Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

"To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz
."

Sh. Mirziyoyev

Тelegram | Facebook|Instagram
#hayat

Hayʼat majlisi: 10 oylik natijalar tahlili, muhim vazifalar

Joriy yilning 10 oyi, jumladan oktabr yakuni natijalari va yilni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Hayʼat yigʻilishida Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov, qoʻmita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarma hamda inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boshliqlari ishtirok etdi.

10 oylik natijalar:

• Umumiy tushum: 152,8 trln soʻm 📈15%
• Oktabr: 17,8 trln soʻm 📈17%

“Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlarida har bir xodimning samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy etilishi natijasi va iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar zaminida 10 oylik oʻsish koʻrsatkichlari:

• Mol-mulk soligʻi ▲ 39%
• Yer soligʻi ▲ 26,3%
• Aksiz ▲ 22,4%
• Suv soligʻi ▲ 28,4%
• QQS ▲ 17,3%
• JSHODS ▲ 18,2%

Shu bilan birga, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand,Toshkent viloyatlari hamda Yirik soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish hududiy soliq inspeksiyalarida toʻliq foydalanilmayotgan yoʻnalishlar aniq koʻrsatib berildi.

Asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹toʻlov intizomini mustahkamlash orqali soliq qarzini qisqartirish;
🔹ortiqcha toʻlov summalarini hosil qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
🔹tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan subyektlarga koʻmaklashish;
🔹ogohlantirishlardan keyin ham kamchiliklarni takrorlashda davom etayotgan ayrim xavfdagi soliq toʻlovchilarga nisbatan manzilli soliq nazorati tadbirlarini samarali tashkil etish.

Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 31 nafar xodimlarga intizomiy choralar qoʻllanildi.

Shuningdek, samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash (KPI) natijasiga koʻra, 14 nafar xodimning maxsus unvoni pasaytirilib, 12 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Yigʻilish yakunida sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish hamda “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari orqali soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, shu bilan birga noyabr-dekabr oylari uchun soliq tushumlari boʻyicha nazorat koʻrsatkichlari belgilab berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Buxoro shahridagi to‘qimachilik mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Delta Rumino” korxonasi ayni paytda barqarorlik reytingining yuqori toifasida faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumki, korxona barqarorlik reytingining yuqori toifasi 96 balldan 100 ballda faoliyat yuritganda yuqori reytingdagi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish belgilab qo‘yilgan.

Ushbu korxona ham belgilangan imtiyozdan foydanalib, yaqinda 500 million so‘mdan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini tekshiruvlarsiz bir kunda qaytarib oldi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#kogon_tumani

4-sektorda tomorqasidan unumli foydalanib yaxshigina daromad topayotganlar ko‘paymoqda

Kogon tumanidagi “Sorg‘un” mahallasida istiqomat qilayotgan Shuhrat To‘raev, “O‘ba-Cho‘li” mahallasida yashovchi Nosir Haydarov, “Bahouddin Naqshband” mahallasida yashovchi Bahrom Yodgorov, “Sarayon” mahallasida yashovchi Said Narziev, “Tutkunda” mahallasida istiqomat qilayotgan Axtam Fozilovlar chog‘roq yeridan katta daromad olayotgan ilg‘or tomorqa egalaridan hisoblanishadi.

E’tiborlisi, sektor ishchi guruhi va “mahalla yettiligi”ning yaqindan ko‘magi va qo‘llab-quvvatlovi natijasida ushbu hududda tomorqasidan unumli foydalanib, yaxshigina daromad topayotgan fuqarolar safi kengaymoqda.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay

Buxoro viloyati “Mahallabay” tizimining oktabr oyi reytingida – 86,5 ballni qayd etdi

Viloyatda mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning oktabr oyi reytingi koʻrsatkichlari:

75 - 80 ball - 29 nafar, 90 balldan yuqori - 88 nafar, 100 ball - 9 nafar

Maʻlumot uchiun, “Mahallabay” tizimida viloyat boʻyicha 544 ta mahallada 261 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib boradi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#elon

Onlayn-NKT cheklarini tahrirlash uchun muddatlar uzaytiriladi

Soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasidagi fiskal cheklar va jismoniy shaxslarning 80 terabayt hajmdagi maʼlumotlari yangi serverlarga migratsiya qilindi.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar belgilangan tartibda ish faoliyatida.

Shu bilan birga, dasturiy taʼminotning yangilangan versiyasiga o‘tish, maʼlumotlar bazasini optimallashtirish, xato va takrorlanishlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumotlarni ko‘chirish jarayonida soliq to‘lovchilar uchun noqulayliklarni kamaytirish, maʼlumotlarning saqlanishi va xavfsizligini taʼminlash vazifasi qo‘yilgan.

Shu maqsadda shaxsiy kabinetda cheklarni tahrirlash imkoniyati 8-noyabrgacha cheklanadi, shuningdek, bu davrda axborot tizimlari va elektron xizmatlarda qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha soliq to‘lovchilarga oktabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tahrirlash (qolgan barcha maʼlumotlarni tahrirlash cheklanmagan) muddati 1-dekabrga qadar uzaytiriladi.
______
#объявление

Сроки корректировки чеков онлайн-ККТ будут продлены


На новые серверы перенесено 80 терабайт информации базы данных Налогового комитета, касающейся фискальных чеков и физических лиц. Электронные услуги для физических лиц и индивидуальных предпринимателей работают в штатном режиме.

Вместе с тем осуществляется переход на обновлённую версию программного обеспечения, оптимизируются базы данных, устраняются ошибки и дубликаты.

Поставлена задача минимизировать возможные неудобства для налогоплательщиков при переносе данных, обеспечить сохранность и безопасность данных.

В этих целях возможность корректировки чеков в персональном кабинете будет ограничена до 8 ноября. В этот период возможны краткосрочные сбои в работах информационных систем и услуг.

Учитывая вышеизложенное, для всех налогоплательщиков срок корректировки сумм в чеках онлайн-ККТ за октябрь (корректировка остальных данных не ограничена в сроках) продлевается до 1 декабря.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha joriy yilning 6-noyabr holatiga:


🟢AAA - 94 ta
🟢AA - 218 ta
🟢A - 243 ta


O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 13,2 baravarga oshib, 4 700 taga yetdi.

🔵BBB - 866 ta
🔵BB – 1 525 ta
🔵B – 2 297 ta


Reytingning yuqori AAA toifasidagi 108 ta xo'jalik yurituvchi subyektlar 88,4 milliard qo‘shilgan qiymat solig‘ini tekshiruvlarsiz bir kunda qaytarib oldilar.

Тelegram | Facebook|Instagram
#yashirin_iqtisodiyot

Buxoroda joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan 1 608 ta nazorat tadbirlarida 1 608 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan chek berilmaslik hamda naqd pullarni onlayn-NKTga kirim qilinmasganligi holati aniqlandi.

👉Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 4 753.3 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-noyabr

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 ноября 2024 года - последний день

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yashirin_iqtisodiyot

Buxoroda joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan 28 ta nazorat tadbirlarida 28 ta holatda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yish holati aniqlandi.

👉Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 169.5 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Buxoroda 2024-yil 1-noyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 35 516 nafarga yetdi

Ularning 4 606 tasi yanvar-oktabr oylarida
ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida

👉maʻlumot

Тelegram | Facebook | Instagram
#qonun_loyihasi

🇺🇿 Iqtisodiyot va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan tushuntirishi

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

🔹shuningdek, ushbu texnik vositalar aksiz solig'iga tortilmaydi.
👉Soliq kodeksining 284-moddasi
________
#новое_в_законодательстве

Некоторые технические средства освобождаются от НДС и акцизного налога

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.
👉№ ЗРУ-992 от 05.11.2024 г.

В соответствии с ними:

🔹освобождается от НДС ввоз на территорию Республики Узбекистан технических средств системы оперативно-розыскных мероприятий, приобретаемых специально уполномоченным государственным органом;
ст.246 НК

🔹также эти технические средства не облагаются акцизным налогом.
👉ст.284 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yashirin_iqtisodiyot

Buxoroda joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan 4 ta nazorat tadbirlarida 4 ta holatda to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganlik holati aniqlandi.

👉Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 36.1 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.


Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

SAVOL: - Tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi mumkinmi?


✔️JAVOB:
- Yo'q, tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi qat'iyan taqiqlanadi. Bu qonunbuzarlik hisoblanadi.

Buning uchun javobgarlik bor:

Mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Qo'shimcha choralar:
▫️Faoliyatni to'xtatish
▫️Litsenziyani bekor qilish
▫️Soliq tekshiruvi

To'g'ri yo'l:👇
🔹O'z nomiga terminal olish
🔹Rasmiy ro'yxatdan o'tkazish
🔹Soliq organida qayd etish

Terminal olish uchun:
Bankka murojaat qilish
Zarur hujjatlarni taqdim etish
Shartnoma tuzish

Тelegram | Facebook|Instagram
#sayyor_qabul

Buxoro
viloyatida 2024-yil yanvar-oktabr oylarida 4-sektor tomonidan o‘tkazilgan 633 ta sayyor qabullarda 8 255 ta murojaat kelib tushgan va ularnign 96,7 % hal etilgan

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 9-10 noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 9 и 10 ноября - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 11 ноября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads