#eksport #import
Xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha dalolatnomalarni tizimga kiritishning muddatlari uzaytirildi
“Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi.
Unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning eksport va importi bo‘yicha maʼlumotlar dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda TSOYaEATga* kiritilishi belgilandi.
👉 VMQ-560-son 24.10.2023
Avval mazkur dalolatnomalarni kiritish uchun 1 kunlik muddat belgilangan edi.
Maʼlumot uchun: eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish — mansabdor shaxslarga BHMning 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJtK 171-modda
*Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi
Тelegram | Facebook|Instagram

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#tashqi_savdo #eksport #import
Asbob uskunalar importida debitor qarzdorlik boʻyicha oʻzgartirish qonunchilikka kiritildi
“Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi. Asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda 180 kunlik muddat oʻtgan boʻlib, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanmaydi.
👉VMQ-551-son, 07.09.2024y.
Endilikda asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda shartnomada belgilangan muddatlar oʻtkazib yuborilmagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bank va eksport operatsiyalarini xech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradilar.
Avval bunday qarzdorliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmagan, lekin qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblangan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayd etilgan operatsiyalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads