Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Savol_bering_javob_beramiz

SAVOL: “OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUNGA KO`RA OILAVIY KORXONA TASISCHILARI DIVIDENT SOLIG‘I TULAYDIMI

Akmalbek HAMROYEV
Romitan tumani.


Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” gi O‘RQ-327-sonli Qonunining 3-moddasiga ko‘ra Oilaviy tadbirkorlik bu oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir.

Qonunning 26-moddasiga ko‘ra Oilaviy korxona qonunchilikda belgilanadigan tartibda soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashlari belgilangan. Shuningdek, Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga o‘tadi deb belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” gi O‘RQ-327-sonli Qonunining 26-moddasi oldingi tahririda Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmasligi belgilangan edi. Ushbu o‘zgartish O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan. Keyingi tahririda ushbu bandga kiritilgan o‘zgartish, faqat Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga o‘tishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 41-moddasi, 4-qismiga binoan soliq solish maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘iga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan to‘lanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi. Demak, ushbu foyda summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i sifatida 12 foizli stavkada emas, balki dividend sifatida 5 foizli (imtiyozli) stavkada soliqqa tortiladi.

Erdon GADOYEV,
Buxoro viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i.

Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

SAVOL: KORXONAMIZ "TIRIK QO‘Y" SOTADI SHUNDA BIZ BU MAXSULOT UCHUN QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'INI QO'LLASHIMIZ KERAKMI YOKI IMTIYOZ BORMI

Jo`rabek SHAROPOV,
"Buxoro hududlararo tomarqa xizmati" korxonasi rahbari.

Javob: 2021-yil 25-oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi №725-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunning 1-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 483-moddasi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan:

🔵 Unga ko‘ra, 2021-yilning 10-oktyabridan 31-dekabriga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan.

Ammo, ushbu soliq imtiyozi muddati 2022-yil uchun uzaytirilmagan. Shu sababli realizatsiya bo‘yicha aylanmadan 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashingiz lozim bo‘ladi.

Erdon GADOYEV,
Buxoro viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i.

Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol: Men 2020-yildan buyon budjet tashkilotida ishlab kelmoqdaman. 2022-yilda oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘ldim. Kontrakt to‘lovim 10500,0 ming so‘mni tashkil etadi. Oilaviy biznes yuritish uchun avgust oyida 33000,0 ming so‘m imtiyozli kredit olgan edim. Ta’lim krediti shu sababli menga berilmadi. Savolim daromad solig‘idan imtiyoz bormi? Imtiyoz bo‘lsa undan qanday foydalanilsa bo‘ladi?

Amina MUROTOVA.
Buxoro tumani.


Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Qonuni bilan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 54-bob, 378-moddasi, 16-bandiga binoan jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmaydi. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

⚡️ Ushbu soliq imtiyozidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining qarori muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2010-yil 27-mayda “O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan 2107-sonli Nizomga muvofiq tartibga solinadi. Nizomning 1-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga (o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi uchun) yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmasligi bo‘yicha tartib belgilangan.

📌 Demak, jismoniy shaxs tomonidan (o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) O‘zbekiston Respublikasining faqat oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari turlariga agarda (o‘zining, shuningdek xotinining (erining) yoshi yigirma oltiga yetmagan bo‘lsa soliq imtiyozi tadbiq etiladi. Soliq imtiyozi faqatgina O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlaridan o‘qish uchun olinadigan kreditlarga nisbatan tadbiq etiladi, boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarga ushbu imtiyoz tadbiq etilmaydi.

Erdon GADOYEV,
Buxoro viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i.

Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol Yakka tartibdagi tadbirkor qancha xodimni yollashi mumkin va ularni soliq organlarida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

Javob: Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turiga qarab 5 nafargacha ishchi yollash huquqiga ega (2021-yil 22-noyabrdagi VMQ-707-son-qarori).

✔️Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Shundan so‘ng, yakka tartibdagi tadbirkor uch ish kuni ichida xodimni davlat soliq xizmati organiga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berishi kerak. Buni my.soliq.uz veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali “Xodimlarni ro‘yxatga olish” xizmati orqali elektron tarzda amalga oshirish mumkin.

Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol Talabalar kontrakt to‘lovidan 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin?

Javob. Ish haqi va boshqa daromadlardan o‘zi uchun, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i va farzandlarini O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa mazkur imtiyozdan foydalanishi mumkin.

✔️2021-yil 14-oktabrdan mazkur imtiyoz professional ta’lim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etildi.

🔹Imtiyoz professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:

🔹jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;

🔹yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.

Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol Mahsulotlar (tovar va xizmatlar)ning 17 raqamli identifikatsiya kodi qachondan joriy etildi?


Javob: 2021 yil 1 iyul.


Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol Mahsulot va xizmatlarga identifikatsiya kod berilishi nima uchun xizmat qiladi?


Javob: iste’mol statistikasini shakllantirishga;
respublika miqyosida mahsulotlar realizatsiyasini prognozlashtirishga;
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga.



Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol Xufyona iqtisodiyot nima?

Javob: Mamlakat ichida yaratilgan (qo‘shilgan) qiymatning soliqqa tortilmay qolgan yoki davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan va mamlakatning Yalpi ichki mahsulotida (rasmiy iqtisodiyot) aks etmay qolgan qismi;
foydani kamaytirib ko‘rsatish/yashirish;
korxonalar bilan oldi-berdi ishlarining buxgalteriya hisobotlarda aks etmasligi;
ish haqini “konvert” usulida berish.

❗️ Mehnatiga “konvert” usulida haq olgan ishchilarga ish beruvchi tomonidan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqasiga to‘lov amalga oshirilmaydi, oqibatda pensiya yoshiga yetgan shaxslarda pensiyaga chiqishda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol Mehnat shartnomasi tushunchasini bilasizmi?

Javob: Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.

Тelegram | Facebook
#Savol_bering_javob_beramiz

Savol: Qaysi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi?

✔️Javob: Soliq Kodeksining 483-moddasiga asosan: Chakana savdo va umumiy ovqatlanish,
mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

Bu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa qo‘llaniladi.
Ro‘yxatdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Тelegram | Facebook | Instagram
#savol_bering_javob_beramiz

Savol: - Men yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman. Ayni paytda noma’lum muddatda uzoq safarga ketayotganligim sababli YATT faoliyatimni vaqtincha to‘xtatmoqchiman? YATT faoliyatini qancha muddatgagacha to‘xtatib turish mumkinligini bilsam bo‘ladimi?

F.Toshev,
Kogon tumani.


Javob: Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 40-46 bandlarida keltirilgan.

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomda qat’iy belgilangan soliqlarni to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorni qancha vaqtgacha to‘xtatib turish mumkinligi belgilanmagan, demak vaqti cheklanmagan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_bering_javob_beramiz

Savol: - Men o‘zimga tegishli bo‘lgan noturar joyimni sotmoqchiman, shunda menga jismoiny shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadimi?

Sh.Oripov,
Olot tumani.

Javob: - Soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan noturar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Bunda noturar joyni sotib olish va sotish o‘rtasidagi ijobiy farq summasidan daromad solig‘i hisoblanadi.

Noturar joyni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

👉Soliq kodeksi 375-modda

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_bering_javob_beramiz

SAVOL: - Men yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchiman. YATT faoliyati uchun qanday imtiyozlar bor va qanday tartibda soliq to‘layman?

S.Olimov,
Jondor tumani.


✔️JAVOB: - O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 31-moddasiga muvofiq, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor – YATT hisoblanadi.

YATTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan YATTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

Agar YATT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya’ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida belgilangan qat’iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

YATT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga egaligi, ya’ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.

Bir kalendar yili davomida YATTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat’iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.
Shuningdek, bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.

Ularning joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun alohida qat’iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan.

Тelegram | Facebook|Instagram