Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.88K photos
1.66K videos
45 files
4.99K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

Buxoro viloyati – 87 % bilan umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar – Top-3 talikdan joy 👉egalladi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#mahallabay

Buxoroda 242 ming nafar mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchilari oxirgi muddatni kutmasdan jami 264.0 mlrd so‘mlik soliq to‘lovlarini to‘liq to‘lab qo‘yishdi


Buxoroda mahalla soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda aniq maqsad va vazifalar asosida ish yuritmoqdalar.

Joriy yil avgust oyidaMahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra Buxoro viloyatining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 87.0 ballni tashkil etdi. Umumiy reytingda esa Buxoro viloyati soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar qatoridan joy oldi.

Jumladan, Romitan tumanidagi “Bog‘cha”, “O‘ba” va “Romitan” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Hamidov Aziz Elmurodovichning joriy yil avgust oyidagi samaradorlik ko‘rsatkichi 90.0 baldan yuqori baholangan.

👉 Batafsil

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Joriy yil avgust oyida
Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra Buxoro viloyatining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 87.0 ballni tashkil etdi. Umumiy reytingda esa Buxoro viloyati soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar qatoridan joy oldi.

Jumladan, Romitan tumanidagi “Bog‘cha”, “O‘ba” va “Romitan” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Hamidov Aziz Elmurodovichning joriy yil avgust oyidagi samaradorlik ko‘rsatkichi 90.0 baldan yuqori baholangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Joriy yil avgust oyida
Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra Buxoro viloyatining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 87.0 ballni tashkil etdi. Umumiy reytingda esa Buxoro viloyati soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar qatoridan joy oldi.

Jumladan, Romitan tumanidagi “Bog‘cha”, “O‘ba” va “Romitan” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Hamidov Aziz Elmurodovichning joriy yil avgust oyidagi samaradorlik ko‘rsatkichi 90.0 baldan yuqori baholangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay

Mahallabay” tizimining sentabr oyi reytingida Buxoro viloyati – 86,2 % ball bilan respublika boʻyicha TOP-3 talikdan oʻrin oldi

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:

📍Xorazm viloyati – 87,4 %;
📍Buxoro viloyati – 86,2 %;
📍Jizzax viloyati – 85,1 %.


Viloyatdagi 544 ta mahallalarga biriktirilgan 261 nafar soliq inspektorlarning sentabr oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 dan yuqori ball jamg‘argan 69 nafar, (shundan 2 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook | Instagram
#mahallabay

Buxoro viloyati “Mahallabay” tizimining oktabr oyi reytingida – 86,5 ballni qayd etdi

Viloyatda mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning oktabr oyi reytingi koʻrsatkichlari:

75 - 80 ball - 29 nafar, 90 balldan yuqori - 88 nafar, 100 ball - 9 nafar

Maʻlumot uchiun, Mahallabay” tizimida viloyat boʻyicha 544 ta mahallada 261 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib boradi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

Buxoro viloyati noyabr oyida umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar qatorida birinchilikni egalladi

90 dan yuqori ball jamg‘argan 63 nafar, (shundan 8 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida Buxoro viloyati boʻyicha 544 ta mahallada 258 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

Buxoro viloyati 2025-yil yanvar oyida umumiy reytingda 86,7 ball bilan soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar qatoridan joy oldi

90 dan yuqori ball jamg‘argan 102 nafar, (shundan 17 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida Buxoro viloyati boʻyicha 544 ta mahallada 261 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#mahallabay #korxonabay

Buxoro viloyatida “korxonabay” ishlash tizimida 64 nafar, "mahallabay" tizimida 261 nafar soliq inspektori soliq to‘lovchilarga xizmat ko’rsatadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.

Xususan bugungi kunda Buxoro viloyatida

▪️“korxonabay” ishlash tizimida 12 342 ta QQS toʻlovchi korxonaga 64 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 544 ta mahallaga 261 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:

▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️Mahallabay tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.

Soliq toʻlovchilar faoliyati

▫️️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#Mahallabay

Qorako‘l tumani soliq inspektori Boburbek Ashurovga biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlar soni ortmoqda

Buxoroda mahalla soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda aniq maqsad va vazifalar asosida ish yuritmoqdalar.

Ta’kidlash lozim, “Mahalla yettiligi”ga kiritilgan soliq xizmati organi xodimlarining asosiy vazifasi - o‘ziga biriktirilgan hududdagi ishchi-xodimlarni legallashtirish, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni faoliyatini qonuniylashtirishga ko‘maklashishi va shu orqali soliq bazasini kengaytirishdan iborat.

Ayni shu maqsadda Qorako‘l tumani “Tinchlik”, “Do‘stlik” va “Tayqir” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Boburbek Ashurov ham hududidagi soliq to‘lovchilar bilan hamkorlikda “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

👉 Batafsil o'qing

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#mahallabay

Jondor tumani soliq inspektori Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

Buxoroda mahalla soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda aniq maqsad va vazifalar asosida ish yuritmoqdalar.

Ta’kidlash lozim, “Mahalla yettiligi”ga kiritilgan soliq xizmati organi xodimlarining asosiy vazifasi - o‘ziga biriktirilgan hududdagi ishchi-xodimlarni legallashtirish, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni faoliyatini qonuniylashtirish hamda aholi o‘rtasida soliq qonunchiligiga oid targ‘ibot ishlarini olib borish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir.

Buxoro viloyati Jondor tumani soliq inspeksiyasi inspektori Shahzodbek Baxronovning faoliyati bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Shahzodbek Baxronovga biriktirilgan "Baxoriston”, "Qorovul”, "Tinchlik” mahallalarida, soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilibgina qolmay, soliq solinadigan bazani kengaytirishga ham faol yordam bermoqda.

Joriy yilning yanvar oyi natijalariga ko‘ra uning faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari (KPI)da 100 ballga baholandi.
Uning ko‘magi bilan qisqa davrda ushbu mahallalarda moliyaviy qiyinchilik tufayli vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan 8 ta subyektning faoliyati tiklandi, noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 5 ta norasmiy tadbirkorlarning faoliyati qonuniylashtirildi. Bundan tashqari, joriy yil boshidan uyida norasmiy daromad topib kelayotgan 66 nafar fuqaroni o‘zini o‘zi band qildi.

Shuningdek, mahallada aholining mol-mulk va yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlash maqsadida, soliqlarni ixtiyoriy ravishda to‘lashning ahamiyatini tushuntirmoqda.

Mehnatning albatta rag‘bati bor. Shahzodbek Baxronovning ham mehnatlari e’tirof etilib, Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallabay

Qorako‘l tumani soliq inspektori Boburbek Ashurovga biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlar soni ortmoqda

Buxoroda mahalla soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda aniq maqsad va vazifalar asosida ish yuritmoqdalar.

Batafsil lavhada


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#mahallabay

Soliq inspektori Nasiba Xojiyeva soliq solinadigan bazani kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda


Kogon shahar soliq inspektori Nasiba Xojiyevaga shahardagi “Ziyokor” hamda “Mustaqillik” mahallalari biriktirilgan. U o‘ziga biriktirilgan mahallalarida, soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilibgina qolmay, balki hududidagi tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat yuritishiga, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini legallashtirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Soliq inspektori hududidagi aholi bilan ishlashdagi xushmuomalasi, tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirishda ularga yaqindan turib madat berishi uning mahallada hurmat-ehtirom qozonishiga sabab bo‘lmoqda.
Mahalla yettiligi bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib ishlashi natijasida soliq to‘lovlarnini o‘z vaqtida budjetga kelib tushishiga erishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, unga biriktirilgan mahallalarning bugungi kundagi qiyofasi o‘zgarib, tadbirkorlik subyektlarining soni ortib bormoqda.

Soliq tushumlaridan Mahalla ixtiyoriga qoladigan mablag‘larning to‘g‘ri yo‘naltirilayotgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Nasiba Xojiyevaning qo‘llab-quvvatlashi va bevosita yordami bilan, joriy yil boshidan moliyaviy qiyinchiliklar sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan to‘rtta tadbirkorlik subyekti faoliyati qayta tiklandi.

Undan tashqari, avval noqonuniy ishlagan 5 nafar tadbirkorlar bilan tushuntirishlar olib borilib ularning faoliyati qonuniylashtirildi, 30 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa ularning kelajakda kichik biznesdan katta biznesga o‘tishlariga zamin yaratdi. Nasiba Xojiyeva tizimdagi ma’suliyatli ishlarda nafaqat Kogon shahrida, balki viloyatda yuqori natijalarga erishmoqda.

Aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va xalqimizni soliq madaniyatini yuksaltirish hozirgi kecha-kunduzdagi muhim vazifalardan biridir. Bu borada Kogon shahridagi soliq inspektori Nasiba Xojiyevaning ezgu va xayrli ishlari mahalla taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube