bozor”da tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasida sotilayotgan mahsulotlar narxi bilan tanishib, tadbirkorlar o‘rtasida narxlarni sun’iy oshirib yubormaslik xususida suhbatlar o‘tkazdi.

Shu kuni, sektor rahbari “Shakarkent” va “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bo‘lib, shu yerlik aholi va uy sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar bilan uchrashib ularni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvlar jarayonida uy sharoitida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning barqaror faoliyat yuritishlari uchun zarur choralar belgilandi. Shuningdek, “Latifsobungar” qishlog‘i aholisining elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari asosida shu kunning o‘zida qishloqqa yangi transformator keltirib, o‘rnatib berildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook