Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennisi

Soliq xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

Buxoroda soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha “Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda hududiy soliq inspeksiyalari va soliq boshqarmasining jami 60 nafarga yaqin xodimlari o‘zaro bellashdilar. Murosasiz kechgan bahslar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘tdi.

Sport-salomatlik garovi bo‘lganidek, soliq xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ana shunday musobaqalarning o‘rni beqiyos albatta.

Qizg‘in va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblarga stol tennisi federatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi hamda boshqarmaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook | Instagram
#tashqi_savdo #eksport #import

Asbob uskunalar importida debitor qarzdorlik boʻyicha oʻzgartirish qonunchilikka kiritildi


Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi. Asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda 180 kunlik muddat oʻtgan boʻlib, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanmaydi.

👉VMQ-551-son, 07.09.2024y.

Endilikda asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda shartnomada belgilangan muddatlar oʻtkazib yuborilmagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bank va eksport operatsiyalarini xech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradilar.

Avval bunday qarzdorliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmagan, lekin qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblangan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayd etilgan operatsiyalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#4_sektor

Sayyor qabullar: aholi muammolari hal bo‘lmoqda


Xabar berib borayotganimizdek viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev hududlarda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish, maqsadida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda.

Bugun Vobkent tumani “Ko‘liodina” mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham aholi muammolarini joyida yechim topilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Sayyor qabulda mahalla yettiligi, tuman xalq qabulxonasi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida 20 dan ortiq fuqarolar qatnashib ular tomonidan turli ijtimoiy masalalar yuzasidan 15 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning 10 ga yaqini shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#antikorrupsiya

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – [email protected]
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Joriy yil avgust oyida
Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra Buxoro viloyatining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 87.0 ballni tashkil etdi. Umumiy reytingda esa Buxoro viloyati soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar qatoridan joy oldi.

Jumladan, Romitan tumanidagi “Bog‘cha”, “O‘ba” va “Romitan” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Hamidov Aziz Elmurodovichning joriy yil avgust oyidagi samaradorlik ko‘rsatkichi 90.0 baldan yuqori baholangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#quyoshli_xonadon

Jismoniy shaxslar tomonidan quyosh energiyasi uchun 5 milliard so‘mga yaqin subsidiyalar olindi

Respublikamiz hududlarida aholini uy xo‘jaliklarida quyosh energiyasidan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilmoqda.

Jismoniy shaxslar kam quvvatli quyosh batareyalarini (50 kVtgacha) o‘rnatib, o‘z iste’molidan ortganini yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazsa, har bir bunday kilovatt/soat uchun Soliq mobil ilovasi orqali 1000 so‘m subsidiya olishi mumkin.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida qariyb 5 ming kishi ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 4,8 milliard so‘m (taxminan 4,8 million kVt/soat) subsidiya oldi.

Rasmiy manbalardan Soliq mobil ilovasini (Android/iOS) yuklab oling va soliqlarni to'lang, keshbek hamda subsidiyani oling.
______
#солнечный_дом

Около 5 млрд сумов субсидии получили физлица за солнечную энергию

Чтобы стимулировать население в регионах республики использовать солнечную энергию в домохозяйствах, действует программа "Солнечный дом".

Если физические лица устанавливают солнечные панели малой мощности (до 50 кВт) и передают излишки от собственного потребления в единую электроэнергетическую систему, то за каждый такой киловатт/час можно получить по 1000 сумов субсидии через мобильное приложение Soliq.

За январь-июль этого года почти 5 тысяч человек воспользовались этой программой и получили за переданную в электросеть солнечную энергию 4,8 млрд сумов субсидии (примерно 4,8 млн кВт·ч).

Скачивайте мобильное приложение Soliq с официальных источников (Android/iOS) и уплачивайте налоги, получайте кешбэк и субсидию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads