Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.77K photos
1.62K videos
45 files
4.88K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Seminar

Buxoroda tadbirkorlar uchun soliq qonunchiligidagi o‘zgartishlar yuzasidan ko‘rgazmali
seminar bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligidagi o‘zgartishlar yuzasidan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyatning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan 200 nafardan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari, soliq xizmati xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdilar.

Unda yildan-yilga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada qulay sharoit yaratish, soha subyektlariga soliq yengilliklari berish borasida tub islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

👉 BATAFSIL

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📌Buxoro viloyati soliq boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligidagi o‘zgartishlar yuzasidan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Seminar

Qorovulbozorlik tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali
seminar tashkil etildi

🔹Joriy yildan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, xususan, tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmali seminarlar davom etmoqda.

🔹Bugun ana shunday seminarlarning navbatdagisi viloyatimizning olis hududlaridan sanalgan Qorovulbozor tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda tuman hokimligi mas’ullari va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

🔹Ko‘rgazmali seminarda mutaxassislar yig‘ilganlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni slayd va videoroliklar hamda tarqatma materiallari orqali batafsil tushuntirib berdilar.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlar yuzasidan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Тelegram | Facebook | Instagram
#mahallabay
#seminar

Kogon tumanida "mahalla yettiligi" uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda


Bugungi o‘quv seminarida Kogon tumani soliq inspektorlari ham ishtirok etib, soliq inspektorining asosiy vazifalari va mexanzmlari yuzasidan zarur ma’lumot va tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Seminarda ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.

Ta’kilash lozim, ushbu o‘quvlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda kasbiy faoliyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

O‘quvlar yakunida ishtirokchilardan test sinovlari olinib, tinglovchilarning mavzular bo‘yicha o‘zlashtirganlik darajasi aniqlanadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#seminar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Kogon shahrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Jumladan, 2024-yilning 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi qaytarilishi, hamda 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi ya’ni 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda budjetga to‘langan soliqning 40 foizi hamda 60 foizdan kam bo‘lganda budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytarilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Seminarda shuningdek soliq qonunchiligiga oid so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimachalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_siyosati_2025
#seminar

Soliq xodimlari uchun soliq qonunchiligidagi yangiliklarga bag‘ishlangan
seminar o‘tkazildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida boshqarma va hududiy soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibi xodimlari uchun Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda 2025-yilda soliq siyosatidagi yangiliklarga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi.

Unda yig‘ilganlarga O’zbekiston Respublikasining 2025- yilga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasi doirasida qonunchilikka kiritilgan asosiy o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 24.12.2024 yildagi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-1014-sonli Qonuni, O’zbekiston Respublikasining 24.12.2024 yildagi “2025-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O’RQ-1011-sonli Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasining 24.12.2024 yildagi “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-1013-sonli Qonunlari mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonun hujjatlari bilan Soliq kodeksining 37 ta moddasiga, shuningdek Budjet kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Aytib o‘tish kerak ushbu o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va investitsion muhitni yaxshilash hamda budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashdir.

Tadbirda QQS va AOS to'lovchilarga berilgan soliq yengilliklari, soliq stavkalari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan soliq imtiyozlari shuningdek soliq xizmati xodimlariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari, soliq nazorati, resurs soliqlarining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash hamda qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq va boshqa stavkalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan malakali javob berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.



Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#seminar

Soliq qo‘mitasi tomonidan Buxoroda tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali
seminar va ochiq muloqot tashkil etildi

Ma’lumki, har yilning yakunida keyingi yil uchun soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda budjet parametrlari tasdiqlanadi.

Shunga muvofiq, soliq qo‘mitasi va viloyat soliq boshqarmalari rahbariyati yangi yilning boshidanoq joylarda soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil qilib, ularga soliq siyosatidagi yangiliklarni yetkazadilar.

17-yanvar kuni Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan ana shunday uchrashuvlar Buxoro viloyatida ham tashkil etildi.

Seminarda viloyatdagi jami 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat hamda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilar ishtirok etdilar.

Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va departament direktori Komil Saidov hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashevlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berdilar.

Xususan, tegishli qonun hujjatlari bilan Soliq kodeksining 37 ta moddasiga, shuningdek Budjet kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani, asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolganligi, 2028-yilga qadar QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi, shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun berilgan rag‘batlantirishlar, bundan tashqari, yer va mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar hamda turli sohalarga berilgan soliq imtiyozlariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda ma’ruzachilar yig‘ilganlarga 2025-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar asosida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlarni batafsil tushuntirib, ularni amaliyotda qo‘llash tartib-taomillarini ham ko‘rsatib o‘tdilar.

Ta’kidlash lozim, ushbu ko‘rgazmali seminar soliq ma’muriyatchiligini joriy etish va aholiga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda soliq qo‘mitasining rahbariyati seminarning ikkinchi qismida mahalliy tadbirkorlar va eksportyorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammoli masalalarni o‘rganishga hamda ularni ijobiy hal etishda ko‘maklashishga e’tibor qaratdilar.

Jarayonda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar vakillari o‘z faoliyatlarida bugungi kunda yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni o‘rtaga tashladilar.

Muloqotlarda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, eksportyor korxonalarga eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishda uchrayotgan ayrim to‘siq va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Yuzma-yuz uchrashuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga soliq qo‘mitasi va viloyat soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Belgilangan reja-grafikka muvofiq soliq qonunchiligidagi yangiliklarini barcha soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida soliq boshqarmasi tomonidan ana shunday uchrashuvlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham o‘tkaziladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi

🗓Joriy yilning 13–17-yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida 2025-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

Quyidagi viloyatlarda seminarlar o‘tkazildi:
📱 Xorazm viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Surxondaryo viloyati
📱 Jizzax viloyati
📱 Buxoro viloyati
📱 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📱 Farg‘ona viloyati

Bu kabi seminarlar soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etishda va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Soliq qo‘mitasi tomonidan Buxoroda tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali
seminar va ochiq muloqot tashkil etildi

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar tadbirkorlarga yetkazildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tomonidan Qorako‘l tumanida Olot va Qoroko‘l tumanidagi tadbirkorlar uchun 2025-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarni yetkazish va ularning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan masalalarni o‘rganish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berdilar.

Xususan, asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolganligi, 2028-yilga qadar QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi belgilab qo‘yilganligi, yer va mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar hamda turli sohalarga berilgan soliq imtiyozlariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Jarayonda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda ayrim tadbirkorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#seminar #soliq_siyosati_2025

Hududlarda tadbirkorlar uchun seminarlar tashkil etilmoqda

Xabar berib borayotganimizdek viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida hududlarda O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonunlari bilan soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o‘zgartishlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda.

Romitan tumanida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Seminarda tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan savollarga soliq xodimlari tomonidan batafsil javoblar berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar aks etgan maxus qo‘llanmalar tarqatildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tashkilot ijobiy imidjini shakllantirishda ochiqlik va axborot siyosatining o‘rni


Soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Sadoqat Aslanova seminar-trening o‘tkazdi.

Dastlab videkonferensaloqa orqali hududiy soliq boshqarmalari Matbuot xizmati xodimlari ishtirokida “Davlat xizmatida media va axborot savodxonligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida S.Aslanova sohaga oid dolzarb mavzularda maʼruza qildi.

Xususan, seminarda –

🔵ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash;
🔵tashkilot imijini yaratish;
🔵rasmiy munosabat bildirish;
🔵mediakontent yaratishda eʼtibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar;
🔵inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish;
🔵vizual kontent, uning matnga nisbatan samaradorligi;
🔵tashqi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan so‘ng, Markaziy apparat xodimlari uchun offlayn shaklda "Davlat organlari ochiqligini taʼminlashda samaradorlik va natijadorlik" mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida S.Aslanova olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari haqida tezkor, xolis hamda birinchi manbaa sifatida to‘liq axborot yetkazish, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan faol muloqot o‘rnatish, eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga o‘z vaqtida va sifatli munosabat bildirish tashkilot faoliyati ochiqligini taʼminlashda muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM