Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Buxoro telekanali "Diyor Yangiliklari" Axborot dasturida

BUXORODA 4-SEKTOR TASHABBUSI BILAN FARG‘ONA TAJRIBASI ASOSIDA UZUM YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA
#QQS

AOS to‘lovchisidan QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari uchun

📗QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganidan qat’i nazar, Soliq kodeksining 237-461-moddalarida ko’rsatilganlar QQSni to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxslar hisoblanadi.

🗓Bunda soliq davri (1 yil)da jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshgan shaxslar majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan, qolganlari majburiyat yuzaga kelgan sanadan boshlab QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

⚙️QQS to‘lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar avtomatlashtirilgan tizimda kunlik aniqlanib, ularga majburiy tartibda QQS to‘lovchisi bo‘lganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

🗓Majburiyat yuzaga kelgan sanadan boshlab EHFni QQS bilan rasmiylashtirish shart hisoblanadi.

🖇AOS to‘lovchi hisobot oyi davomida majburiy QQS to‘lovchisi bo‘lganda
, mazkur hisobot oyi bo‘yicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

❗️Bunda, ЕHFlar, onlayn NKM summalari, amalga oshirgan eksport operatsiyalari majburiy tartibda QQS to‘lovchisi bo‘lgan sanagacha AOS hisobotida va hisobot davrining qolgan kunlaridagi operatsiyalar QQS hisoboti ilovalarida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

👉QQS to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxslar
__________
#НДС

Для субъектов предпринимательства, перешедших с уплаты налога с оборота на уплату НДС

📗Плательщиками НДС, независимо от постановки на специальный регистрационный учет, признаются лица, на которых возложены обязательства по уплате НДС в соответствии со ст.237 Налогового кодекса.

🗓Лица, совокупный доход которых за налоговый период (1 год) превысил 1 млрд сумов, переходят на уплату НДС и налога на прибыль с 1 числа месяца, следующего за месяцем, в котором произошло такое превышение. В остальных случаях - с даты возникновения налогового обязательства.

⚙️Налогоплательщиков, на которых возлагается обязательство по уплате НДС, ежедневно определяет автоматизированная система. После чего им направляется уведомление о том, что они являются плательщиками НДС в обязательном порядке.

🗓Начиная с даты возникновения налогового обязательства необходимо оформлять электронные счета-фактуры с НДС.

🖇Если плательщик налога с оборота в течение отчетного месяца становится плательщиком НДС в обязательном порядке, то за этот отчетный месяц необходимо представить отчетность по налогу с оборота и отчетность по НДС.

❗️При этом электронные счета-фактуры, суммы онлайн-ККМ, осуществленные экспортные операции до даты возникновения обязательств по уплате НДС в обязательном порядке отражаются в отчетности по налогу с оборота, а операции за оставшийся период, т.е. с момента наступления обязательств по уплате НДС, - в отчетности по НДС.

👉Кто является плательщиком НДС?
ENG KATTA BAXT

✍️ Baxt bu - seni kimgadir kerakliging va buni xis etib yashashingdir.
Buxoro viloyati davlat soliq organlarida qariib 30 yil faoliyat ko‘rsatib, yosh avlodga ustoz sifatida tanilgan Nigora opa Qlichevani ana shunday baxtga erishgan inson desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Nigora opani jamoada ham, uyida ham birdek mehr bilan kutib turuvchilari bor.
Nigora opa Qlicheva 2022-yildan nafaqaga chiqib, viloyat davlat soliq organlaridagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

👉 BATAFSIL
#4_sektor #Buxoro

Buxoroning 13 ta mahallasida voish usulida uzum yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda

🍇Buxoro viloyati 4-sektor tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida hududdagi har bir tumanning 1 ta mahallasida Farg‘ona tajribasi asosida voish usulida uzum yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

Ayni kunlarda metall konstruksiyali ixcham va baland voishlar o‘rnatilmoqda.

Jumladan, Vobkent tumanida 700 metr uzunlikda voish o‘rnatilib, uzum yetishtirish ishlari boshlab yuborildi. Bu yerda 1100 dona toyfi navli uzum parvarishlanadi va “Bir mahalla-bir mahsulot” dasturi doirasida yiliga kamida 60 tonnadan ziyod uzum yetishtiriladi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar 1 mln 300 ming nafardan oshdi

Mamlakatimizda, 2022-yil 16-fevral holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 1 324 031 nafarga yetdi.

Joriy yil 1-yanvardan 16-fevralga qadar 132 047 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bu borada Farg‘ona (20295), Samarqand (18988), Andijon (13901), Jizzax (10647) va Toshkent viloyati (10362) yetakchilik qilmoqda.

👉Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 50691;
👉Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 32707;
👉Maishiy xizmatlar bo‘yicha 23641;
👉Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 15183;
👉Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 7551;
👉Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 2274 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar:
🔹bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
🔹ish beruvchiga ega bo‘lmaydi;
🔹ishchi yollamaydi;
🔹ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
🔹yilda bir marta BHMning bir baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi;
🔹daromadidan soliq to‘lamaydi;
🔹yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin;
🔹faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 👉ro‘yxati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🍇 Buxoroda Farg‘ona tajribasi asosida uzum yetishtirish tashabbusi keng quloch yozmoqda

Ertaga Romitan tumanining 4-sektor hududidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “O‘qituvchilar” ko‘chasida ham 200 metr uzunlikda voishlarni o‘rnatish ishlari yakunlanadi.

🍇 Endigi navbat uzumning xaridorgir va serhosil ko‘chatlarini o‘tqazishdir. Sektor ishchi guruhining ta’kidlashicha, ushbu metall konstruksiyasidan barpo qilingan voishlar “O‘qituvchilar” ko‘chasidagi 14 ta oilaga biriktirib berilmoqda.

Demak shuncha xonadonlarda uzumchilikdan qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratildi.
Yana bir gap. Ushbu loyiha doirasida tashkillashtirilayotgan uzumchilik tarmoqlarida asosan bozorpob va xaridorgir uzum navlari yetishtiriladi.

⚡️ Dastlabki, hisob-kitoblarga ko‘ra bundan har bir oila kamida 10 million so‘mdan daromad topadi. E’tiborlisi, bu daromad miqdori yil sayin oshib boradi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Romitan tumanida 4-sektor va tuman hokimligi hamkorligida navbatdagi xayrli ishga qo‘l urildi

4-sektor hududida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan «Temir daftar», «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning 9 nafar farzandlarining sunnat to‘ylari taraddudi ko‘rildi.

To‘g‘risi, bunday e’tibor va muruvvatdan sunnat to‘yi nishonlanayotgan bolajonlar va ularning yaqinlarining quvonchini ko‘rib mehmonlar ham xursand bo‘ldilar.

Ayniqsa, to‘ybolalarga tuman hokimligi va 4-sektor hamda saxiy tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va velosipedlar topshirilganda ularning quvonchi yanada ortdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

👉 BATAFSIL

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram