Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Jarayon
#Olot_tuman

📍Olot tumanida 4-sektor ishchi guruhi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aholining daromadini oshirish va shaxsiy tomorka yerlaridan unumli foydalanishni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

✳️ Bu borada ishsiz aholiga uy sharoitida daromad topishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘rsatilayotgan ko‘maklar o‘zining samarasini bera boshladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jumladan, tumanning “Xosabo‘yi” MFYda yashovchi axolisining ko‘pchiligi sektor rahbari va hokim yordamchisining ko‘magi bilan parrandachilik, chorvachilik va tomorqachilik yo‘nalishlarida tadbirkorlikni boshlashgan.

E’tiborlisi, ular ana shunday qo‘llov natijasida o‘z biznesi orqali topayotgan daromadidan xursand.

Kecha ishchi guruh va hokim yordachisi 4-sektor hududidagi ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, uy sharoitida daromad topishni yo‘lga qo‘ygan aholi bilan uchrashib, ularga o‘zlarining yangi-yangi takliflarni berdilar.
#Jarayon

📍 Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasida soliq qonunchiligiga kiritilgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda hisobchilar uchun tashkil etilgan ushbu seminarda davlat soliq inspeksiyasi “Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi” hamda “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘basi” mas’ul xodimlari yig‘ilganlarga soliq ma’murchiligidagi so‘ngi yangiliklarni yetkazdilar.

🔗 Uchrashuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
#Jarayon
#Buxoro_shahri

Buxoro shahrida 4-sektor ish guruhining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Unda Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi rahbariyati va Prezident Xalq qabulxonasi mudiri boshchiligidagi masul tashkilot rahbarlari hududdagi aholining muammoli masalalarini o‘rganib, ularni hal etish choralarini ko‘rdilar.

Xususan, sayyor qabulda muammoli masalasi hal bo‘lmagach, takroran murojaat qilishga majbur bo‘lgan 30 nafar fuqarolarning muammolari qayta o‘rganildi va ularni ijobiy hal etish uchun aniq muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon
#Buxoro_tumani

📍 Buxoro tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida 4-sektor tomonidan turli musobaqalar tashkillashtirilmoqda.

📌 Kecha ana shunday tadbirlardan biri sektor hududidagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi. "Zukko kitobxon" deb nomlangan tanlovda ishtirok etgan bilimdaonlar 4-sektor rahbari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon
#Kogon_tumani

📍Kogon tumani 4-sektor rahbari hududda noxush holatlarni kamaytirish va jinoyatlar sodir etilishining oldini olishda maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari va aholisi bilan tez-tez uchrashuvlar o‘tkazib turadi.

Kecha sektor rahbari shu mavzuda ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda "O’ba-cho‘li" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan suhbatlashdi.

Xususan unda mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor qaratildi.

📌 Uchrashuv jarayonida mahalla fuqarolari bilan birgalikda yoshlarni sog‘lom va komil inson qilib o‘stirish va tarbiyalash, ularning sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish maqsadida mahallalar faollari bilan hamkorlikda samarali ish olib borishga kelishib olindi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon

Vobkentda 40 ta xonadon egasi issiqxonadan yaxshigina daromad topayotganidan xursand

📍 Vobkent tumanidagi “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yig‘inida 4-sektor tashabbusi bilan 40 ta xonadonda 1 sotixli issiqxonalar tashkil etilgan edi.

E’tiborlisi, ayni paytda xonadon egalari ushbu issiqxonalardan unumli foydalanib daromad olishga kirishib ketishgan. Ayrim issiqxona egalari bugungi kunda yetishtirilgan pomidor va bodring mahsulotlarini sotishni boshlagan bo‘lsalar, qolgan issiqxonalarda ham yetishitirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari baravj rivojlanmoqda.

📌 Ta’kidlash lozim, tomorqa egalari har kunlik daromadga ega bo‘layotganliklaridan xursand.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon
#Buxoro_tumani

Ayni paytda viloyatimizning barcha tumanlarida "5 tashabbus olimpiadasi" doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ko‘rik-tanlovining Buxoro tumani bosqichida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan tarkib topgan 4 ta jamoadan 32 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra 🏆 1-o‘rinni Buxoro tuman 4-sektor hududida joylashgan “Turkon” mahallasining "O‘chirgich" jamoasi qo‘lga kiritdi.

2 va 3-o‘rinlar esa “Rabotak” mahallasiningning "Janob Zukkolar" jamoasi hamda “Dilobod-Zafarobod” mahallasining "Tabassum" jamoalariga nasib etdi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon
#Qorovulbozor_tumani

📍Qorovulbozor tumanida aholini ehtiyojmand oilalar uchun daromad manbaini yaratish va shu orqali ularning turmush sharoitini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 4-sektor rahbari va hududga biriktirilgan hokim yordamchilarining ko‘magi bilan bugungi kunda Qorovulbozor tumanida oilaviy biznes ortidan daromad topayotganlar safi yanada ortmoqda.

Kecha Respublika ishchi guruhi ushbu tumanning 4-sektoriga qarashli “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, "Temir daftar"da ro‘yxatga olingan fuqarolarning xonadonida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik yo‘nalishlarini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuv jarayonida vakillar fuqarolarning oilaviy sharoitlari va muammolari bilan qiziqdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon
#Jondor_tumani

📍 Jondor tumani 4-sektor rahbari A.Niyozov hududda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishchi guruhi bilan hamkorlikda aholi va ishbilarmonlar muammolarni o‘rganib, ularni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Kecha sektor rahbari hududda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda sektor rahbari tadbirkorlarning ish jarayonlari qiziqib, mavjud muammolar "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida bartaraf etilishini bildirdi.

📌 E’tiborlisi, bugungi kunda Jondor tumanida tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar tufayli hududda xususiy korxonalar soni tobora ortib boryapti.

Buning natijasida esa ushbu korxonalarda ko‘plab ishsiz aholining bandligi ham ta’minlanmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon
#Vobkent_tumani

📌 Sektor ishchi guruhi aʼzolari tomonidan tuman masʼullari bilan hamkorlikda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkillashtirildi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlarda 4-sektorga qarashli “Niyozxo‘ja” MFYda joylashgan 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Beruniy yoshlari” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan yana bir 4-sektorga qarashli “Vobkent” MFYda joylashgan 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Ideal” jamoasi esa faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
#Jarayon
⚡️4-sektor hududiga qarashsli Qorovulbozor tumanidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida yetishtirilgan g‘alla hosilini uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olish boshlandi.
⚡️Aytib o‘tish joiz, joriy yilda Qorovulbozor dehqonlari 5 ming 525 gektar yer maydonidagi gʼallaning har gektaridan jami 41 ming 161 tonna hosil yigʼishtirib olishni rejalashtirishmoqdalar.
#Jarayon
⚡️Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari K.Axmadova belgilangan reja-grafik asosida jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini hal etish maqsadida Kogon shahar Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazildi.
⚡️Qabulda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ro‘yxatga olinib, ularni hal etish bo`yicha mas`ullarga ko‘rsatmalar berildi.
⚡️Shu kunnig o`zida 4-sektor ishchi guruhi muammolarni hal etish choralarini boshlab yubordi.
#Jarayon
⚡️Kogon tuman 4-sektor rahbari A.Latipov 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sektor hududidagi maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, jajji bolajonlarni bayram bilan qutlab ularga shodlik ulashdi.
⚡️Xuddi shunday tumanning "Taraqqiyot" mahalla fuqarolar yig‘inidagi kutubxonasida yoshlar o‘rtasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovi ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
#Jarayon
⚡️Buxoro shahar 4-sektor rahbari A.Abdullayev sektor hududidagi “A.Donish” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi muammolarini hal etish va ushbu hududni obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordi.
#Jarayon
⚡️G’ijduvon tumanida “Sog‘lom kelajak sari” shiori ostida sportning stol tenisi bo‘yicha sektor rahbari kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
⚡️Musobaqa g‘oliblari sektorning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
⚡️Shuningdek, 4-sektor rahbari O.O’roqov 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sektor hududidagi imkoniyati cheklangan bolalarning holidan xabar olib, ularga shodlik ulashdi.
#Jarayon
⚡️Jondor tumanida barcha sektor rahbarlari ishtirokida 4-sektor hududidagi tadbirkorlik qilish istagida bo`lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga tikuv mashinalari berildi.
⚡️Endi sektor ishchi guruhi ushbu hotin-qizlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish va shu orqali daromad topishlariga ham ko‘maklashadilar.
#Jarayon
⚡️Peshko‘ tumanida 4-sektor tomonidan maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi musoboqasini tashkil etdi. G’olib ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.
#Jarayon

📍 Ayni paytda Respublika ishchi guruhi tomonidan Peshku tumanidagi istirohat bog‘ida Peshku, Shofirkon, G‘ijduvon va Vobkent tumanlari aholisi uchun ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.

Ommaviy qabullar doirasida viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov ham ishchi guruhi bilan aholining murojaatchini eshitib, o‘rtaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli tartibda javob bermoqdalar.

📌 Eslatib o‘tamiz, Respublika ishchi guruhining ommaviy qabullari Kogon shahri va Jondor tumanlarida davom etadi.

Ommaviy qabullar 5-iyun kuni soat 10:00da Kogon shahar "Temiryo‘lchilar" istirohat bog‘ida Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon va Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun;
6-iyun kuni soat 10:00da Jondor tumani "M.Tarobiy" nomidagi harbiy vatanparvarlik bog‘ida Jondor, Olot, Qorako‘l va Romitan tumanlari aholisi uchun o‘tkaziladi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|