Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#yashirin_iqtisodiyot

Buxoroda joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan 10 ta nazorat tadbirlarida 10 ta holatda aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi holati aniqlandi.

👉Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 59.5 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.


Тelegram | Facebook|Instagram
BILASIZMI

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa…


Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:

🔹YATTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,

🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 2-qismi

Тelegram | Facebook|Instagram
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: 9 oyda 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 mlrd so‘mlik subsidiya hisoblandi


Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #keshbek

To‘langan QQSdan tadbirkorda keshbek

📢Mehmonxona, kafe restorani borlar yoki turoperatorlar, bu yangilik Siz uchun!

2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

✔️Bunda turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun chet el valyutadagi tushum jami tushumning kamida 80 %ni tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-yanvardan keshbek umumiy ovqatlanish korxonalariga ham beriladi.
Bunda oylik tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning naqd pulsiz qismi:
✔️60 %dan 🔺– to‘langan QQSning 40 %;
✔️60 %dan 🔻bo‘lsa– to‘langan QQSning 20% qaytariladi.

QQS 1 ish kunida soliq organi xulosasi asosida Gʻaznachilikdan tadbirkorning hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Tadbirkor soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Keshbek uchun shartlar to‘liq bajarilishi kerak‼️

✔️hisobot davrida QQS hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

✔️hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmaganda;

✔️EHFda yoki kassa cheklarida sotilgan tovar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari (MXIK)ko‘rsatilganda.

Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilganda dalolatnomani elektron rasmiylashtiradi.

✍️Dalolatnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki Soliq mobil ilovasida elektron shakllantiriladi va sotuvchi (jismoniy shaxs) tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.

✔️Ushbu dalolatnoma kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda 1-dekabrga qadar yiliga kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Soliq mobil ilovasida o‘zini o‘zini band qilgan shaxs sifatidagi faoliyatni to‘xtatish ham mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 11-noyabr

oktabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

noyabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 ноября 2024 года последний день

за октябрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Qayd etish lozimki, soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xarid cheklarni taqdim etmaslik yoki toʻlov terminallari orqali savdo qilishni rad etish soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘ladi

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Xarid cheklarni taqdim etmaslik yoki toʻlov terminallari orqali savdo qilishni rad etish bilan bogʻliq savdo qoidalariga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Soliq mobil ilovasi orqali “Soliq hamkor” bo‘limiga kelib tushgan murojaatlar soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.


Тelegram | Facebook|Instagram