Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.89K photos
1.66K videos
45 files
4.99K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

E’LON


📢 Hurmatli tadbirkorlar❗️

🗓 17-yanvar kuni viloyat soliq boshqarmasi binosida soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

📌 Seminarda Soliq qo‘mitasi hamda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib ularni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratadilar.

📍Manzil: M.Iqbol ko‘chasi 14-uy.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Mazkur seminarga barcha tadbirkorlik subyektlari vakillarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilarni taklif qilamiz.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

E’LON


📢 Hurmatli tadbirkorlar❗️

🗓 Bugun 17-yanvar kuni viloyat soliq boshqarmasi binosida soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

📌 Seminarda Soliq qo‘mitasi hamda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib ularni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratadilar.

📍Manzil: M.Iqbol ko‘chasi 14-uy.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Mazkur seminarga barcha tadbirkorlik subyektlari vakillarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilarni taklif qilamiz.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta xomashyosi realizatsiya qilinganda EHF bilan birga tovar-transport yuk xati ham rasmiylashtiriladi


"Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini izchil qo‘llashni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.
👉PF-7-son 17.01.2025-y

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab paxta xomashyosi va undan tayyorlanadigan barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha EHFni rasmiylashtirish chog‘ida bir vaqtning o‘zida tovar-transport yuk xatini (TTY) rasmiylashtirish ham talab etiladi. Bunda:

📑ushbu mahsulot turlarining ro‘yxati Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi (tovarlar va xizmatlar) kodlari asosida Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;

❗️2025-yil 1-apreldan keyin omborlarda saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralarning EHF va TTY rasmiylashtirilmagan qoldiqlari soliq organlari tomonidan hisobga olinmaydi (inventarizatsiyadan o‘tkazilmaydi) va soliq solish maqsadida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb hisoblanadi hamda soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) sifatida baholanadi.

Tadbirkorlik subyektlari ushbu muddatda paxta xomashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha mavjud tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha ma’lumotlarni soliq organlari ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlashlari shart.

Soliq qo‘mitasiga ikki oy ichida tadbirkorlik subyektlariga o‘z hisobotlari asosida qolgan tovarlarning turi va miqdorini ko‘rsatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish vazifasi topshirildi.

🗒 Ma’lumot uchun: 2024-yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan esa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.
_________
#новое_в_законодательстве

При реализации хлопка-сырца вместе с ЭСФ будет также оформляться товарно-транспортная накладная

Принят Указ Президента "О мерах по последовательному продолжению применения рыночных механизмов при выращивании и реализации хлопка-сырца".
👉№УП-7 от 17.01.2025 г.

Согласно документы с 1 апреля 2025 года при оформлении ЭСФ по хлопку-сырцу и всем видам изготавливаемой из него продукции требуется также одновременное оформление товарно-транспортной накладной (ТТН). При этом:

📑перечень видов данной продукции утверждается Налоговым комитетом по кодам Единого электронного Национального каталога продукции (товаров и услуг);

❗️после 1 апреля 2025 года остатки хранящихся на складах товарно-материальных запасов, на которые не оформлены ЭСФ и ТТН, не подсчитываются (не проходят инвентаризацию) налоговыми органами и в целях налогообложения признаются отсутствующими на складе налогоплательщика и оценивается как сокрытие (занижение) налоговой базы.

🖥В этот срок субъекты предпринимательства должны обеспечить включение в базу данных налоговых органов всех сведений об имеющихся товарно-материальных запасах по хлопку-сырцу и переработанной из него продукции.

Налоговому комитету поручено в двухмесячный срок запустить программное обеспечение, предоставляющее субъектам предпринимательства возможность показывать виды и объемы товаров, которые находятся в остатке на основании их отчетов.

К сведению. С 1 апреля 2024 года для крупных налогоплательщиков, с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-30-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilandi;

🔹yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) mavjud emasligi to'g'risidagi tartib maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz❗️ Ilgari yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etilar edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisobotni avtomatik ravishda shakllantirish yoʻlga qoʻyiladi


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-32-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹Soliq organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shaklantirib berish yoʻlga qoʻyiladi.

🔹Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliqlar avtomat hisoblanib, hisobotda shakllantirib beriladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, soliq toʻlovchilar suv soligʻi hisoboti shaklining 0701 va 0702-satrlariga Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda taqdim etib kelgan.

Endilikda soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻri va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki eʼtirozlar mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ko‘rib chiqib, 15-dekabrga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.

🖇Maʻlumot uchun, qishloq xoʻjaligi korxonasi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar noqishloq maqasadlarida foydalanilgan suv resusrlari uchun vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini taqdim etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan holda taqdim etilmaganda, soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisobotni avtomatik ravishda shakllantirish yoʻlga qoʻyiladi


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-32-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹Soliq organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shaklantirib berish yoʻlga qoʻyiladi.

🔹Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliqlar avtomat hisoblanib, hisobotda shakllantirib beriladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, soliq toʻlovchilar suv soligʻi hisoboti shaklining 0701 va 0702-satrlariga Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda taqdim etib kelgan.

Endilikda soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻri va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki eʼtirozlar mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ko‘rib chiqib, 15-dekabrga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.

🖇Maʻlumot uchun, qishloq xoʻjaligi korxonasi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar noqishloq maqasadlarida foydalanilgan suv resusrlari uchun vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini taqdim etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan holda taqdim etilmaganda, soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yaylov yerlari soliqqa tortilmaydi

"Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-15 30.01.2025-yil

Hujjatga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xo‘jaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yer maydonlari soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan yer solig‘i stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
👉Soliq kodeksining 429-moddasi
_____
#новое_в_законодательстве

Пастбищные земли не будут облагаться налогом

Принят Указ Президента "О мерах по внедрению современных механизмов охраны и рационального использования пастбищ".
👉№ УП-15 от 30.01.2025 г.

Согласно документу, пастбищные земельные площади, находящиеся в постоянном пользовании Каракалпакского, Бухарского, Джизакского, Кашкадарьинского, Навоийского, Самаркандского и Сурхандарьинского пастбищных хозяйств, не включаются в налогооблагаемую базу.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

В соответствии с действующим законодательством, за земли, расположенные в богарно-пастбищной зоне, земельный налог уплачивается с применением понижающих коэффициентов к налоговым ставкам, установленным Кенгашами народных депутатов районов и городов.
👉ст.429 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish

“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-33, 30.01.2025-yil

2025-yil 1-maydan tadbirkorlar tan olgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi:

◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olganda, soliq organi mustaqil ravishda bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan va e'tiroz bildirgan taqdirda, amaldagi tartibga muvofiq sud tomonidan hal etilishi belgilanmoqda.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi tartib qanday?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.

◽️Soliq organi faqat 10 kundan ko‘p bo‘lmaganda hisobvaraq operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
◽️10 kundan ko‘p bo‘lganda, faqat sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 111-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiya jalb etish va yer solig‘i tizimiga yangi o‘zgarishlar kiritildi

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-18, 03.02.2025-y

2025-yil 1-iyulgacha xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilib, 2026-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqiladi.

Unga ko‘ra:

◽️Xalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun yer solig‘i stavkalariga nisbatan oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash;

◽️ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali oshganda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorini oshirmaslik, ya’ni ijaraga berilgan paytdagi normativ qiymatga asosan soliq hisoblash;

◽️ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali tushib ketganda – yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorini mutanosib ravishda 3 karragacha oshirish;

◽️Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga mos bo‘lgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan bazaviy stavkada hisoblash;

◽️Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga nisbatan ko‘p yoki kam bo‘lgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘iga bazaviy stavkaga nisbatan mutanosib ravishda 3 karragacha kamaytiruvchi va 3 karragacha oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash.

2028-yil 1-yanvarga qadar – organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organik va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i 50% miqdorda to‘lanadi.

Soliq qo‘mitasi 1 oy muddatda o‘z axborot tizimlarida yer uchastkasida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari va hajmlari, shuningdek, realizatsiya qilingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib borish uchun texnik imkoniyatini ta’minlaydi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholi bandligini ta'minlash uchun moliyaviy yordam ajratish tizimi takomillashtiriladi

Aholiga moliyaviy yordamlarni ajratish tizimini soddalashtirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda manzilliligini ta'minlash maqsadida, Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-64-son, 14.02.2025-yil

Qarorga ko‘ra:

"Kambag‘allikdan farovonlik sari"
dasturida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilishini tashkil etish hamda kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordamlar ajratilishi belgilanmoqda. Bunda:

▫️Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar moliyaviy yordamlarni olgandan so‘ng bir oy muddatda soliq idoralaridan tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi zarur;

▫️tadbirkorlik subyektlariga ssudalar ularning soliqlar va yig‘imlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda ajratiladi.

Mamlakatimizda ehtiyojmand aholini o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ishsiz fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xaridi uchun davlat tomonidan subsidiya va boshqa moliyaviy yordamlarni ajratish tizimi joriy etilgan. Ushbu maqsadlarga har yili 140 mingdan ortiq aholiga mablag‘lar ajratilmoqda.

🖇Ma’lumot uchun: O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar “Soliq" mobil ilovasi orqali soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Yoshlarning tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, startap va innovatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur egallashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida Prezident qarori qabul qilindi
👉PQ-62-son, 14.02.2025-y

Hujjatga koʻra:

2025 – 2027-yillarda “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida:

▫️350 mingta yoshni qamrab olish, jumladan 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablagʻlarni ajratish, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yoʻnalishidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga koʻra:

▫️18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, ijtimoiy soliqni toʻlagan oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga imtiyozli mikroqarz sifatida sugʻurta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi taʼminoti ostida 7 yil muddatgacha, shu jumladan, asosiy qarz boʻyicha 2 yilgacha imtiyozli davr va foiz toʻlovlari boʻyicha 3 oygacha imtiyozli davr bilan 100 million soʻmgacha mablagʻlar onlayn tarzda ajratiladi.

🖇Mazkur kredit malagʻlari:
▫️ chorvachilik, parrandachilik hamda qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlaridagi faoliyatni;
▫️ ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish;
▫️hunarmandchilik jihozlarini sotib olish va aylanma mablagʻlarni toʻldirishga;
▫️ fan, sanʼat va sport yoʻnalishlarida oʻz qobiliyatini namoyon etgan iqtidorli yoshlarni hamda frilanserlik xizmatlarini koʻrsatuvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi.

❗️Maʼlumot uchun: 2024-yilda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshdi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun videoqo‘llanmadan foydalaning

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📌 Qarovsiz qoldirgan tomorqa egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi

🔘Davlatimiz rahbarining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo’jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi” Farmoni e’lon qilindi.

💠Endilikda aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi.

🔹O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa quyidagi choralar qo‘llaniladi.

🔹Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.

🔹Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.

🔹Yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube