Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_tekshiruvi

Kameral
soliq tekshiruvi: xatolikni bartaraf etgan 6 mingta subyektda soliq auditi oʻtkazilishining oldi olindi

Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchining ishtirokisiz, uning hududga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkazilmoqda.

2023-yil sentabr-dekabr oylarida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarida qariyb 6 mingta subyektlar tomonidan 2,1 trln soʻmlik qayta hisobotlar taqdim qilindi va oʻz navbatida ularning faoliyatida soliq auditi oʻtkazilishi hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Biroq, ayrim soliq toʻlovchilar berilgan yengilliklarga qaramasdan kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organlarining tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnomasiga javob bermasdan kelmoqda. Bu ularga nisbatan soliq auditi tayinlash zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Soliq toʻlovchilar faoliyatida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasi yuzasidan quyidagi hollarda soliq organlari soliq auditi tayinlashga haqli:

👉aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilmaganda;
👉aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalar taqdim etilmaganda;
👉taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilganda.


2023-yil mobaynida 53,4 mingta subyektda oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlaridan 3,6 mingtasida (6,7%) soliq to‘lovchilar tomonidan aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki yetarli asosnomalar taqdim etilmadi.

Ushbu subyektlar faoliyatida quyidagi holatlar aniqlangan:


👉soliq solish bazasini kamaytirib koʻrsatish, shu jumladan xarajatlarni sunʼiy oshirish hisobiga soliqlarni kam hisoblash;
👉huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali
soliq toʻlamaslik;
👉xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq emasligi hisobiga soliqlarning hisoblanmasdan qolganligi;
👉hisobga olinadigan
soliq summasini notoʻgʻri oshirib koʻrsatish va toʻlanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarini qoʻllash.

Hurmatli soliq to‘lovchilar, kameral soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etish tashkilotingiz faoliyatida soliq auditi tayinlanishini hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Soliq organlarining yashirin iqtisodiyot sohasidagi faoliyati

Joriy yilning dastlabki 2 oyida:

▫️Soliq” mobil ilovasining Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 17 859 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar asosida 4 288 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,4 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
👉Agar tadbirkorga shikoyat kelib tushsa, soliq tekshiruvi qanday o'tkaziladi?

▫️4 403 ta soliq to‘lovchiga nisbatan (jami soliq toʻlovchilarning 0,8 %ni) kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida 1,5 trln soʻm qoʻshimcha soliq hisoblangan. Eng katta tafovut umumiy ovqatlanish va savdo, ishlab chiqarish, qurilish, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarda aniqlangan.

▫️soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 212 ta tadbirkorlik subyektida (jami soliq toʻlovchilarning 0,04 foizini) soliq auditi oʻtkazildi;
👉Soliq auditi qanday o'tkaziladi?
__________
#цифровизация #налоговая_проверка

Работа налоговых органов в сфере теневой экономики

За первые 2 месяца этого года:

▫️о налоговых правонарушениях поступило 17,8 тысяч обращений через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq. На основании обращений проведено 4 288 выездных налоговых проверок, в 99,4 % случаев правонарушения подтвердились.
👉Как проводится проверка, если на предпринимателя поступит жалоба?

▫️камеральные налоговые проверки проведены в отношении 4,4 тысяч налогоплательщиков (0,8% от общего числа). В результате проверок доначислено около 1,5 трлн сумов налогов. Наибольшие расхождения выявлены в сферах производства, строительства, общественного питания, торговли, сельского хозяйства, транспорта;

▫️ у 212 предпринимателей с высоким риском неуплаты налогов проведен налоговый аудит (0,04% от общего числа налогоплательщиков);
👉Как проводится налоговый аудит?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda 2024-yil yanvar-aprel oylarida 478 ta soliq to‘lovchiga nisbatan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasida 79,0 mlrd soʻmdan ortiq qoʻshimcha soliq hisoblangan

2024-yil yanvar-aprel oylarida Respublikamizdagi 6 279 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (563,1 ming) 1,1 %ni tashkil etadi. Ushbu tekshiruvlar natijasida 2,8 trln soʻmdan ortiq qoʻshimcha soliq hisoblangan.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish - 1,6 trln soʻm;
🔹ishlab chiqarish – 518,1 mrld soʻm;
🔹qurilish – 432,4 mrld soʻm;
🔹transport – 127,4 mlrd soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi – 75,3 mlrd so‘m.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Joriy yil boshidan Buxoro viloyati boʻyicha “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 753 та murojaat yo‘llangan

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga yanvar-mart oylarida 753 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 463,5 mln soʻm mukofot to‘langan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda 2024-yil yanvar-may oylarida 623 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Ushbu tekshiruvlar natijasida jami 112,6 mlrd soʻmlik tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

👉O‘tkazilgan kameral
soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha toʻliq malumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

2024-yil yanvar-may oylaridaSoliq” mobil ilovasining Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida Buxoro viloyatidan 900 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning aksariyati:

🔹xarid cheki bermaslik;
🔹toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹plastik karta uchun xarid summasini oshirish va boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

👉soliq huquqbuzarliklari haqida batafsil malumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda 2024-yil yanvar-iyun oylarida 839 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Ushbu tekshiruvlar natijasida jami 146,9 mlrd soʻmlik tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

👉O‘tkazilgan kameral
soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha toʻliq malumot


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda
2024-yil yanvar-iyul oylari davomida 1 165 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan, ushbu tekshiruvlar natijasida 192,5 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

👉BATAFSIL

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda 1 403 ta soliq to‘lovchiga nisbatan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasida 201,7 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan

Soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

2024-yil yanvar-avgust oylari davomida o‘tkazilgan kameral
soliq tekshiruvlari natijalari toʻgʻrisida batafsil 👉malumot

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

2024-yil yanvar-sentabr oylari davomida Buxoroda 1 698 ta
soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilb, 345,5 mrld. soʻmlik tafovutlar aniqlangan hamda ularga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda
2024-yil yanvar-oktabr oylari davomida 1 966 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan

o‘tkazilgan kameral
soliq tekshiruvlari natijalari

Ushbu tekshiruvlar natijasida 413,8 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram