Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.63K photos
1.61K videos
43 files
4.81K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Qadrli hamyurtlar, Siz, azizlarni, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan Yangi – 2022-yil bilan davlat soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan muborakbod etaman.

O‘tayotgan yilda jonajon yurtimiz qudratini yanada yuksaltirish, uning salohiyatini dunyoga taratish va har bir oila, fuqaroning roziligi yo‘lida Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilgan bemisl islohotlar tariximizning yangi davri, dunyo sahnida Yangi O‘zbekiston qiyofasini ochib berdi.

Ushbu tarixiy jarayonlarda tadbirkorlarimiz, soliq to‘lovchilarning respublikamiz iqtisodiyotini yanada o‘sishi va davlat budjeti daromadlari barqarorligini taʼminlashda hissasi beqiyos bo‘ldi.

Soliq tushumlari pandemiyadan oldingi davrga (2019-yil) nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

“Soliqchi – ko‘makchi”
instituti orqali hamkorlikdagi muloqatlarimiz natijasida 98,3% soliq to‘lovchilar hisobotlarini muddatida topshirdi, 96% tushumlar ixtiyoriy ravishda to‘lab berildi.

Bunday ishonchga javoban, biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hisobot yilida tadbirkorlik subyektlariga 32 trln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati berildi va qo‘shilgan qiymat solig‘idan 14,5 trln so‘mdan ortiq manfiy qoldiq summalari qoplab berildi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ham munosib hissasi borligi men va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi. Shu bilan birga bu katta masʼuliyat ekanligini barchamiz his etmoqdamiz.

Yangi yilda ham soliq maʼmurchiligini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarning yaqin hamkori va maslahatchisi sifatidagi xalqchil ishlarimizni qatʼiy davom ettiramiz.

Aziz yurtdoshlar, 2022-yil Ona diyorimizga fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin. Xonadonlarimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz omon bo‘lsin!

Davlat soliq qo‘mitasi raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Янги мактаб биноси фойдаланишга топширилди
#31dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Bugundan boshlab Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘ling

2022-yil 1-yanvardan
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ladi.

💳Mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi

🧾Avtomobil sotib olganlik, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.

Telegram |Facebook |Youtube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

2022-yil 1-yanvardan soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing ❗️

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-yanvardan ...

👉 Onlayn nazorat texnikalari chekining QR-kodini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan xarid summasidan 1% qaytariladi

👉
Soliq huquqbuzarligi haqida soliq organlariga xabar berganlarga undirilgan jarima summasidan 20% mukofot to‘lanadi

👉
To‘lov tizimlarini onlayn-NKMga ulash orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash talabi o‘rnatildi

👉
Chakana savdoda onlayn-kassaga ulangan, shtrix-kodlar va markirovka kodlarini o‘qishni taʼminlovchi maxsus skanerlardan foydalanish talabi o‘rnatildi

👉
01.01.2023-yilgacha tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM hamda shtrix-kodlar va markirovka kodlarini o‘qishni taʼminlovchi skanerlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga 1 ta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foyda solig'i, AOS yoki YATTlarning JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi

👉 Xaridorlarga MXIK kodlari aks ettirilmagan onlayn nazorat texnikalari cheklarini berish taqiqlandi

👉 Kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini muddatida taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi

👉 Tumanlarda (Toshkent shahridan tashqari) faoliyat yurituvchi YATTlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi

👉 QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 % va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslari “E-aktiv” AATdan foydalanadi
👉 “E-aktiv” AATni ishga tushirish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi sababli 01.07.2022-yilgacha tizimdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun ta’sir choralari ko‘rilmaydi

👉 Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatga qo‘yish E-ijara tizimida amalga oshiriladi

👉Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi

👉Tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha kechiktirib to‘lash huquqi berildi

👉 Uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilandi

👉 QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) soliq hisobotini topshirishda xabardor etish orqali amalga oshiriladi

👉 Umumiy ovqatlanish korxonalariga AOS, foyda, suv, yer, mol-mulk soliqlari va yig‘imlar bo‘yicha 15.08.2021-yil holatiga mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 01.01.- 01.07.2022-yilgacha bo‘lib to‘lash huquqi berildi

👉 Tadbirkorlik subyektlari umumiy maydoni 1 000 kv.m.dan ortiq bo‘lgan yer va ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganda mol-mulk va yer solig‘i to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi berildi

👉 Moʻynoq tumanidagi ayrim tadbirkoriar uchun bir qator soliq stavkalari 1%, Tuproqqalʼa, Yangiariq, Yangibozor tumanlaridagi tadbirkorlar uchun esa 50% etib belgilandi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan:

🏘mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;

🛍🛒tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;

🚙🛣chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari tasdiqlandi.

✍️O‘RQ-742 30.12.2021
________
#новое_в_законодательстве

Законом «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2022 год» утверждены:

🏘 минимальные ставки арендной платы для физических лиц, сдающих в аренду помещения и автотранспорт;

🛍🛒 предельные ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров;

🚙🛣 ставки сборов за въезд на территорию и транзит по территории Узбекистана автотранспортных средств из иностранных государств.

✍️ЗРУ-742 от 30.12.2021

Тelegram | Facebook | Youtube|
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar" телеканали "Yangi davr" дастурида: Олот туманида янги йил байрами арафасида замонавий мактаб янгидан қуриб фойдаланишга топширилди. Ушбу таълим даргоҳи қурилмасидан олдин “Асажам” маҳалласи ўқувчилари 5 км узоқликдаги мактабга қатнаб ўқишган

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Sevimli TV “Zamon” informatsion dasturida:

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Asajam qishlog‘i aholisining ko‘p yillik orzusi amalga oshdi. Bu yerda Davlat soliq qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 330 o‘rinli zamonaviy umumtaʼlim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi
Бухоро вилояти давлат солиқ бошқармаси 2022 йил бошидан “Солиқчи – тадбиркорга кўмакчи” тамойили асосида вилоятимиз ҳудудида фаолият олиб бораётган корхона ва якка тартибдаги тадбиркорларга тезкорлик билан кўмак бериш ҳамда улар билан доимий алоқада бўлиш мақсадида “Солиқ тўловчиларнинг шахсий ҳисоб варақалари бўйича муаммолари” (https://t.iss.one/+Ajs9fu8FUgNlZDZi) телеграм каналини йўлга қўйди.
Ушбу гуруҳ Бухоро вилоятидаги солиқ тўловчиларнинг шахсий ҳисоб варақаларидаги мавжуд муаммоларни бартараф этадилар.
Қўшимча маълумотлар учун (65-221-27-85, 99-015-06-26, 95-600-06-26 телефон рақамига мурожаат қилишингиз мумкин.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

✔️Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi ham saqlab qolindi.

🔁Soliq stavkalari o‘rtacha 1,1 baravarga, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari (sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va kommunal xo‘jaliklardan tashqari) uchun esa 1,3 baravarga indeksatsiya qilindi.

💦Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish (o‘stirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkalari saqlab qolindi – 1 м³ uchun 40 so‘m.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

2022-yil 1-yanvardan soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing ❗️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 "ZO‘R" TV "Bu kun" dasturida:

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Asajam qishlog‘i aholisining ko‘p yillik orzusi amalga oshdi. Bu yerda Davlat soliq qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 330 o‘rinli zamonaviy umumtaʼlim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek
Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘ling

2022-yil 1-yanvardan
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ladi.

💳Mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi

🧾Avtomobil sotib olganlik, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

✔️Yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;
✔️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi – 0,95% (Soliq kodeksi 429-modda);
✔️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i hisobotlarini taqdim etish – joriy soliq davrining 1-mayiga qadar (Soliq kodeksi 431-modda) saqlab qolindi.

🔁Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilindi.

🏗Geologiya-qidiruv va (yoki) qidiruv ishlari uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq solish obyektidan chiqarib tashlandi.

📑Soliq to‘lovchilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram