Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.54K photos
1.6K videos
42 files
4.76K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_hamkor

“Soliq hamkor” orqali murojaat qoldirgan fuqarolarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, shuningdek, ushbu sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida murojaat yuborgan fuqarolarga undirilgan jarimaning 20 foizini mukofot tariqasida berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va buning ilk natijalari eʼlon qilindi.

Afsuski, "Soliq hamkor" orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda tuman davlat soliq inspeksiyalarining ayrim xodimlari tomonidan murojaatchilarning shaxsini aniqlashga urinishlar, murojaatchilar bilan bog‘langan holda arizani rad etish yoki uni qaytarib olishga undash holatlari uchramoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu jarayonda bunday noqonuniy xatti-harakatlarga keskin kurash olib borib, yashirin iqtisodiyotga qo‘l urayotgan tadbirkorlar va mansab vakolatini suiisteʼmol qilayotgan soliq organlari xodimlariga nisbatan keskin choralarni qo‘llaydi.

Hurmatli yurtdoshlar, sizning huquqbuzarliklar haqidagi murojaatingizdan so‘ng, soliq organi xodimi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar, yaʼni maʼlumotlaringizni ochiqlash yoki murojaatni qaytarib olish talabi qo‘yiladigan bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasining @dsq_anticorrupciya_bot telegram botiga xabar qilishingizni so‘raymiz!

Unutmang,
soliqqa oid turli huquqbuzarliklar haqida xabar berish orqali bozorda tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratilishiga, qolaversa insofli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

P.S. Kuni kecha DSQ Raisi ayni masala yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda Toshkent shahrida kuzatilgan yuqoridagi holatlar keskin tanqid qilinib, xizmat vazifalarini bajarishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan Toshkent shahar DSB hamda Yakkasaroy va Yunusobod tumani DSIning 7 nafar rahbar xodimlariga nisbatan xayfsan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirildi, shuningdek 5 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalari

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BUXORODA 4-SEKTOR TASHABBUSI BILAN FARG‘ONA TAJRIBASI ASOSIDA UZUM YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA

❇️ Metall konstruksiyasidan ixcham va baland qilib barpo etiladigan ushbu voish usulida uzumchilikdan yaxshigina daromad olish mumkin. Misol uchun, “Pamo‘za” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkillashtirilayotgan ana shunday uzumchilik tarmog‘idan har bir oila kamida 10 million so‘mdan daromad topadi.

👉
Batafsil:
BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIG‘I MAQSUD MAMATXANOVGA “DAVLAT BOJXONA XIZMATIGA 30 YIL” ESDALIK NISHONI TOPSHIRILDI

✳️ Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Bojxona xizmati podpolkovnigi Bahodir Qutlimurotov viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanovga “Davlat bojxona xizmatiga 30 yil” esdalik nishonini tantanali topshirdi.

👉🏻 Batafsil:
14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN

⚡️Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur bashariyat tarixining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy sohalarida salmoqli o‘rin tutadigan siymolardan. Bobur Mirzo ulug‘ shoir va adib, qomusiy bilim sohibi, ayni zamonasining mohir lashkarboshisi va yirik davlat arbobi ham bo‘lgan.
⚡️ Uning she’riy devoni “Boburnoma”, “Aruz risolasi”, “Hatti Boburiy”, “Mubayyin”, “Risolai volidiya” kabi ilmiy-adabiy, barkamol asarlari bizgacha yetib kelgan. Bu asarlarning har biri o‘zbek nazmi va nasri rivojida muhim bosqichni tashkil etish bilan birga jahon adabiyoti madaniyati va san’ati hazinasini boyitishda katta hissa bo‘lib qo‘shilgan.
#boburkuni

BUXORODA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING 539 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA

BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda davlat soliq xizmati organlari xodimlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida hududdagi tadbirkorlarning muammolarini o‘rganib ularga amaliy ko‘maklar berdilar.

Xususan, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari ko‘magi bilan hududdagi “DELTA RUMINO” ishlab chiqarish korxonasiga 2021-yilda xarid qilgan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan 200 million so‘m qismi qaytarib berildi.
#soliq_hamkor

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining (Android, iOS) Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing❗️

Murojaatchining shaxsi sir saqlanadi.
#onlayn_NKM

Tovarlar bo‘lib to‘lash (kredit) asosida sotilganda onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida qanday aks ettirish mumkin?

Tovarlar jo‘natilgan (berilgan) sana tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana hisoblanadi.

👉 Soliq kodeksi, 242-modda, 1-qism

Tovarlar bo‘lib to‘lash (kredit) asosida sotilganda xaridor tovarni darhol oladi. Shu sababli, sotuvchi onlayn-NKM va virtual kassalarning birinchi chekida soliq hisobotida avtomatik ravishda aks etadigan tovarning to‘liq qiymatini ko‘rsatishi lozim. Bunday chekda QR-kod va fiskal belgi shakllantiriladi.

Xaridor tomonidan kreditni so‘ndirish uchun belgilangan jadvalga muvofiq keyingi to‘lovlar amalga oshirilganda, sotuvchi onlayn-NKM va virtual kassada chek turini - "bo‘lib to‘lash" ("Kredit") deb ko‘rsatadi va har bir to‘lov uchun summani belgilaydi. Bunday cheklarda QR-kod va fiskal belgi shakllantirilmaydi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 15-fevral

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq hisoboti taqdim etish va soliq to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 1- va 8-qismlari);

- O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan mol-mulk solig‘i to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 10-qismi);

- aylanmadan olinadigan soliq soliq davri yakunlari bo‘yicha hamda yanvar oyi uchun hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi);

- xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish (vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar bundan mustasno).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 февраля 2022 года крайний срок

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч.4 и 5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности в налоговый орган по месту налогового учета и уплаты налога на имущество юридических лиц
(ч.1 и 8 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты налога на имущество нерезидентами Республики Узбекистан, не осуществляющими деятельность в Республике Узбекистан через постоянные учреждения
(ч.10 ст.417 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога с оборота по итогам налогового периода и за январь
(ч.3 ст.470 Налогового кодекса);

- представления годовой финансовой отчетности хозяйствующими субъектами (за исключением министерств, ведомств, ассоциаций, корпораций, концернов и других органов управления государственным имуществом, предприятий с иностранными инвестициями и представительств иностранных фирм, а также бюджетных организаций, имеющих статус юридического лица).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram