Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.63K photos
1.61K videos
43 files
4.81K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliqchi_komakchi

Davlat soliq qo‘mitasi Asajam qishlog‘ida zamonaviy maktab bunyod etdi

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Asajam qishlog‘i aholisining ko‘p yillik orzusi amalga oshdi. Bu yerda Davlat soliq qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 330 o‘rinli zamonaviy umumtaʼlim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu ziyo maskanining yangi yil arafasida foydalanishga topshirilgani asajamliklarga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

👉Ochilish marosimidan videoreportaj

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 "Diyor yangiliklari” informatsion dasturining 29-dekabr sonida:

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Asajam qishlog‘i aholisining ko‘p yillik orzusi amalga oshdi. Bu yerda Davlat soliq qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 330 o‘rinli zamonaviy umumtaʼlim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga sharh

🖊Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.

📝Qonundan qanday yangiliklar o‘rin olgan? Batafsil mutaxassislar sharhida.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buxoroda soliq majburiyatlari o‘z vaqtida ixtiyoriy bajarilish darajasi 112,8 foizga yetdi

⚡️ Bugun mamlakatimizning barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoroda ham har bir fuqaro va har bir tadbirkor soliq tizimidagi o‘zgarishlarni o‘z faoliyatida his qilyapti.
⚡️ Buni viloyatda soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida ixtiyoriy bajarilish darajasi 2016 yilda 109 foizni tashkil qilgan bo‘lsa joriy yilda 112,8 foizga ko‘tarilganidan ham bilish mumkin.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda 2021 yilda foyda, suv va yer solig‘i to‘lovchilari soni 7 000 dan oshdi

⚡️ Buxoroda soliq yukining teng taqsimlanishi va pasayishi natijasida foyda va yer hamda mol-mulk solig‘i to‘lovchilari soni oxirgi 5 yilda 8 baravardan oshdi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari 16 baravarga ko‘paydi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
2021 yilda buxorolik tadbirkorlar har oyda byudjetga 180,0 mlrd. so‘mdan ortiq soliq to‘ladilar

Buxoroda yig‘ilayotgan soliq miqdori o‘tgan yilga nisbatan 500,0 mlrd.so‘mdan oshgan bo‘lsa jami soliqlar 2,4 trillion so‘mdan oshmoqda.
Ta’kidlash lozim, oldingi yillarda viloyatda bunday natija kuzatilmagan. Bunday natijalarning eng muhim omili tadbirkorlarning islohotlarga bo‘lgan ishonchi oshganidandir.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda 2021 yilda 4 500 dan ortiq tadbirkorlik subektlari 600 mlrd. so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi

⚡️ Joriy yilda soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida Buxoroda turli yo‘nalishlardagi 4 500 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida 600 mlrd.so‘mdan ortiq qo‘shimcha mablag‘lar qoldirildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda joriy yilda mahalliy byudjet ixtiyoriga rejadan tashqari 400,0 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar qoladi

❇️ Tahlillarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan o‘rtacha 108,7 foiz. o‘sish bilan farqlanadi.

⚡️ Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan 5 yillikka solishtirilganda, ya’ni 2016 yilga nisbatan 185,3 foizga oshgan. (2016 yilda viloyatning mahalliy byudjeti ixtiyoriga 5,6 mlrd.so‘m qo‘shimcha daromadlar qoldirilgan).

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda ko‘rilgan choralar natijasida 2021 yilda faoliyat yuritmayotgan 1 160 ta korxona o‘z faoliyatini tikladi

⚡️ Viloyatda davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyatsiz soliq to‘lovchilarning muammolari manzilli o‘rganilib, ular faoliyatini tiklashga ko‘maklashilgani natijasida faoliyat ko‘rsatmayotgan 1 160 ta korxonalarning 38 % o‘z faoliyatini tikladi.

Pirovardida, byudjetga 0.8 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliq to‘lovlari undirildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 28 932 tani tashkil etadi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda 11488 ta holatda tadbirkorlik subyektlarining hisobotlaridagi xato va kamchiliklari soliq organlari bilan hamkorlikda tuzatildi

⚡️ Viloyatda o‘tgan 12 oy davomida o‘tkazilgan sifatli soliq nazoratlarida barcha soliq to‘lovchilarga mavjud kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha imkoniyat berildi.

❇️ O‘tkazilgan soliq nazorati natijasida 11 488 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlarining xato va kamchiliklari aniqlanib, ixtiyoriy ravishda qayta hisobotlar taqdim etilishiga imkon berildi.
Pirovardida, tadbirkorlar byudjetga 131 mlrd. so‘mlik soliq to‘lovlarini ixtiyoriy to‘lab berdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda bo‘sh turgan 1 160 ta obyekt faoliyatini tiklashi natijasida 1 359 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qaroriga asosan joriy yilda viloyat bo‘yicha 4 499 ta bo‘sh turgan obyektlar aniqlanib, ularga nisbatan 61,1 mlrd. so‘mlik ta’sirchan soliq mexanizmlari qo‘llanildi.
Joriy yilda 1 160 ta obyektning faoliyati tiklanishi natijasida 1 359 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Natijada byudjetga qo‘shimcha ravishda 29,7 mlrd. so‘mlik mablag‘ kelib tushdi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda o‘tgan 12 oy davomida “Onlayn” nazorat kassa mashinalaridan foydalanayotgan tadbirkorlarning soni 10 900 dan oshdi

⚡️ Ayni paytda Buxoro viloyatida 10 900 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud. E’tiborlisi, ularning barchasida “Onlayn” nazorat kassa mashinalari o‘rnatilgan. Bu o‘z-o‘zidan ushbu korxonalarning shaffof va ochiq faoliyat ko‘rsatayotganini anglatadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha aholi bilan naqd pulda hisob kitob qiluvchi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining barchasida onlayn NKM o‘rnatildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda 2021 yilda 738 ta korxonaning hisob raqamiga
289,0 mlrd. so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib berildi

⚡️ Viloyat davlat soliq boshqarmasiga 12 oy mobaynida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish bo‘yicha 3 271 ta korxonadan 615,8 mlrd. so‘mlik (shundan 2021 yil davomida 126 ta eksportyordan 180 mlrd. so‘mlik) arizalar kelib tushgan.
Shundan, 738 ta korxonaning hisob raqamiga 289 mlrd. so‘m (shundan 2021 yil davomida 61 tasi 64,2 mlrd.so‘m eksportyor) mablag‘lar qaytarib berildi.
QQS soliq to‘lovchilariga bevosita yordam berib, ularning hisobotlarini to‘g‘irlashga ko‘mak berilishi natijasida qo‘shimcha soliq bazasi yaratilib, soliq to‘lovchilar tomonidan byudjetga 200 mlrd. so‘mdan ortiq soliq to‘lovlari to‘lab berildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Buxoroda 2021 yilda 28 001 ta norasmiy ish o‘rinlari legallashtirildi

⚡️ Viloyatda o‘tgan 2021 yil davomida 28,0 ming ta ish o‘rinlari legallashtirilishi natijasida byudjetga 5,0 mlrd. so‘mdan ortiq qo‘shimcha tushum manbasi yaratilib fuqarolarning faoliyatlari qonuniylashtirildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI JAMOASI BARCHA YURTDOSHLARIMIZNI YANGI YIL BILAN QUTLAYDI. 👍
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2022-yil bilan qutlaydi.
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshliĝi barcha yurtdoshlarimizni hamda tadbirkorlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etadi.