#tadbirkor_bilan_uchrashuv
SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIGʻI ROMITAN TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev Romitan tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda 30 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ularning xisobchilari ishtirok etdilar.
Ta’kidlash lozim, ushbu uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rish hamda o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berishga qaratilgan.
Uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi yuzasidan batafsil tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, reytingdan o‘rin olgan umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlarni aniq misollar bilan ko‘rsatib berdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda 10 nafar tadbirkorlarning ayni vaziyatdagi muammolari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook|Instagram

#Kogon_tumani
SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KOGONLIK TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev Kogon tumanida tuman hokimligi mas’ullari va mahalla ettiligi ishtirokida 1-sektor hududidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda 30 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ularning xisobchilari ishtirok etdilar.
Unda tadbirkorlarning talab va takliflarini o‘rganilib, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga e’tibor qaratildi.
Jumladan, "Naqshband hunarmandlari" korxonasi rahbari I.Jalolova faoliyatini kengaytirish maqsadida ijaraga qo‘shimcha bino ajratilishida ko‘mak so‘radi. Usbu murojaat mas’ullar tomonidan shu yerning o‘zida ko‘rib chiqilib, tadbirkorga "Choloki" MFY hududidagi 3-IDUMga qarashi va ayni kunda foydalanilmayotgan yotoqxona binosi ijara asosida foydalanishga taklifi eildi.
Huddi shunday, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda tadbirkorlarning kredit ajratish, yer ajratish, faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashish va boshqa masalalarga oid 10 dan ortiq muammolari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuvda yig‘ilganlarga soliq ma’murchiligi, hususan "barqarorlik reytingi" yuzasidan ma’lumot berilib, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berib o‘tildi.