Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi 4-sektor sayyor qabullarida 3 000 dan ortiq murojaat hal etilganini ma'lum qiladi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Qorovulbozor tumanida amaliy seminar tashkil etildi

Aholi bandligini ta’milash, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni boshlashga ko‘maklashish maqsadida tumandagi “Yoshlar bog‘i”da ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda respublika ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, ishsiz va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, hunarmandchilik va ishlab chiqarish mahsulotlarini ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Hunarmand va korxona rahbarlari yig‘ilganlarga o‘z faoliyatlarini tanishtirib o‘tishdi.

Seminar davomida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida esa, ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#sayyor_qabul

Joylarda fuqarolar muammolarini o‘rganish, ularga manzilli ko‘maklar berish maqsadida Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tomonidan reja-grafikka muvofiq sektor hududlarida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. Bugun navbatdagi sayyor qabul Jondor tumani “Obod” mahalla fuqarolari yig‘inida tashkil etildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Djamshid Nurullayev, sektor ishchi guruhi, mahalla yettiligi ishtirok etib aholi muammolarini o‘rgandilar.

Qabulda fuqarolar hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etib, ular tomonidan 10 dan ortiq turli masalalar o‘rtaga tashlandi. Quvonarlisi, 8 ta murojaat shu yerning o‘zida hal etildi. 4 nafar “Ayollar” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorliklarini boshlashlari uchun sertifikatlar topshirildi. 2 nafar fuqaroga dori-darmon hamda 2 ta ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad chekka hududlardagi aholining og‘irini yengil qilib ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, xususan, nogironligi bo‘lgan hamda yordamga muhtoj fuqarolarga doimiy ravishda muruvvat yordamlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

Navbatdagi anashunday hayirli ishlardan biri kuni-kecha viloyati 4-sektor rahbari tashabbusi bilan “Buxoro viloyat ko‘zi ojizlar jamiyati” Kogon tuman kengashi a’zolari uchun Qashqadaryo viloyatining so‘lim go‘shalariga sayohat tashkil etildi.

Sayohatchilar Qashqadaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib qaytdilar.

Ta’kidlash lozim, ushbu loyiha mazkur jamiyat vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish hamda faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlashga qaratilgan.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.



🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Qorovulbozor tumanidagi mahalla yo‘llari obod bo‘lmoqda

“Tinchlik” MFY da yashovchi mahalliy aholi va tashabbuskorlarning talab va istaklariga muvofiq “Jambul” va “Bekzod” ko‘chalarining har birida 700 metrlik yo‘l asosini kengaytirish va asfalt yotqizish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Aytish joizki, bu yo‘l ob’yektida birinchi bor innovasion bazalt setkasi qo‘llangan holda asfaltlashtirilmoqda.

“Nurobod”, “Saxovat”, “O‘zbekiston” va “Bobur” ko‘chalarida esa 2200 metr ichki yo‘l qismini asfaltlashtirish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Mahalliy aholi vakillarining bildirishlaricha, ko‘chib o‘tishganiga 30 yildan oshgan bu ko‘chalar haligacha ta’mir ko‘rmagan, shag‘al bostirilganicha qolgandi. Endilikda ularning ko‘chalari obod maskanga aylanib, haydovchi va piyodalarga munosib shart-sharoit yaratildi.

2023 yilning bahorida “Mening yo‘lim” dasturi doirasida “Bekzod” hamda “Bobur” ko‘chalarining 3 kilometr qismi aholining bahamjihatligi, nisbatan ko‘p ovoz yiqqani tufayli asfaltlashtirilgan va yo‘lovchilarga ko‘pdan kutilgan zarur qulaylik yaratilgandi.

Shuningdek, bu ko‘chalarda 760 metr piyodalar yo‘lakchasi ham barpo etilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#4_sektor

Qorovulbozorliklar arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasidan mamnun bo‘lishmoqda

Mustaqillik bayrami munosabati bilan viloyatimizning barcha manzillarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Jumladan, viloyatimizning 4-sektori hududiga kiruvchi Qorovulbozor tumanida ham aholiga bayramona kayfiyat ulashish hamda bayram dasturxoniga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkalari tashkil etilgan.

E’tiborlisi, ushbu yarmarkalar narx-navoni keskin ortib ketishining oldini olish hamda aholining bayram dasturxonini to‘kin bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#4_sektor

4-sektor rahbari sayyor qabul doirasida yordamga muhtoj aholi qatlamining uylarida ham bo‘lmoqda

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish, maqsadidida bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev G‘ijduvon tumani “Chorsu” mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda mahalla yettiligi, tuman xalq qabulxonasi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida 30 dan ortiq fuqarolardan moddiy yordam, doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun kredit ajratilishiga ko‘maklashish va turli ijtimoiy masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 10 ga yaqini shu yerning o‘zida hal etildi.

Jumladan, ushbu mahallaning “Istiqlol” ko‘chasidagi 33-xonadonda istiqomat qiluvchi Marziya Muhidova sayyor qabulda ijtimoiy ahvoli og‘irligi, turmush o‘rtog‘i ham bir necha yildan beri hastaliligi sababli dori-darmon hamda uyini ta’miriga ko‘mak berishlarini so‘rab murojaat qildi.

Sektor rahbari sayyor qabul doirasida Marziya Muhidova xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy ahvolini zudlik bilan o‘rgandi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida ushbu oilaga beriladigan amaliy yordamlar choralarini belgilab oldi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Sayyor qabullar: aholi muammolari hal bo‘lmoqda


Xabar berib borayotganimizdek viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev hududlarda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish, maqsadida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda.

Bugun Vobkent tumani “Ko‘liodina” mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham aholi muammolarini joyida yechim topilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Sayyor qabulda mahalla yettiligi, tuman xalq qabulxonasi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida 20 dan ortiq fuqarolar qatnashib ular tomonidan turli ijtimoiy masalalar yuzasidan 15 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning 10 ga yaqini shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Sayyor qabullar: aholi muammolari hal bo‘lmoqda


Xabar berib borayotganimizdek viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev hududlarda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish, maqsadida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram